Asosiy mavzular
18 aprel 2024

Farg‘onalik psevdobloger xalqaro tashkilot rahbariga qarshi tashlandi

Germaniyadan O‘zbekistonga borgan xalqaro tashkilot rahbari Umida Niyozova yollangan bloger tomonidan haqorat qilindi.

18 aprel kuni Farg‘onada xizmat safarida bo‘lgan Umida Niyozova atay ta'qib qilinib videoga olinib «sen vatan xoinisan» degan mazmundagi haqorat va sazoyi qilindi.

Aniqlanishicha Shuxrat Esonov degan psevdo bloger buyurtma asosida bu sazoyini amalga oshirgan.

O‘zbekiston paxtasini xalqaro boykotdan va o‘zbek bolalarini majburiy mehnnatdan xolos qilishda juda katta xizmat qilgan shaxsga rasmiy Toshkent raxmatimi bu?

O‘zbekiston prezidenti BMT minbaridan turib maqtangan ish ya'ni o‘zbek bolalarini paxta majburiy mehnatidan qutqarish Umida Niyozova rahbarlik qiladigan tashkilotning (Uzbek Forum for Human Rights (formerly Uzbek-German Forum for Human Rights) yillik mehnati samarasi bo‘lgan edi.

Umida Niyozova O‘zbekistonga kelganida Toshkent aeroporti bojxona xizmati tomonidan bir yarim soat tekshirilib to‘xtatib turilgan edi.

Bu asossiz tekshiruv va sazoyi haqida O‘zbekiston prezidenti adminstratsiyasi xabardor qilindi.

Rasmiy munosabat kutyapmiz.

Tag‘in o‘qing
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
9 mart 2021
«Eltuz»ga qashqadaryolik fuqaro jo‘natgan videoda G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘i tibbiyot punkti binosining xarob ahvoli aks etgan. Qishloq tibbiyot punkti ...
23 fevral 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
20 aprel 2017
Taniqli jurnalistlar Shuhrat, Qudrat va Xurmat Bobojonovlarning Urganch tumanida yashovchi onasi Shukurjon Madrahimovaning aytishicha, u 18 aprel kuni o‘z ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...