Taniqli advokat Umid Davletov olamdan o‘tdi
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 yoshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir xastaligi bilan vafot etgan marhum 2 sentyabrda Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi ota uyidan tuproqqa beril
Umid Davletov ko‘plab shov-shuvli sud ishlarida advokatlik qilgan. Xususan, bloger Otabek Sattoriyning adkovati sifatida sudda uning huquqlarini himoya qilgan. Jurnalist aka uka bobojonovlarning noqonuniy musodara qilinga mol mulkini qaytarishda advokat sifatida ishtirok qilgan. Davletov Xorazmdagi «Jamiyat» gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi sabablarini o‘rgangan yurist edi. Eltuz tasarrufidagi kadrlar 2019 yili advokatning Ro‘zmetov o‘limi ortidan Urganchga borganida olingan. Sizga bu kadrlarni taqdim etish asnosida taniqli advokat Umid Davletov yaqinlariga taziya bildiramiz.
Eltuz.com