Asosiy mavzular
1 iyun 2022

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi prezidenti Toshkentda o‘zbek rasmiylari bilan uchrashdi

Toshkentga xizmat safari bilan borgan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining prezidenti Jeymi Flay va Ozodlik O‘zbek Xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq, 30-31 may kunlari o‘zbek rasmiylari, xususan Oliy majlis senati raisi, Tanzila Norboeva, Milliy Mass-Media Fondi rahbari Komil Allamjonov, jamoatchilik faollari, jurnalistlar va blogerlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazdi.

«Uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi» deya yozdi bu haqda o‘zining feysbuk sahifasida post Komil Allamjonov.

Ayni paytda tarmoqda ham uchrashuvlar dolzarb ahamiyatgga ega ekanligi urg‘ulanmoqda.

«Bi-bi-si bosh muharriri, Xayrullo Fayz, va Ozodlik bosh muharriri, Pahlavon Sodiq, Toshkentda uchrashdi. Orqada kuzatuv ham yo‘q. 6 yil oldin buni tasavvur qilish qiyin edi. Kim nima desa desin, lekin Shavkat Mirziyoev tambalangan eshiklarni vatandoshlarga ochdi» – deya izoxladi jumladan «Eltuz» telegram kanali sharhlovchisi.

Ayni shunga o‘xshash fikrni, ya'ni Karimov davrida tsenzura hukmron bo‘lgani haqida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov 27 aprel Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirdagi chiqishida ham gapirgan edi.

Biroq bu gaplar aytilayotgan bir paytda, «Ozodlik» va «Eltuz» saytlari O‘zbekistonda hamon bloklanganicha qolmoqda.

Islom Karimov «Bi Bi Si», «Ozodlik» va «Amerika ovozi» jurnalistlari davrasida

Yomon deya ta'riflanayotgan Islom Karimov davrida esa «Bi-Bi-Si» jurnalisti o‘laroq Pahlavon Sodiq prezident bilan ham uchrashgan, hatto xorijiy radio uchun undan intervyu ham olgan edi. Lekin, shu paytgacha o‘tgan vaqt ichida Shavkat Mirziyoevning mustaqil jurnalistlarga intervyu bergani qayd etilmadi.

2005 yilga qadar «Ozodlik» radiosi Toshkentda muhtasham vakolatxonasi va viloyatlarda esa muxbirlar tarmog‘iga ega edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 iyun 2023
Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev O‘zbekiston poytaxtida yana bir universitet ochish niyatida ekanini bildirdi.  Uning bu bayonoti Akfa universiteti ...
31 mart 2017
Toshkentdagi «Mirza Yusuf» masjidi imom xotibi, 42 yoshli, Rahmatulloh Sayfuddinovning erkaklarning doyalik qilishiga qarshi targ‘iboti ijtimoiy tarmoqda va turli ...
5 yanvar 2022
Rassom Tuz
7 aprel 2020
«Eltuz» rassom Kirpining koronavirus karantini turkumidan yangi karikaturasini taqdim etadi.
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...