Asosiy mavzular
5 noyabr 2019

Deputatlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan shifokor bosimga uchradi

Deputatlikka nomzodini qo‘yishga uringan, biroq rad etilgan shahrixonlik shifokor Otabek Ahliddinovning saylovni tanqid qilgani uchun unga bosim bo‘layotgani haqidagi izohi noyabr kuni feysbuk tarmog‘ida tarqaldi.

«Yangi tuzilgan Ekologik partiyaning butaforik emasligi va byudjetdan moliyalanmasligi haqidagi gaplarga ishonib, a'zo bo‘lib kirgandim. Ammo u yerda ham «o‘sha-o‘shalar» o‘tirgani ma'lum bo‘ldi. Xalq deputatligiga nomzodimni ko‘rsatib, ob'ektivka topshirganimda ular buni yuqori tashkilotga jo‘natishganini aytishgan edi. Biroq keyin hokimiyat mening nomzodimni ma'qullamadi, deya «izoh» berishdi. Mana O‘zbekistondagi saylovlarning butun stsenariysi.

Shunchaki, men partiya yig‘ilishi uning a'zolari emas, balki majburiy tartibda yig‘ilgan turli byudjet tashkilotlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilganiga guvoh bo‘ldim. Yig‘ilishda partiya a'zosi bo‘lmagan va yig‘ilishda ishtirok etmagan shaxslarni deputatlikka nomzod etib tasdiqlashdi. Saylov tizimining qay tarzda ishlayotganini ta'riflashga so‘z ojiz.

O‘z tanqidiy fikrlarimni ayta boshlashim bilan esa to‘la yo‘sinda menga bosim o‘tkazilib, tahdid qila boshlashdi», deya yozdi Shahrixon tumani markaziy shifoxonasi diagnostika bo‘limi mudiri Otabek Ahliddinov.

Izohiga  «SOS!» alomati, rasmi va  o‘z telefon raqamlarini ilova qilgan O.Ahliddinov: «Agar yo‘qolib qolsam, hamjamiyatga bu haqda ma'lum qiling», degan tahlikani ham bildirdi.

«Tushunganlar tushundi…»

Lekin oradan ko‘p o‘tmay, 5 noyabr kuni Otabek Ahliddinovning feysbuk sahifasida bu izohga «raddiya» ham paydo bo‘ldi.

Otabek Ahliddinov bu gal izohlar dubl akkauntlar orqali tarqalayotgani va ularga o‘zining aloqasi yo‘qligini ta'kidlab, jumladan, bularni yozdi:

«Men Ekologik partiya a'zosiman, nomzodim ko‘rsatilishi uchun partiyaga ob'ektivkamni berganman, haqiqatdan ham partiya yuqori tashkilotiga nomzodim ko‘rib chiqilishi uchun berilgan, lekin hech kim meni ta'qib qilgani yo‘q va mening hokimiyat va boshqa «tashkilotlarga» e'tirozim yo‘q. Meni har xil fitnalarga qo‘shayotganlar va «tushunganlar tushundi», deb o‘ylayman».

Yana bir qo‘shimcha izohida esa u raddiyani bosim ostida yozganiga ishora qildi: «Yana nima qilishim kerak, raddiya yoz dedilaring, yozdim-ku. Bo‘g‘aversalaring chidamayman».

Yeltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 mart 2022
O‘zbekiston forumi (Uzbek Forum) va Transparency International tashkilotining Rossiya bo‘limi 29 mart kuni Gulnora Karimova pullarini O‘zbekistonga qaytarish jarayonida ...
6 noyabr 2016
O‘zbekiston telekanallari «shukuh» so‘zini yaxshi ko‘radi. «Istiqlol shukuhi», «farovonlik shukuhi», «mustaqillik shukuhi», «baxtiyorlik shukuhi»… Xullas, hamma shukuh bor. Faqat ...
1 fevral 2021
Davlat xavfsizlik xizmatining 7-bo‘linmasi sobiq tezkor xodimi Sherzod Haitov dekabr oyining birinchi yarmida DXX xodimlari tomonidan hibsga olindi. Bu ...
24 may 2021
21 may kuni Chirchiq shahri jinoyat ishlari sudi 22 yoshli Akmal Sultonovni rus ayolini qasddan o‘ldirganlikda ayblab, 10 yil ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...