ART-DURBIN
2 dekabr 2019

Yalang‘och ayol tasviri bois muzey direktori ishdan olindi

Qirg‘iziston milliy tasviriy san'at muzeyi direktori Mira Jangaracheva feminnale ko‘rgazmasini tashkil qilgani uchun ishdan olindi. Bu holatni qirg‘iz matbuotiga izohlagan Jangarachevaga ko‘ra, u mamlakatdagi «zulmat johillarining qurboni» bo‘lgan.

Mira Djangaracheva

Mira Jangaracheva muzeyda tashkil qilingan feminnale zamonaviy san'at ko‘rgazmasi atrofida chiqqan janjal oqibatida ishdan olingani bildirildi.

Muzeydagi yalang‘och qizlar tasviri va asosan taniqli daniyalik rassom Juli Saverining ayollar seks qulligiga bag‘ishlangan asarlari mamlakatdagi toqatsiz olomon g‘azabiga nishon bo‘lgan edi.

Shuningdek, ko‘rgazma zalida qo‘y ichaklarini tozalab o‘tirgan ayollar perfomansi qirg‘iz «ultra vatanparvar»lari bo‘lgan «Qirq choro»ning fig‘onini falakka chiqardi.

San'at mutaxasislari fikriga quloq solmay olomon nafratini qo‘llagan Qirg‘iziston madaniyat, axborot va tuzizm vaziri Azamat Jamanqulov ko‘rgazmadagi «provakatsion eksponatlar olib tashlanganini» qoniqish bilan izhor qildi.

Daniyalik rassom Juli Saveri

Qirg‘izistondagi ilk feministik ko‘rgazma 28 noyabr kuni ochilgan edi. Ko‘rgazma Moskvadagi bosmaxonada chiqqan yong‘inda kuyib o‘lgan 14 nafar qirg‘iz mardikor ayoliga bag‘ishlangan edi.

Ko‘rgazmada 22 mamlakatdan musavviralar ishtirok etdi. Unda «Ayol – oila boquvchi», «Iqtisodiy erkinlik va qullik», «Oiladagi zo‘ravonlik», «Fikriy erkinlik» va «Siyosatchi ayollar» mavzularida asarlar namoyish qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 avgust 2018
Bugun rassom Tuz o‘zbek tibbiyot tizimida avj olgan korruptsiyani hajv ostiga oladi. Rasman bepul bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tibbiy xizmat amalda ...
21 oktyabr 2015
Eltuz O‘zbekistonning jasur inson huquqlari himoyachilari Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarning monitoring reydlari davomida olgan eksklyuziv fotosuratlar va audio ...
21 fevral 2023
Avtobusning bu galgi soni «Mushtum» satirik jurnalining 100-yilligiga bag‘ishlanadi. Bu sonda Mushtumdan olingan karikaturalar shuningdek, Maqsud Shayxzoda va Mehrinoz ...
30 sentyabr 2020
BMT Xavfsizlik kengashi Nyu-Yorkda favqulodda yig‘in o‘tkazib, Tog‘li Qorabog‘ nizosini muhokama qildi. Xavfsizlik kengashi Armaniston va Ozarbayjonni «zudlik bilan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...