Asosiy mavzular
12 aprel 2024

Vetnamning Ortiqxo‘jaevi o‘limga hukm qilindi

Rasmdagi xotinni otib o‘ldirish uchun olib ketishmoqda. U Vetnamlik tadbirkor. Vetnamning Ortiqxo‘jaevi.

Vetnam sudi tadbirkor Chыong Mi Lanni o‘limga hukm qildi.

U tadbirkorlik bahonasida har xil sxemalar yordamida 12 milliard davlat pulini o‘margan.

67-yashar Chыong Mi Lan — Vetnamning mashhur biznesmeni. Plastik deraza romdan tortib dazmolgacha ishlab chiqarib kelgan.

Bu xotin o‘z faoliyatini bozorda kosmetika sotishdan boshlagan. 1989 yili kommunistik Vetnam rahbariyati bozor ekonomikasiga o‘tishni e'lon qilganida bu xotin «Lyubaya biznes xorosha» deya ( Ortiqxo‘jaevdan ancha oldin) o‘rtaga chiqdi. Vetnam poytxtidagi yer uchastka va uylarni arzon garovga sotib oldi.

2012 yili Chыong Mi Lan Saygon tijorat bankini qo‘lga kiritdi.

Vetnam qonunchiligi bir kishining qo‘lida bankning 5 fozidan ko‘p aktsiyasi bo‘lishini taqiqlaydi. Ammo bu xotin yuzlab podstavnoy kompaniya va o‘lik jonlar yordamida Saygon bankining 90 foiz ulushiga ega bo‘ldi.

Chыong Mi Lan bankdagi pullarni obnalichka qilib mamlakatdan obchiqib ketgan.

Masalan, 2019 yili bu xotinning sho‘pri bu xotin amri bilan bonkadan to‘rt milliard dollarni olib podvolga tiqib qo‘ygan

Chыong Mi Lan ommaviy ravishda barcha rahbarlarga muntazam pora berib kelgan.

Bitta intevyusida bu xotin «pora berish bu xuddi g‘isht otganga o‘xshaydi. Sen qo‘lingdagi g‘ishtni otasan¸ keyin yana qo‘lingga g‘isht tushadi. Bersang – olasan,» degandi. Qizig‘i shundaki, Ortiqxo‘jaaev ham shunga o‘xshash gapni aytgan.

Bu xotin, masalan, Markaziy bank glavnыy inspektoriga besh million dollar pora bergan.

Klinika¸ universtitet¸ kir poroshok zavodidan tortib kir moshingacha… Bu opa chirmovuqdan butun Vetnamni qoplab olgandi.

Chыong Mi Lan ustidan sud jarayoni katta bo‘ldi.

2700 kishi so‘roq qilindi. Jarayonda 10 prokuror va 200 advokat qatnashdi.

Sud materiallari 104 qutiga jo bo‘lib, umumiy og‘irligi olti tonna bo‘ldi.

Opa kechirim so‘rab, tuzalish yo‘liga kirganini aytdi.

Sud inobatga olmay otib tashash haqida qaror qabul qildi.

Vetnamda 2016 yildan boshlab antikorruptsion kampaniya davom etmoqda.

Bu «Ëqib tashovchi o‘choq» degan tadbir doirasida yuzlab korruptsioner mulozimlar qo‘lga olingan.

🚀Telegram (http://t.me/eltuz2022) |🔵Facebook (https://www.facebook.com/eltuzcom) |
🐦Twitter (https://twitter.com/ElTuz7) |📷Instagram (https://instagram.com/eltuz2015) | ▶️YouTube (https://youtube.com/@eltuz)

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2023
O‘zbekistonda jinoyat doiralarida tanilgan tadbirkor G‘afur Rahimovga nisbatan jinoyat ish ochilgan emas. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh ...
25 may 2024
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
22 sentyabr 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
25 avgust 2016
Rio de Janeyroda o‘tgan bu yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbek sportchilari O‘zbekiston tarixida eng ko‘p medal qozonishdi. Rio Yozgi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...