Asosiy mavzular
25 may 2022

«Eltuz» natija: Namangan DSB boshlig‘i ishdan ketdi. Xodimlarga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi

«Eltuz» nashrida chop etilgan “Namangan soliq tizimidagi naxanglar” maqolalari ortidan, nihoyat Namangan viloyat soliq idorasidagi «vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan». Bu haqida Namangan viloyati soliq idorasi xodimi «Eltuz»ga xabar berdi.

Maktub egasining yozishicha, “Eltuz” nashrida Namangan viloyati soliq tizimidagi korruptsion holatlar haqida e'lon qilingan ikkita maqoladan so‘ng, nihoyat mamlakatning tegishli huquq-tartibot idoralari vaziyatga e'tibor qaratgan.

Namangan Davlat Soliq boshqarmasi (DSB) boshlig‘i Tilavoldiev Adham lavozimidan bo‘shatilgan. Soliq xodimlariga bo‘lgan munosabat ham yaxshi tomonga o‘zgargan.

Ammo, maktub egasiga ko‘ra, sobiq rahbar endilikda Farg‘ona viloyati DSB raxbari etib tayinlangan.

«Eltuz»ga yo‘llangan maktub

«Avvalambor, biz Namangan viloyat soliqchilari Sizlarning qilayotgan xolis xizmatlaringiz uchun ko‘ksimiz yerga tekkuncha rahmat aytamiz.

Namangan soliq tizimida ro‘y berayotgan korruptsion holatlarni yoritib berganingizdan so‘ng, mana bugun Tillavoldiev Adxam Namangan viloyat soliq boshqarmasi boshliqligidan ketdi.

Namangan viloyat ahli bitta katta poraxo‘rdan qutilgani uchun Eltuz og‘adan juda xam katta minnatdor. Hech qachon xalq dardini, davlatchilikda bo‘layotgan adolatsizliklarni yoritishda va ularga chek qo‘yilishida ko‘mak berishdan charchamanglar.

“Namangan soliq tizimidagi nahanglar” nomli chiqargan postingizdan keyin biz xodimlar uchun ancha yengillik bo‘ldi.

Idoradagi rahbarlar biz xodimlarga yaxshi muomalada bo‘lib qolishdi, eng asosiysi, soat 20-00 dan 21-00 gacha idorada hech kim qolmayapti.

Kechqurun soat 20-00 da boshlanib 24-00 gacha davom etadigan selektr yig‘ilishlari bo‘lmay qoldi.

Mana bugun esa hammani quvontiradigan xabar, Tillavoldiev bizni tark etdi, ya'ni Farg‘ona viloyat DSB ga boshliq bo‘lib o‘tib ketdi.

Menimcha, sizning chiqarayotgan postlaringizdan qo‘rqib, zemlyagi DSQ raisi Kudbievga borib yig‘lagan ko‘rinadi, namanganliklar mani sig‘dirmayapti deb.

Nima ham der edik, ishlariga omad, faqat endi Namanganda qolgan o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlar o‘zini bilib yurishsa bo‘ldi.

Lekin, baribir shu kungacha qilgan qilmishlari uchun Respublika DSQ dan va Prokuratura organlaridan xizmat tekshirish tayinlashlarini so‘rab qolamiz, chunki uning amalga oshirib ketgan korruptsion jinoyatlari uchun biz keyinchalik ham javob berib yurishimizni istamaymiz».

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2019
Bugun prezident Mirziyoev Berlinda. Men so‘nggi 10 yilni o‘tkazgan va menga Islom Karimov mustabidligidan boshpana bergan sevimli shahrimda.  O‘zbekiston ...
18 iyun 2018
O‘zbekiston kuchishlatar tizimlari delegatsiyasi 4-8 iyun kunlari Pekinda maxsus seminarda qatnashdi. Xitoy poytaxtida “Pul va moddiy o‘tkazmalardan noqonuniy foydalanish” ...
1 dekabr 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
24 iyun 2021
Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti… Hammani qiziqtirgan tashvishli muammo soqol muammosi bo‘lyapti. “Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...