Asosiy mavzular
7 oktyabr 2019

Qamashidagi bog‘chalarga go‘sht o‘rniga prezident portreti berilgan

Qamashi tumanidagi 14 va 16-bolalar bog‘chalariga go‘sht o‘rniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning portretlari berilgan. 

Bu ma'lumotni “Eltuz”ga taqdim qilgan jurnalist Kamola Shermatovaga ko‘ra, bundan bir yil burun, 2018 yilning oktyabr oyida prezident portreti narxi 8 kilo mol go‘shtining bozordagi narxiga teng edi. 

Kamola Shermatova

Ya'ni prezident portreti Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi tarafidan 280 ming so‘m narxlangan. Jurnalist o‘z iddaosining isboti sifatida yuk xatini ham “Eltuz”ga taqdim qildi. 

“Eltuz“ 14 va 16-bolalar bog‘chalarida shu kunlarda osig‘liq turgan prezident portretiga oid inventar ma'lumotlar mavjud emasligini ham aniqladi.

Muxbir ovga chiqdi, ortidan g‘avg‘o chiqdi

Hammasi jurnalist Kamola Shermatovaning Qashqadaryo viloyatidagi 1-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi Umida Xolmirzaevaning shikoyat arizasiga ko‘ra xizmat safariga chiqqanidan boshlandi. 

Bog‘cha mudirasi viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi kilosi 11 ming so‘m turadigan va muddati o‘tib ketgan “buterbrod yog‘i”ning kilosini 41 ming so‘mlik sariyog‘ deya bog‘chalarga o‘tkazayotgani haqida shikoyat qildi. 

Muxbir Qamashi tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi bosh hisobchisi va boshqa mutasaddilardan olingan ma'lumotlar asosida bu sxemani fosh etdi. 

U bolalarga sariyog‘ o‘rniga muddati o‘tib ketgan va Qamashining jazirma havosida battar yaroqsiz holga kelgan margarin berilgani faktini aniqlaydi.

“Eltuz”ga ma'lum bo‘lishicha, Qamashi tumani DSENM bosh shifokori O‘lmas Yo‘ldoshev ushbu mahsulotning bog‘chalarga tarqatilishiga ruxsat bermagan.

“Ushbu “buterbrod yog‘i” asosan kulinariyada ishlatiladi. Ammo uni sariyog‘ sifatida bolalarga iste'mol uchun berilishi mumkin emas, men shuning uchun ruxsat bermaganman”, deydi Yo‘ldoshev.

Jurnalist Shermatovaga ko‘ra¸ “buterbrod yog‘i” maktabgacha ta'lim bo‘limi (MTB)ning muzlatkichi bo‘lmagan omborida 39 kun davomida saqlangani ortidan bog‘chalarga tarqatib yuborilgan.

Shermatova ayni voqea yuzasidan amaldorlarning iqror bo‘lgani ovozlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

“Go‘sht berilgani” haqidagi yuk xati

“Hujjatlarga e'tibor qaratsak, 2019 yil 19 iyun oyida “buterbrod yog‘i” bog‘chalarga tarqatilib, 1 iyulda shartnoma tuzilyapti. Odatda birjada tender asosida o‘ynalib, birja xulosasi orqali tashkilot bilan shartnoma tuzilib, mablag‘ning 15 foizi o‘tkazib berilishi kerak emasmi? 

Bu yerda, aksincha, maktabgacha ta'lim bo‘limi huquqshunosi mehnat ta'tilidaligi sababli tanish advokatlari Shoymardonova bilan tuman MTB o‘rtasida fuqarolik shartnomasi tuzmasdan, 329-modda talablarini qo‘pol ravishda buzib, shartnomani imzolab beryapti? Qani DSENM ruxsati, deya “advokat” savol ham bermagan. 

Yana bitta shartnomaga esa huquqshunosning imzosi qo‘yilib tasdiqlanmagan. DSENM rahbarining ruxsat bermaganligini inobatga olmay, viloyat DSENMdan “ruxsat berildi”, degan boshqa xulosa olib kelingan. 

Jurnalistning xizmat safari guvohnomasi

Xo‘sh, toza holda kelgan mahsulotni o‘ttiz to‘qqiz kun ob-havo issiqligiga qaramay muzlatkich emas, omborxonada saqlab, nega iste'molga yaroqsiz holatga keltirib, xalqning bolasiga yediradi?” deya savol qo‘yadi jurnalist.

Ana shundan keyin Qashqadaryo maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbariyati mavjud vaziyatni o‘nglash o‘rniga kamchilikni fosh qilgan muxbirni obro‘sizlantirish tadbirini boshlaydi.

Shermatovaning iddao qilishicha¸ boshqarma rahbariyati “yollanma blogerlar ko‘magida muxbirni obro‘sizlantiruvchi maqolalarni viloyat matbuotida e'lon qolgan”.

“Eltuz” tahririyati maqolada ko‘tarilgan mavzu yuzasidan Maktabgacha vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirziyoeva Shahnoza Shavkatovnadan izoh kutadi.

Nega Qashqadaryodagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari go‘sht o‘rniga otangizning rasmini tomosha qilishlari kerak?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2019
Zamonamiz turk yozuvchilari orasida O‘rxon Pomuq kabi dunyoda nom qozongan o‘tkir qalam sohibi Alif Shafaq kitobxonlar orasida ancha mashhur. ...
11 dekabr 2016
9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini ...
17 fevral 2018
O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinayotgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi. Bu haqda “Eltuz”ga ...
9 oktyabr 2015
Jurnalistlarning O‘zbekistondagi ko‘p jiddiy o‘zgarishlarni tushunishlari qiyin bo‘lib qoldi. Ayniqsa, “biror fikringni bildirishdan oldin rahbariyat oldiga chiqib ruhsat” olish ...
Bloglar
2 iyul 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi “Qizil kxmerlar” kelganini, ular butun ...
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan ...