Asosiy mavzular
9 oktyabr 2019

Shabnamning egizaklari tug‘ilgan kunlarini onasiz nishonlashdi

Kecha Shabnam (Nafosat Olloshukurova)ning egizak qizaloqlari uch yoshni qarshilashdi. Onasiz…

Sababi esa bolalarning onasi so‘z erkinligi, adolat, haqiqat degan so‘zlarning hayotda borligiga ishonib Xorazmda bo‘lgan bir voqeani yoritib, unda ishtirok etgani uchun avval o‘n sutkalik qamoqqa, keyin esa majburiy jinnixonaga o‘tkazildi.

Bu murg‘aklarga onasining tortayotgan azoblarini aytish, nima sababdan hozir onasi kela olmasligini tushuntirish yaqinlari uchun qanchalar azobli bo‘lsa, jajji yurakchalarni onasi kaltaklanib, haqoratlanib, tahqirlanib qiynoqqa solinayotganini his qilish yana ham dahshatlidir…

Men ham onaman. Uch yashar qizim Maryamxonga qarab o‘tirib, bugun shahar xokimi va politsiyasining noqonuniy harakati uchun norozi bo‘lib, o‘z huquqimni talab qilib, uyimga qaytib kelolmasligimni tasavvur qilsam, dahshatga tushaman.

Farzandlarini har kun bag‘riga bosib, erkalab quchuvchi onani o‘n kun qiynoqqa solib, bolalaridan ayirib qo‘ysangiz, har qanday ayol aqldan ozadi aslida.

Lekin faqat ayol kishiga kuchi yetadigan bunday pastkash “erkak”lar bunday his-tuyg‘uni qaydan sezsinlar? Qonundan emas, o‘tirgan lavozimini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rquvchi bu “qahramonlar” Shabnamdek minglab ayollarni qon-qaqshatib o‘rganib qolishgan-ku axir.

Bugun jajjigina Shahlo va Layloni duo qilar ekanman, kun kelib Shabnam onasidek jasur va irodali ayol bo‘lishlarini, Shabnamdek ayolning farzandi ekanliklaridan doim faxrlanib yurishlarini tilab qolaman.

Dilobar Erkinzoda

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
25 fevral 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga ...
20 mart 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
8 aprel 2017
Stokgolmda 8 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida shved politsiya vakillari 7 aprel kuni mashinani olomon ustiga haydab terakt sodir ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol tavar-buyumlar ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...