Asosiy mavzular
2 mart 2020

Lukashenko YeOIIni tanqid qildi, o‘zbek nashrlari esa targ‘ib qilmoqda

Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar bir-biri bilan namunali aloqa o‘rnatish o‘rniga «shovqin-suron ko‘tarish» bilan mashg‘ul bo‘layotganini ma'lum qildi.

Belarus prezidenti bu fikrini Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi hay'ati rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi, deya xabar berdi 27 fevral kuni BelTA axborot agentligi.

Agentlikning Belarus rahbari so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida hozirgi kungacha ishlab chiqarish va agrar masalalar bo‘yicha yagona siyosat umuman mavjud emas.

«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil etilganda ittifoqdosh davlatlar bir-biriga namuna ko‘rsatib, bitta yo‘nalishda ishlaydi, deb bashorat qilingan edi. Biroq ular «janjalgacha yetib kelgan shovqin-suronlarni shakllantirdi», dedi Belarus prezidenti.

Shu bilan birga, Lukashenko mazkur ittifoqqa rahbar sifatida bir necha mavjud holatlarni yashirmasdan takliflar kiritish lozimligini aytdi. Boshqa davlatlar rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi munosabatlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida faoliyat yuritishi kerak, deb hisoblaydi u.

«Agar ittifoq bunday tamoyillarga rioya qila olmasa, u holda bir-birining boshini og‘ritmasligi kerak», degan Belarus lideri boshqa holatlarda davlatlar o‘z yo‘nalishlari va yo‘llarini mustaqil tanlashlari maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.

O‘z so‘zida Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar xususida to‘xtalib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi poydevorini mana shu ikki davlat yaratganini ma'lum qildi.

Ittifoq tuzilganidan to bugungacha unga bosh-qosh bo‘lganlarning oldingi saflarida turgan Lukashenkoning o‘zi YeOIIga a'zo davlatlar o‘rtasida shaffoflik va adolat yo‘qligini tanqid qilayotgan bir paytda o‘zbek iqtisodchilari, siyosatchilari Rossiyada ishlayotgan o‘zbek mehnat migrantlariga yaxshi bo‘lishi bahonasida ittifoqqa qo‘shilishni targ‘ib qilishda davom etishmoqda.

Bu holat 27 fevral kuni «O‘zbekiston 24» kanalida efirga uzatilgan «O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga a'zo bo‘lishi kerakmi?» mavzuidagi ko‘rsatuvda ham kuzatildi.

Mazkur teledasturga, asosan, YeOIIga a'zo bo‘lish istagini targ‘ib qiluvchi, aniqrog‘i, hukumat tomonidan yuborilgan amaldorlar taklif qilingani yaqqol bilindi.

Teleboshlovchining esa YeOIIga a'zolikka qarshi fikr bildiruvchi sanoqli odamlarga mikrofon bermagani, ularni emin-erkin gapirishga yo‘l qo‘ymagani ham shundan dalolat berdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida fikr yuritadi. @eltuz
3 may 2023
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2022-yil sentabr oyida buxorolik ayol bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, jinoiy rejani oldindan rejalashtirgan.   Ayol ...
24 sentyabr 2021
Kecha yurayotib, oyog‘im ostida sarg‘aygan barglar g‘ijirlaganini eshitib, kuz kelganini angladim. Yaqindagina oyog‘im ostida qorlar g‘ichirlayotgan edi. Keyin Stokgolm ...
28 fevral 2024
«Farengoforte» savdo brendi ostida sprey dorivor vositasini qadoqlash jarayoni aks etgan videoning Eltuz telegram kanalida  chop etilishi ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...