Boshqa maqolalar
29 oktyabr 2018

«Amerika ovozi» muxbiri Istanbulda qamoqqa olindi

So‘nggi olingan xabarga ko‘ra, «Amerika ovozi» radiosining Istanbulda hibsga olingan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev  29 oktyabr kuni Chog‘loyon tumani sudiga keltirildi.

Malik Mansur Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 mingdan ziyod O‘zbekiston vatandoshi hayotidan reportajlar tayyorlayotgan edi.

Jurnalist yaqinlarining «Eltuz»ga aytishicha, u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasi oldida o‘tayotgan namoyishni videotasvirga olayotgan paytda 28 oktyabr kuni ushlangan.

«Turkiyadagi “O‘zbeklar” tashkiloti rahbari Odam Chevik Saudiya konsulxonasi binosida «Vashington post» jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganini qoralab nutq so‘zlaganida politsiya keldi. Odam Chevikni ham, uni videoga olgan Malik Mansurni ham qo‘liga kishan solib olib ketishdi», deydi jurnalistning Istanbuldagi yaqinlaridan biri.

«Eltuz»ning o‘rganishicha, Malik Mansur “izn berilmagan miting ishtirokchisi sifatida hibsga olinib, Levand tergov bo‘limida (Levent karakolu) so‘roq qilinib, ayni bo‘lim hibsxonasiga qamab qo‘yilgan.

Bundan sal ilgari «Eltuz» huquqbuzar sifatida ayblanayotgan jurnalistning sud jarayoni 29 oktyabrning birinchi yarmida Istanbul shahri Chog‘loyon (Çağlayan adliyasi) adliya binosida bo‘lishi rejalangani haqidagi xabarni olgan edi.

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelgan Malik Mansur 2011 yilning fevralida «o‘zbek xalqiga tuhmat qilganlik»da ayblanib, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ortidan O‘zbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana olishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2018
2006 yil 29 aprel kuni ertalab 27 yashar huquq faoli A'zam Farmonov taksida viloyat kasalxonasi tomon ketayotganida uchta militsiya ...
3 dekabr 2021
2021 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyacining huquq faoli Umida ...
30 dekabr 2020
Kechgan yil bir vaqtlar Gulnora Karimova o‘tkazgan tadbirlarga o‘xshagan “yolg‘on” tadbirlar bilan to‘la bo‘ldi. “Ëshlar forumi” “Ëshlar bilan uchrashuv” ...
20 aprel 2019
Ko‘plab manbalarda Muhammad CAV tug‘ilgan kunlari turlicha talqin qilinadi, biroq sahih deya atalgan ko‘p manbalarda 571 yilning 20 apreli ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...