Asosiy mavzular
1 aprel 2021

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan yigit qamoqqa olindi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli M.R.ni bir necha marta tahqirlab, zo‘rlaganlikda ayblanayotgan A.X. qamoqqa olindi. Holat bo‘yicha “Eltuz” maqola e'lon qilgan edi.

“Eltuz”ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, yigit ayni vaqtda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Qizning otasi R.D. ishning yana jimgina yopilib ketishidan cho‘chimoqda. 

Ma'lum bo‘lishicha, yigit 25 mart sanasidan boshlab tergov ishlariga ayblanuvchi sifatida jalb qilingan. 

“Arizamga ko‘ra, O‘rtachirchiq tumani prokuraturasi tomonidan 2020 yil 30 sentyabrda Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi, – deydi ota. – Bu tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limiga ham yuborilgan edi. 

Surishtiruv bo‘yicha ayblanuvchining shaxsi aniqlanmagani uchun ish 2020 yil 30 oktyabrda JPKning 1-qismi 1-bandiga asosan to‘xtatilgandi. Orada shuncha yugurdim. Murojaat qilmagan kishim qolmadi. Xalqaro saytlarga chiqishga majbur bo‘ldim. 

2021 yil 13 fevraldan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari ochilgan bo‘lsa-da, ishlar sust borayotgan edi. Hozir A.X. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlanib, joriy yilning 25 mart sanasidan boshlab ayblanuvchi sifatida Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan tergov jarayonlarida ishtirok etmoqda. 

Bu ishni shaxsan Senat raisi Tanzila Norboeva nazorat qilib turibdi, deyishyapti. Ishga mulozimlar sovuqqonlik bilan qaramaydi, degan umiddaman”.

Ayblanuvchi yigitning yaqin qarindoshi “Eltuz” bilan suhbatda qizning otasi ulardan pul talab qilgani, bermaganlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qilayotganini bildirdi. 

“Biroq qizning shu vaqtgacha nima ishlar qilib yurganini ko‘plar bilmaydi, –  dedi ayblanuvchining qarindoshi. – Dadasi Rossiyada ishlab yurganda uning tarbiyasi buzilib bo‘lgan edi. Yarim kechalari mahalla nozirining xonasiga kirib ketganini ko‘rgan guvohlar bor. 

Jiyanim qizning holatidan xabardor bo‘lgan. Jiyanim bilan ilk uchrashganidan roppa-rosa bir oy oldin qiz 7 iyun kuni yigitlar bilan daryoga cho‘milgani borgan va o‘sha yerda ular bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. 

Ikki safar ham qiz jiyanimning mashinasiga o‘z ixtiyori bilan chiqqan. Ularning asl maqsadi jiyanimni qamash emas, aksincha, nimadir undirib olish edi. Chunki qizning otasi bu bo‘yicha bir necha marotaba turli takliflar bilan chiqqan. Qonunchilik bu tomonni ham o‘rganishini talab qilardim”.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2016
Dmitriy Tixonov, Eltuz.com Davlat targ‘ibot apparati 2015 yil martdan beri meni G‘arb agenti sifatida ko‘rsatishga tirishib keladi. Mening huquqbonlik ...
10 iyun 2019
Toshkent kurantiga taqab plastik va shishadan kafe-bar uchun terassa-ayvon qurilishi nafaqat yangidan tiklandi, balki kurantning ikkinchi tomonida ham xuddi ...
8 may 2015
Siz ayta olasizmi “O‘zbek-nemis inson huquqlari forumi” (Uzbek-German Forum – UGF)ga raxbarligingiz haqida? – 2008 yili men O‘zbekistonda to‘rt ...
21 aprel 2021
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobi «Eltuz» muxlislariga muallifning o‘zi o‘qigan audiokitob tarzida yaxshi tanish. Bugun «Eltuz» taniqli ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...