Asosiy mavzular
16 sentyabr 2020

O‘zbek ayirmachilar partiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish uchun AQShda o‘z agentiga ega

Vashington shtatidan o‘zini “mustaqil olim” deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Asli Ukrainadan bo‘lgan mikrobiolog Andrey Xomutov chet el agentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga (FARA) muvofiq, Amanbay Bazarbaevich Sagidullaevga Amerika va xalqaro yetakchilar bilan yozishmalarida yordam bermoqda. Hozir Norvegiyada yashayotgan Sagidullaev O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan, mazkur mamlakat tarkibiga kiruvchi respublika uchun mustaqillikka intilayotgan “Alga Karakalpakstan” partiyasining rahbaridir.

Uzoq vaqtdan beri partiya xalqaro hamjamiyatni yangi davlat barpo etishda yordam berishga chaqirgan bo‘lsa, Xomutov Foreign Lobby Report ga bergan intervyusida uning faoliyati, asosan, atrof-muhit bilan bog‘liqligini aytdi. U  Qoraqalpog‘iston aholisi uchun halokatli bo‘lgan Orol dengizining qurib borayotganiga e'tibor qaratmoqchi:

“Men uning maslahatchisi sifatida, asosan, atrof-muhit muammolari bilan shug‘ullanaman, – dedi Xomutov. – Men 59 yoshda bo‘lsam-da, lekin hayotlik davrimda Orol dengizining normal holatga qaytganini ko‘rishni istardim”.

Uning aytishicha, ushbu muammoni hal qilish maqsadida Isroil singari muvaffaqiyatli “quruq” mamlakatlarning ba'zi nou-xaularini qo‘llab, butun dunyo bo‘ylab aloqalarini ishga solmoqchi.

Xomutovni ro‘yxatdan o‘tkazish va Orolga e'tiborni kuchaytirish O‘zbekiston uchun qiyin davrga to‘g‘ri keldi. Chunki mamlakat majburiy mehnat ayblovlari tufayli paxta eksportining xususiy sektorini boykot qilishni to‘xtatish uchun jamoatchilik bilan aloqalar kampaniyasini boshlagan.

Donald Tramp ma'muriyatining Xitoyning Shinjon mintaqasidan paxta importini taqiqlash to‘g‘risidagi bugungi qarori, agar uning eksportiga qarshi paxta boykoti olib tashlansa, O‘zbekistonga foyda keltirishi mumkin.

O‘zbekistonning suv talab qiladigan paxtachilik sanoatining atrof-muhitga ta'siriga qayta e'tibor qaratilishi masalani yanada murakkablashtirishi mumkin.

“Paxtachilik siyosati ko‘p yillar davomida O‘zbekiston xalqi uchun zararli bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhitning keskin tanazzulga uchrashiga olib keldi, – deydi sobiq siyosiy mahbus va o‘zbek paxtasi boykotida yetakchi rol o‘ynayotgan Germaniyadagi O‘zbekiston inson huquqlari forumi nodavlat tashkiloti ijrochi direktori Umida Niyozova. – Qoraqalpog‘istonga yetkazilgan zarar mintaqadagi keskin suv tanqisligiga qaramay, hanuzgacha Qoraqalpog‘istonni paxtachilikdan ozod qilmagan Toshkentdagi markaziy hukumat tomonidan sodir etilayotgan jinoyatdir”.

Biroq u atrof-muhitni muhofaza qilishni mustaqillik chaqiriqlari bilan chalkashtirmaslik haqida ogohlantiradi.

-Ayni paytda ayirmachilik masalasini ko‘tarish menga juda xatarli hodisa bo‘lib tuyulmoqda,- dedi u. – Hech qanday demokratik institutlar va erkin matbuot bo‘lmagan bir paytda Qoraqalpog‘iston xalqining O‘zbekistondan ajralib chiqishga qanday munosabatda bo‘lishini aytish qiyin”.

Uning fikricha, keng miqyosda paxta yetishtirish natijasida kelib chiqadigan atrof-muhitning buzilishi, hatto eng og‘ir qurbonlari bo‘lsa ham, “Qoraqalpog‘iston aholisiga qarshi maqsadli yoki qasddan kamsitishni” anglatmaydi.

“Majburiy mehnat, yerlarni musodara qilish, qonunbuzarlik, korruptsiya, paxta ekish va topshirish bo‘yicha buyruqlar butun O‘zbekistonda mavjud, – deydi Niyozova. – Umuman, inson huquqlari muammolari, xususan, paxtachilik sohasidagi mehnat huquqlari butun O‘zbekiston bo‘ylab dolzarbdir”.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2017
Davr taqozosi bilan O‘zbekistonda sovchilik an'analari o‘zgarmoqda. Asta sekin o‘g‘illardan ham ko‘ra, qizlarga tuzukroq joylardan er qidirish, sovchi jo‘natish ...
16 dekabr 2016
Xalq shoirlariyu, qo‘shiqchilaridan tortib masjid imomigacha yangi yurtboshiga madhiyalar o‘qirkan, Shavkat Mirziyoev hokimiyat supasiga faqat o‘z odamlarini yaqinlashtirmoqda. Bu ...
24 aprel 2018
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan 24 aprel kuni Xorazm viloyatida minglab talaba va o‘quvchi ko‘chalarga chiqarilib, ...
20 oktyabr 2020
19 oktyabr kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev feycbukdagi sahifasida Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga murojaat qilib, unga Davlat xavfsizlik xizmati tergovchisining ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...