• Foto: Germaniyada qo‘lga olingan Sunnatullo Karimov
Asosiy mavzular
24 aprel 2020

Germaniyada to‘rt tojikistonlik terakt tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olindi

15 aprel kuni Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘lgasida to‘rt nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan. Bundan oldin bu ekstremistik guruh rahbari ham qo‘lga olingan xabar qilingan edi.

Bu haqda Germaniyadagi Der Spiegel jurnali xabar tarqatdi. Maqolada yozilishicha, bu 4 nafar tojikistonlik 2019 yilning yanvar oyida IShID (Iroq Shom islomiy davlati) rahnamolariga bay'at berib, Germaniyada portlashlar o‘tkazish bo‘yicha topshiriq olgan. Ular Germaniyadagi odam gavjum joylar va AQSh harbiy bazasida terakt o‘tkazib, yuzlab odamni o‘ldirishni rejalashgan.

Shuningdek, ularda o‘ldirish uchun “islomga qarshi bo‘lganlar” ro‘yxati bo‘lgan.

Qo‘lga olinganlarning uyidan topilgan qurol-aslaha musodara qilingan.

Nemis qonunlari tergov paytida odamlar ismi to‘liq ochiqlanishiga izn bermaydi. Shu bois, Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri prokuraturasi hibsga olinganlarning faqat ismini keltirdi.

Bular Azizjon. B., Muhammadali. G., Farhodsho. K., Sunnatullo. K. Ravshan.

Ozodlik radiosi tojik xizmati curishtiruv o‘tkazib, terrorizmda ayblanib qo‘lga olinganlardan birining shaxsini aniqladi va otasi bilan suhbatlashdi.

Gap Mo‘minobod tumanida tug‘ilgan va 2016 yili Germaniyaga ketgan Sunnatullo Karimov haqida.

Tojikiston prokuraturasi qo‘lga olinganlardan biri Dushanbedan, yana biri esa Rudakiy tumanidan ekanini ma'lum qilgan.

2016 yilda Germaniyada Tojikiston vatandoshi Mahamadsaid Saidov IShID safida terrorizm bilan shug‘ullanganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Rasmiy ma'lumorlarga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi islomiy jangarilar safiga Tojikistonning 2000 dan ziyod vatandoshi qo‘shilgan.

40 ming dollarga qotillik buyurtmasi

17 aprel kuni nufuzli Der Spiegel gazetasi qo‘lga olingan tojiklarga oid tergovning ayrim tafsilotlarini ochiqladi. Unda yozilishicha, Ravshan B. 2019 yilning yanvarida shved telefonidan chiqqan, shaxsi aniqlanmagan kimsadan albaniyalik tadbirkorlardan birini o‘ldirish haqida buyruq oladi. Bu qotillik uchun Germaniyadan iqomat so‘rovchi maqomidagi shaxs 40 ming dollar oladi va Albaniyaga boradi, biroq uni fiasko kutadi: u kutilayotgan qurbonining shaxsini aniqlay olmaydi.

«Shpigel»ning yozishicha, Ravshan B. olingan pulning yarmini IShIDdagi «quroldosh birodarlari»ga jo‘natmoqchi bo‘lgan, qolgan qismini esa aftidan «buyuk rejalar»ni ko‘zlagan «o‘zi va sheriklari ehtiyoji»ga sarflamoqchi bo‘lgan. Nemis nashri 20 kishidan tashkil topgan maxsus tergov guruhi yig‘ilgan barcha materiallarni o‘rganib, Ravshan B.ning sheriklari deya ko‘rilgan yana to‘rt shaxs hibsga olinishi kerak, deya xulosa chiqargani haqida yozadi.

Ravshan B., «Shpigel»ga ko‘ra, ushbu guruhda IShID aloqachisi rolini o‘ynagan. Bu nashr, shuningdek, tergov Tojikiston tarafi terrorchilikda gumon qilinayotganlarni fosh etishda yetarli tajribaga ega emasligiga ham ishora qiladi. Chunki avval boshidan ularga «gumon qilinuvchilarning telefon suhbatlarini o‘girish va bu so‘zlashuvlarga baho berish uchun tilmochlar topish oson bo‘lmagan. Suriyadagi IShID a'zolari orasida juda ko‘p tojiklar bor», deya tasdiqlaydi nashr.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2019
O‘zbekiston Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati 16 may kuni jurnalist Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqidagi oldingi sud ...
15 noyabr 2015
Bu yil paxta tera olmadim, deb «xafa bo‘lib» yurgandim. Lekin kecha sinfdoshim Qadamboyning g‘o‘zapoyasini (poqolini) terishgani ko‘makka (yordamga) borganimda ...
16 yanvar 2023
Hali rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaev 16 yanvar ...
15 fevral 2023
O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...