Asosiy mavzular
25 oktyabr 2021

Cheklovlar bilan o‘tgan saylovda yana Mirziyoev g‘olib bo‘ldi

Markaziy saylov komissiyasi 25 oktyabr kuni prezident saylovi natijalari to‘g‘risida bayonot berdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoev besh nomzod orasidan eng ko‘p – 80,1 foiz ovozni qo‘lga kiritgani ma'lum bo‘ldi. Mavjud qonunchilikka ko‘ra, u ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi saylovlar yuzasidan dastlabki hulosalarini e'lon qildi.

“Mamlakatda yaqinda amalga oshirilgan islohotlar sababli ko‘p kutilgan turli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramay, ular chin ma'nodagi plyuralistik muhit yarata olganicha yo‘q. Xususan, insonning asosiy huquq va erkinliklariga bo‘lgan ba'zi eski cheklovlar hamon YeXHTning majburiyatlariga zid ekanligicha qolmoqda”, deya bildirildi YeXHT kuzatuvchilari missiyasining dastlabki xulosalarida.

Mazkur saylovda 21 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Saylovchilar ro‘yxati keng jamoatchilikka e'lon qilindi. 2019 yilda joriy etilgan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYaER) ushbu saylov uchun yangilanib, yanada takomillashtirildi. Ammo intellektual va psixologik imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz berish huquqi bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolmoqda, bu esa xalqaro standartlarga ziddir.

Saylovda partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan besh nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident ham ishtirok etdi, bu nomzodlarning biri ayol kishi bo‘ldi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga nisbatan, xususan, siyosiy partiyalar nomzodlariga qo‘yiladigan haddan tashqari qattiq talablar asosida belgilandi, bu esa YeXHTning 1990 yilgi Kopengagen hujjatiga ziddir.

Shuningdek, partiyalarni ro‘yxatga olish talablari ham o‘ta og‘ir va erkin qo‘llanilishi qiyin belgilangani saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘yish huquqini noo‘rin tarzda cheklaydi va saylov muhiti plyuralizm asosida bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi barobarida saylovchilar tanlashi mumkin bo‘lgan siyosiy tanlovlar sonini kamaytiradi. Yaqinda ikkita partiyaning ro‘yxatdan o‘tish uchun topshirgan hujjatlari ular tegishli talablarga mos emasligi uchun hukumat tomonidan rad qilindi.

YeXHT O‘zbekistonda o‘tadigan saylovga 26 davlat vakillaridan iborat kuzatuv missiyasini jo‘natgan edi. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning 57 davlatini jamlagan YeXHT dunyoda tinchlik va demokratiyani ta'minlash uchun ish olib borayotgan yirik tashkilotdir.

YeXHT o‘tgan oyda O‘zbekiston taklifiga ko‘ra, mamlakatda o‘tadigan prezident sayloviga 26 davlatdan tanlab olingan kuzatuv missiyasini jo‘natgan edi. 

Prezident Karimov o‘limidan so‘ng hokimiyatni qo‘lga olgan va muayyan muddat prezidentlik qilgan Shavkat Mirziyoev ilk bor rasman 2016 yilning dekabridagi saylovda o‘z nomzodini qo‘yib, 88 foizdan ziyod ovoz bilan qolgan uchta raqibi ustidan g‘alaba qozongan edi. Biroq mustaqil kuzatuvchilar va muxolifatdagi siyosatchilar bu saylov ham raqobatsiz va xalqaro demokratik me'yorlarga zid tarzda o‘tganini ta'kidlab kelishadi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2023
Hususiy universitetlarga  O‘zbekistonda qanchalik zarurat bor? Ular yangi korruptsionerlar tayyorlab beradigan maskanlar emasmi? Maqsad halqni ma'rifatli qilishmi, yoki shunchaki ...
28 fevral 2020
Ëzuvchi Leonid Solovyovning «Osoyishtalikni buzuvchi» kitobi qahramoni Nasriddin Buxoro amiri va uning mullalarini tanqid qiladi.  Bunga javoban amir Nasriddinni ...
25 may 2018
Kimligi unchalik muhim bo‘lmagan shaxs tomonidan «Mening fikrim» ijtimoiy portalida prezident Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida bildirilgan taklif ...
17 iyul 2022
Hurmatli kanalimiz obunachilari va aziz mehmonlar! Eltuz pochtasiga kelgan, o‘zbekistonlik tahlilchi tomonidan bitilgan quyidagi maqolani rus tilidan siz uchun ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...