Asosiy mavzular
20 noyabr 2020

Oliy sud rahbariyatida gomoseksualizm mojarosi

“Eltuz” ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarining shu haftada yetkazgan xabarlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Oliy sud raisining 44 yoshli yordamchisi ustidan Jinoyat kodeksining 120-moddasi (“besoqolbozlik”) bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilovga yordamchi bo‘lib ishlayotgan mulozimning ism-sharifi “Eltuz” ga ma'lum, biroq sayt aybsizlik prezumptsiyasiga rioya etgan holda uni oshkor qilmaydi.

“Aslida jinoyat ishi ochilishiga o‘sha yordamchining o‘zi sababchi. Chunki ish ochilishidan oldin u o‘z rahbari Kozim Komilovga: “Bir firibgar tanishim mendan 17 ming dollar talab qilib, tinchlik bermayapti”, deb shikoyat qilgan.

Komilov o‘z yordamchisining muammosini hal qilishni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha hay'ati raisi I.Muslimovga topshirgan. Muslimov esa DXXga murojaat qilgan”, deydi “Eltuz” manbalaridan biri.

Uning aytishicha, DXX Tezkor boshqarmasi xodimlari pul undiruvchi jinoyatchini aynan I. Muslimovning qo‘ng‘irog‘i va 44 yoshli yordamchining arizasi bo‘yicha qo‘lga olgan.

“Eltuz”ga yaqin yana bir manbaning bildirishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olingach, uni shunday yo‘l tutishga arizachining o‘zi majbur qilganini aytgan. “Gvardeyskiy” qamoqxonasiga olib borilgach, «tamagir» talab qilgan 17 ming dollar aslida Oliy sud raisining yordamchisi to‘lashni va'da qilgan, lekin to‘lamay yurgan qarzlari bo‘lganini bildirgan.

“Gumonlanuvchi o‘zining aktiv geyligini, 44 yoshli yordamchining esa passiv geyligini aytib: “Komilovning yordamchisi 17 ming dollarni men uni “qondirib” yurganim uchun to‘lashi kerak edi. Lekin va'dasini buzib, qarzini to‘lamay yurgan edi”, deb aytgan.

O‘z iddaolarini isbotlash uchun “tamagir» tegishli videotasvirlarni taqdim qilgan”, deydi “Eltuz”ga yaqin ikkinchi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “aktiv” gumonlanuvchi “passiv” arizachini pul evaziga qondirib yurganini doimiy ravishda videotasvirga olib kelgan.

Natijada DXX gumonlanuvchi qolib, arizachining (Oliy sud raisining 44 yoshli yordamchisi) ustidan Jinoyat kodeksining 120-moddasi (“besoqolbozlik”) bo‘yicha ish ochgan.

“Eltuz” bilan uzoq yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan boshqa bir manbaning xabar berishicha, ushbu ish doirasida Oliy sud, Adliya vazirligi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ishlovchi, 44 yoshli “passiv” yordamchi bilan yaqin aloqalarda bo‘lib kelgan ayrim rahbarlar hamda boshqa mansabdor shaxslar ham tergovga jalb qilingan.

Uning bildirishicha, O‘zbekiston hukumatining yuqori eshelonlarida “aktiv” geylar “passiv” geylarni va aksincha “passiv”lar “aktiv”larni o‘zlarining jinsiy ehtiyoji uchun olib yurishi odatiy holga aylanib bo‘lgan.

“Bunday juftliklar faqat Ichki ishlar vazirligi yoki Bosh prokuraturada bor deb o‘ylaysizmi?! Ular hattoki DXXda ham bor”,  deydi “Eltuz” hamkori.

“Eltuz”da mavjud ma'lumotga ko‘ra, Oliy suddagi gomoseksualizm mojarosi Adliya vazirligi bir jinsli shaxslar o‘rtasidagi jinsiy aloqani jinoiy javobgarlikdan ma'muriy javobgarlikka o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan bir paytda yuz bermoqda.

2019 yil iyul oyida O‘zbekistondagi LGBT jamoasining bir guruh faollari prezident Shavkat Mirziyoevga o‘z huquqlarini himoya qilish va mamlakat Jinoyat kodeksidan “besoqolbozlik” moddasini olib tashlashni so‘rab murojaat qilgan edi.

Jinoyat kodeksida “besoqolbozlik” sifatida tasniflangan gomoseksualizm o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sanaladi va gomoseksualizm bilan shug‘ullangan fuqarolar 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Postsovet respublikalar orasida faqat O‘zbekiston va Turkmanistonda gomoseksualizm uchun jinoiy jazo saqlanib qolmoqda.

«Eltuz» Oliy sud rahbariyatida yuzaga kelgan gomoseksualizm mojarosini kuzatib boradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 mart 2020
Hafta aylanib, yana sizlar bilan yuzma-yuz bo‘lganimdan mamnunman, azizlar. Hafta ichida kim qadri uchun, yana kimdir qorni uchun yig‘ladi. Kimdir ...
25 may 2020
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi «o‘zbek olimi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi», deb xabar berdi. «Ixtiro» muallifi – o‘zbekistonlik olim Olimjon ...
6 iyun 2016
Yildan yilga mamlakatda aholi sonining oshishi, pul topish qiyinlashgani va o‘qish sifatining pasaygani bois Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ...
23 oktyabr 2017
Sovet O‘zbekistonini uzoq yillar boshqargan Sharof Rashidov shaxsiga har xil baho berish mumkin. Kimdir uni respublikani ruslashtirish, paxta monopoliyasini ...
Bloglar
13 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 35-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi ...
5 oktyabr 2021
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik ...
3 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi ...