Asosiy mavzular
30 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million to‘lashi kerak

29 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Yusmonovaga qarshi da'vo arizasi yuzasidan sudning yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Bu gal ham sud xonanda ishtirokisiz o‘tdi. Yo‘lchi Ro‘zievning “Xasta bo‘lma” she'ri muallifligi bo‘yicha da'vo arizasida ko‘rsatilgan va'jlar tomonlarning ishonchli vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Sudda da'vo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev foydasiga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdorida mablag‘ undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Sud qaroridan norozi bo‘lgan tomon 10 kun ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.

Yo‘lchi Ro‘ziev va uning advokati Ravshan Mardievning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta davomida javobgar tomonidan o‘zaro kelishib olish uchun shoirga 30 million so‘m miqdorida pul taklif qilingan. Shoir buni rad etgan va hukmni sud ixtiyoriga qoldirgan.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ragandi. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

Yaqinda esa Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali mazkur sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2019
Aksariyat o‘zbekistonliklar orasida Salimboy deya sig‘iniladigan, boshqa manbalarda «kriminal avtoritet» atalgan Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan ayiq, bo‘ri va ...
5 oktyabr 2021
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
25 yanvar 2018
O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda 12 million dollar sarflab, turar joy inshooti qurgan. Bu ma'lumotni «Ochiq ...
16 fevral 2022
Inson Huquqlari Bo‘yicha Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (IPHR) Xotin-qizlarga nisbatan Kamsitishlarga Barham Berish bo‘yicha (CEDAW) Qo‘mitaning 2022 yil 15 va ...
Bloglar
23 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 50-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) «Sof ...
17 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 49-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi ...
11 may 2022
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...