UzPoster
27 aprel 2021

26 aprel – xonanda Botir Zokirov tug‘ilgan kun

Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti hamda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining rejissyorlik fakultetida tahsil oldi.

1956 yilda «Yoshlik» musiqiy ansamblini tuzgandan so‘ng el og‘ziga tushadi, taniladi. 1957 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar va talabalar festivalida u ilk bor «Arab tangosi»ni ijro etadi. Plastinkaga yozib olingan bu qo‘shiq tezda dunyo bo‘ylab tarqadi.

Biroz muddat vaqt o‘tib, uning dovrug‘i SSSR bo‘ylab yoyildi. 60-yillar o‘zbek estradasida Botir Zokirov ijrosida italyan, frantsuz, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar jaranglay boshlagan. Botir Zokirov 1972 yilda Toshkent shahrida Sharqdagi ilk myuzik-holl tuzib, uni boshqardi. U Sharq folklorini zamonaviy estrada yo‘nalishlari bilan birlashtirdi.

U «Sog‘indi jon», «Xayolimda», «Ra'no», «Yor, kel» kabi o‘nlab qo‘shiqlari tufayli san'at ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egalladi. Xonanda 28 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 39 yoshida O‘zbekiston SSR xalq artisti yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan. Botir Zokirov turli ijod sohalarida o‘zini sinagan: tasviriy san'at, rejissura, bastakorlik, aktyorlik, yozuvchilikda o‘zini sinab ko‘rgan, hatto she'rlar yozgan.

Botir Zokirov 1982 yili kinoda Robindranat Tagor obrazini gavdalantirgan. 1984 yilda san'atkorda jigar tsirrozi xastaligi aniqlanadi. 1985 yil 23 yanvar kuni Botir Zokirov olamdan o‘tdi. U Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Rassom Shirin Tosheva asari

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2023
2015 yilning 23 martida Singapurning davlat boshqaruvining korruptsiyadan xoli shaklini yaratgan lideri Li Kuan Yu 92 yoshida vafot etdi. ...
29 oktyabr 2015
Amerika – “Sehrli diyor”da yashash ishtiyoqida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bir oy mabaynida o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ...
10 sentyabr 2016
O‘zbekistonda Islom Karimov o‘limidan so‘ng hokimiyatning Bosh vazir tomonidan qo‘pol tarzda uzurpatsiya qilinishi kuzatilmoqda. O‘z mushtumzo‘rligi bilan tanilgan Bosh ...
20 iyun 2017
15 iyun kungi selektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoev qo‘sh xotinlik muammosini tilga oldi. «ZAGS hujjati bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qigan har ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...