Asosiy mavzular
17 yanvar 2021

Nasafiy: “Qo‘shiq o‘g‘risi emasman”

Nasafiy taxallusi bilan ijod qilayotgan 23 yoshli qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov o‘zining ma'muriy javobgarlikka tortilganini internetda tarqalgan xabarlar orqali bilganini ma'lum qildi. 

Uning “Eltuz”ga aytishicha, unga hech kim jarima to‘lashi haqida xabar bermagan.

“Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev ijrosidagi “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘i va she'rini muallifning roziligisiz, asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internetda tarqatayotgan va buning ortidan moddiy manfaat topayotgan ekansiz, degan qabilida qo‘ng‘iroq bo‘ldi. 

Biz buning asossizligini isbotlab ariza bilan murojaat qildik. Men Usmon Azimning she'rini emas, marhum shoir Oxunjon Hakimovning she'rlarini qo‘shiq qilib kuylaganman. Men buni o‘z arizamda ham aytib o‘tganman. 

Hech kimning ijodini o‘g‘irlamaganman va buzmaganman. Mening yo‘nalishim na Sherali Jo‘raevnikiga, na boshqanikiga yaqin. Mening o‘z uslubim, ularning alohida yo‘lim bor”, dedi Nasafiy “Eltuz” bilan suhbatda.

Intellektual mulk agentligi matbuot kotibi Feruz Jo‘raevning “Eltuz”ga aytishicha, tomonlarning arizasi ikki oy davomida ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilgan.

– Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, sud Nasafiyni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan, deb topdi, – dedi Feruz Jo‘raev. – Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya'ni 669 ming so‘m jarima jazosi tayinlagan. Tomonlar norozi bo‘lsa, ish yana ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qo‘shiqchining ma'muri Zohid Jabborov “bugun odamlar Nasafiyni eshita boshlagani, tushuna boshlagani”ni ta'kidladi. 

“Yoshlikda nimalar bo‘lmaydi. Bilib-bilmay, yangilik qilaman deb yaratgan imiji tufayli unga toshlar yog‘ildi. Aslida u hayotda unaqa emas. Jiddiy, yoshiga mos kiyinadi. 

Eng muhimi, san'atni tushunadi. Tug‘ma iste'dodli bola. O‘sha ovoza bo‘lgan imij – soch bo‘yash, noodatiy mo‘ylov va kiyimlar barchasi klip uchun qilingan. Buni Nasafiyning klip uchun yaratgan obrazi, deb qabul qilish kerak. 

Bugungi kunda Nasafiy bilan xayriya kontsertlari o‘tkazyapmiz, mehribonlik uylariga, maktablarga borib sovg‘a-salomlar ulashib kelyapmiz. Nasib etsa, karantin ochilgandan so‘ng gala kontsertlar, yakkaxon kontsertlar o‘tkazish niyatimiz bor”, dedi Zohid Jabborov “Eltuz” bilan suhbatda.

Tag‘in o‘qing
29 yanvar 2016
O‘zini “Millat peshvosi”, xotinini “Islom ayollari peshvosi”, o‘g‘lini korruptsiyachilar peshvosi qilib belgilagan Imomali Rahmon qizi Ozodani prezident ma'muriyati rahbari ...
17 fevral 2020
13 fevral kunining birinchi yarmida qozoq tilidagi mashhur saytlarning deyarli barchasi sobiq prezident Nursulton Nazarboevning nabirasi Oysulton tarqatgan xabarga ...
30 avgust 2016
Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar ...
31 dekabr 2020
Yangi yil arafasida Farg‘ona va Navoiy shahri markaziy maydonlariga o‘rnatilgan archalar yonib ketdi. eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...