Asosiy mavzular
28 noyabr 2019

Bloger Nafosat Olloshukurovani ruhiy kasalxonada davolash muddati bir oyga uzaytirildi

28 noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi ikki oy davomida ruhiy shifoxonada qolayotgan bloger va faol Nafosat Olloshukurovani majburiy davolash muddatini yana bir oyga uzaytirdi.

Advokat Umid Davletovning so‘zlariga ko‘ra, Nafosatni sudda ishtirok etish uchun shifoxonadan olib kelishdi.

«Hamma taraflama to‘liq savol-javoblar bo‘ldi. Xulosa bergan ekspertizadagi vrachlar ham savol-javob qilindi. Kuni kecha, 27 noyabrda u qayta komissiyadan o‘tkazilgan va yana bir oy «lechenie» qilishga majbur degan hulosa chiqarishgan», dedi advokat «Eltuz»ga.

Bloger Nafosat Olloshukurova 26 sentyabrdan buyon Urganch shahridagi ruhiy shifoxonada majburiy davolanishda qolmoqda.

Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi Quvondiq Durdiev birinchi sudda bergan ko‘rsatmasida: “Nafosat Olloshukurova davolanishga muhtoj, chunki “ovqatdan bosh tortish”, “o‘lish istagi”, “o‘zining salbiy tomonlarini yashirishga urinish” kabi belgilar uning ruhiy holati buzilishi alomatlaridir”, deya bildirgan edi.

Bu qarordan avval Nafosat Olloshukurova 22 sentyabr kuni jurnalist Mahmud Rajab himoyasiga uyushtirilgan norozilik aktsiyasidagi ishtiroki uchun 10 kun ma'muriy hibsga tortilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 avgust 2021
Rassom Kirpi
26 noyabr 2018
«Eltuz» nashri o‘z surishtiruv guruhi tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlar asosida tayyorlangan filmning ikkinchi qismini e'tiboringizga taqdim qiladi. Filmning dastlabki qismida ...
27 sentyabr 2017
27 sentyabr kuni transport prokuraturasi talabi bilan Yashnaobod tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurilloh Nurulloh ...
28 dekabr 2016
Diniy idora 35 yoshlardagi, oliy ma'lumotli, 2002 yili Toshkent Islom institutining ilk bitiruvchilaridan bo‘lgan Alimardon Ernazarovning nima uchun ishdan ...
Bloglar
13 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 35-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi ...
5 oktyabr 2021
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik ...
3 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi ...