Asosiy mavzular
15 mart 2023

15 mart – Fayzulla Xo‘jaev otilgan kun

O‘zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo‘lgan Xo‘jaev siymosini tarixdan o‘chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani kuzatiladi. Buxoroda Fayzulla Xo‘jaevning 120 yilligi nishonlanmadi. Uning marmar haykali va yodgorlik lavhasi olib tashlangan.

Fayzulla Xo‘jaev 1938 yil 15 martda 42 yoshida Kreml buyrug‘i bilan otib o‘ldirilgan edi. U 1937 yilda taniqli sovet arboblari Buxarin va Rikov bilan birgalikda hibsga olindi va AQSh josusi sifatida 1938 yil Moskvada otib tashlandi.

1965 yil Moskva mahkamasi Xo‘jaev ishini ko‘rib chiqib, uni Stalin qatag‘oni qurboni deb topdi va o‘limidan so‘ng oqladi. Fayzulla Xo‘jaev Turkistonni birlashtirish tarafdori edi.

Kreml bu g‘oyaga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgani bois, Xo‘jaev “Katta Buxoro” g‘oyasini ilgari surib, dunyo xaritasida O‘zbekistonni mavjud qildi.

Millionlarni millat uchun sarflagan mard Fayzulla Xo‘jaev taniqli mutafakkir Fitrat bilan birgalikda 1916 yilda «Ësh buxoroliklar» jadidchilik harakati yetakchisi sifatida Buxoroda namoyish uyushtirib, mamlakatda demokratik qadriyatlarni kafolatlaydigan konstitutsiya joriy etilishin talab qilgan edi.

Bu harakati uchun Fayzulla Xo‘jaev Amir Olimxon tarafidan o‘limga hukm qilindi. 1920 yilda amirlik barham topganidan keyin Fayzulla Xo‘jaev Buxoro Respublikasiga rahbarlik qildi. U 1925 yilda O‘zbekiston bosh vaziri (Sovnarkom raisi) bo‘ldi.

Rotatsiya asosida 1925 yilda SSSR ijroqo‘mi raisi vazifasida ishladi. Fayzulla Xo‘jaev bir guruh yosh o‘zbeklarni Germaniyaga o‘qishga yubordi.

Bugun Moskva arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarga ko‘ra, Fayzulla Xo‘jaev ularning o‘qishi uchun mablag‘ni ayamagan, talabalar ahvolidan shaxsan o‘zi xabar olib turgan.

Sovet hukumati 1922 yildayoq Germaniyaga o‘qish uchun yuborilgan buxorolik yoshlarni Moskvaga qaytarishga uringan. Xo‘jaev bunga qarshi bo‘lgani hujjatlarda aks etgan.

Muinjon Aminovning 1938 yil 28 yanvarda bo‘lib tergovdagi ko‘rsatmasidan:

«1922 yil Kuybishev (Valerian Kuybishev) men va Fayzulla Xo‘jaevdan ularning (talabalarning) qaytarilishini, Moskvada o‘qitilishini talab qildi. Xo‘jaev qat'iy rad javobini berdi. So‘ng Umar Faxriev degan kishini xat bilan Germaniyaga jo‘natdi va u yerda ta'lim olayotgan buxorolik talabalarga: «Sovet yeriga qaytmay turinglar», deb topshiriq berdi».

Xorijda qolib o‘qishini davom ettirgan, keyinchalik Turkiyada qo‘nim topgan 14-16 nafar sobiq talabaga Xo‘jaev Burxonov orqali moddiy yordam ko‘rsatib turgan. U Germaniyadagi Olimjon Idrisiy, millioner Amin Sulaymon, savdogar Eydelman bilan aloqada bo‘lib, turkistonlik talabalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatib turishni ushbu shaxslardan so‘ragan.

Qilichevning yozishicha, Fayzulla Xo‘jaev xorijda yashovchi Mustafo Cho‘qaevni (1890-1941 yillar) moddiy jihatdan ta'minlash uchun turli yo‘llar bilan uning nomiga tilla va pul yuborib turgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 iyul 2016
O‘zbekistonda keyingi o‘n yilda aholiga majburiy singdirilib kelinayotgan naqd pulsiz to‘lov tizimi, hukumatning naqd va elektron pul o‘rtasidagi tafovutni ...
16 noyabr 2016
O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi. 2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila ...
10 sentyabr 2017
9 sentyabr kuni XRV vakillari Xyu Uilyamson (Hugh Williamson) va Stiv Sverdlov (Steve Swerdlov) Xorazm viloyatiga borib, o‘tgan yili ...
13 dekabr 2021
“Benkvoch” Osiyo taraqqiyot banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan mablag‘ hisobidan moliyalashtirilgan davlat xaridlarini tahlil qilib, shubhali ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...