Asosiy mavzular
22 oktyabr 2020

Hokim “pogromchilar” sharafiga 10 ta qo‘y so‘yishga va'da berdi

Payshanba kuni Qashqadaryo viloyatida Enter Engineering kompaniyasining g‘alayon ko‘targan xodimlari bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Behzod Suyunov katta kontsert o‘tkazilishini ma'lum qildi. U, shuningdek, “pogromchilar” sharafiga 10 ta qo‘y so‘yishga ham va'da berdi.

Ayni kuni ertalabdan Enter Engineering kompaniyasi rahbariyati ishchilariga bir necha oydan buyon to‘planib qolgan maoshlarini to‘lay boshladi.

«Eltuz» bilan suhbatlashgan zavod ishchilaridan biri bir necha oydan buyon qolib ketgan maoshlarni to‘lash uchun zavodga ikki yuk mashina liq to‘liq pul yetib kelganini aytdi.

Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasining minglab ishchisi maoshlar to‘lanmayotgani va ovqatlar vaqtida berilmayotganiga e'tirozan chorshanba kuni g‘alayon ko‘tarishgan edi.

Ommaviy tartibsizliklar stixiyali ravishda oshxonada tirbandlik sabab yuzaga chiqqandi.

Yuzlab ishchilar dastlab oshxonani ag‘dar-to‘ntar qilishgan, so‘ngra zavod ma'muriyati binosiga hujum qilib, u yerdagi orgtexnika va mebellarni buzib tashlashgan edi.

«Eltuz» bilan suhbatlashgan guvohlardan birining aytishicha, tartibsizliklar ishchilar sonining ortishi barobarida kuchaygan. Darg‘azab olomon zavodning mas'ul xodimlarini do‘pposlagan.

Ishchilar bilan muzokara qilishga va ularni tinchlantirishga kelgan zavod va mahalliy mulozimlar ham quvib solingan.

Guvohlarning «Eltuz»ga bildirishicha, tartibsizliklar bir necha soat o‘tib, milliy gvardiya va militsiya kuchlari tomonidan kuch bilan bostirilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, G‘uzordagi voqea prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

«Eltuz» suhbatlashgan ishchilardan birining aytishicha, ayni kuni kechga borib, kechki ovqat va payshanba tongida nonushta sifati yaxshilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2024
Termiz shahrida uylari buzilib, o‘rniga yangi ko‘p qavatli uylardan yangi uy va'da qilingan 200 nafarga yaqin fuqaro uch yildan ...
14 dekabr 2017
Rassom Tuz aks ettirgan rasmdagi bu hayvonni bilasizmi? U qanday hayvon? Qaerlarda yashaydi? Nimadan qo‘rqadi? Kimga bo‘ysunadi? Kimlarga tashlanadi? ...
7 iyun 2016
Farg‘ona shahrining Farg‘onadagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan tadbir Shekspirning “Romeo va Juletta” asari asosida sahnalashtirilgan tomosha bilan ...
24 noyabr 2020
«Humo» nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda «Humo» degan uchoq shirkati bor ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...