Boshqa maqolalar
12 avgust 2019

Ishsiz qolgan va ishlab kelayotgan prokuratura idoralarining xodimlaridan Prezidentimiz Shovkat Miromonovich Mirzieevga ochiq xat

(Prokurorlarning ochiq xati to‘liq va stilistika saqlangan holda e'lon qilinmoqda) 

Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirzieev, xalqsevar yurtboshimiz, murojatimiz boshida Sizga, oila a'zolaringizga shuningdek yoningizda yelkadosh bo‘lib vatanimizga va Siz olib borayotgan siyosatingizga sadoqat bilan davlatimizning turli tarmoklarida  xizmat qilib kelayotgan raxbar xodimlarga ulkan zafarlar tilaymiz,  shuningdek Allohdan olib borilayotgan ishlaringizda  omad va baraka Sizlar uchun duo qilib so‘raymiz.

     Albatta biz hammamiz Siz qilayotgan ishlarinngizni qanchalik mashakatli ekanligini tushunib etamiz, ya'ni davlatni boshqarishda uning birgina xavfsizligini taminlashda qanchalik qiyinchiliklar borligi yaqqol kurinadi.

Muhtaram prezident ushbu murojaatni tayyorlashga Sizni deyarli barcha xalqqa va davlat raxbarlariga qilgan murojatlaringizda ADOLATNI yo‘lga qo‘yishni talab qilib kelayotganiz sabab bo‘ldi. Biz Sizga ishonamiz, bir kun adolatni yulga qo‘yasiz degan umid bilan yashab kelmoqdamiz.

     Shavkat Miromonovich bir zumga Sizni nazaringizni tarixga qaratishingizni so‘raymiz, ya'ni O‘zbyokiston Respublikasi Mustaqilligini e'lon qilgan davri  va undan keyingi vaqtlarga. Bo‘ritosh Mustafaevich Mustafaev O‘zbyokiston Respublikasi birinchi Bosh prokurori bo‘lib 10 yilga qadar xizmat qilib keldilar, bu lavozimdan keyin ham turli yuqori lavozimlarda bu dunedan kuz yumganlariga qadar xalol va sadoqatli mehnat qilib keldilar, biron inson yo‘qki shu inson haqida yomon so‘z yoki fikir  so‘zlamaydi. Bu inson xakikiy prokuror, ya'ni shu idorani tarbiyasini olib eng pastki pog‘onadan eng yuqori pog‘onasigacha o‘zining xalol mehnati bilan erishgan edilar. Hozirgi kungacha bu insonni juda ko‘p shogirdlari xalol va sadoqatli mehnat qilib kelishmokda.

     2000 yilda Bosh prokuror etib O‘zbyokiston Respublikasi MXX xodimi Rashitjon Hamidovich Qodirov tayinlandi, bu inson juda  ko‘p prokuratura idoralaridagi xalol va vijdonli xodimlarni 15 yil davomida turli baxonalar bilan lavozimlardan, shuningdek  umuman prokuratura idoralardan bo‘shatib yuborgan, u o‘zini yoniga faqatgina o‘ziga o‘xshagan xasadchi, ig‘vogar, tuxmatchi poraxurlarni to‘plab shular bilan uzok yillar jinoyatlar sodir qilib kelishgan. Hozirgi kunda o‘zingiz uning barcha kirdikorlarini fosh etilishiga sababchi bo‘ldingiz. U inson hozirgi o‘tirgan joyga loyiq inson.2015 yilda Bosh prokuror etib raxmatli birinchi prezidentimiz Ixtiyor Baxtiyorovich Abdullaevni tayinladilar.Bu inson haqida so‘z boshlar ekanmiz, birinchi bo‘lib shuni aytib o‘tish lozimki, bu inson ham MXX tomonidan verbovka qilingan davlat raxbarlardan biri edi. Bundan tashqari u prokuratura idorasi o‘zi nimaligi va uning vazifasi nimadan iboratligini umumun tushunmasdan faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu inson tergov nimaligini yaqindan tugul uzoqdan ham tushunmaydigan Bosh prokuror bo‘ldi. Kelgan kunidan boshlab prokuratura idoralarini asosiy vazifalari ikkinchi o‘ringa surilib, ahmoqona islohotlar qilishga kirishdi, shu bilan birga o‘zi va ukasi Otabek Abdullaevni, shuningdek boshqa tanish bilishlarini yaqin odamlarini bosh prokuratura va kuyi tarmoklariga raxbarlik lavozimlariga tayinladi. Bu xodimlarni barchasini shaxsiy jildini urganidigan bulsak birortasi ham na tajriba na bir boshqa jixatdan bu egallab turgan lavozimlariga turgi kelmaydi. (Muhammadjonov Shobek, Mirsafaev Jaxongir, Abdullaev Yerkin va boshqalar). Bu inson uch yil ishlab O‘zbyokiston Respublikasi DXX raisi lovozimiga tayinlanib ketdi.

2018 yilda Sizni farmoningizga binoan Bosh prokuror etib Otabek Baxriddinovich Murodov tayinlandi,bu inson birinchi kundan boshlab DXX raisi I.Abdullaevni chizgan chizigi buyicha ishni davob ettirib prokuratura idorasini battar botkokka tikish bilan ovora bo‘ldi, barcha raxbar lovozimlariga I.Abdullaev va o‘zini tanish bilishlaridan tayinlab oddiy xodimlarni juda katta norozichiligiga duchor bo‘ldi. Hozirgi kunda Ixtiyor Baxtiyorovich bir qancha jinoyatlarni sodir etib, aynan Sizni olib borayotgan siyosatingizga karshi chikib kamokka olingan bulsada, Otabek Baxriddinovich uni yenini olishga xarakat qildi, barcha Ixtiyor Abdullaevni kadrlarini kullab kuvatladi.

     Tabiiy xolat bu kilmishlari bilan bu sabotajchi to‘da sizning g‘azabingizga uchradi, Siz bizni idoramizdan umuman norozi bulishingizga sababchi bulishdi, va natijada bizlar mingdan ortiq xodimlar bir kunda ishsiz bo‘lib koldik. Muhtaram prezident xalqimizda besh barmok bir xil emas degan maqol bor, bu maqol bekorga o‘ylab topilmagan, nega endi bir to‘da sadoqatsiz va poraxur insonlarni qilgan xati harakatlari uchun biz oddiy xalq, oddiy xodimlar azob chyokishimiz lozim. Biz prokuratura xodimlari bulishimizdan tashqari xalq xisobiga ham kiramiz, oilalarimizni qanday bokamiz, shu kunlarda  bizlarni boshqa bir joyga ishga ham kabul kilishmaydi. Bosh prokuror O.Murodov hammani ish bilan bir oz vaqt utgach ta'minlaymiz deb aytib bizni axmok qilib ketdi. Ko‘pimiz 10 yildan ortiq ishlab kuygan insonlarmiz axir, kamida ikkitadan farzandlarimiz bor.

 Ixtiyor Abdullaev kamalgandan so‘ng ham aklini yegishtirmagan Otabek Murodov Sizni adolatni yulga qo‘yish kabi topshirigingizga mutlako rioya etmasdan Sizni obruingizga futur yetkazib, Sizga bulgan xalqni ishonchini susaytirishga karatilgan xatti xarakatlarni Sizni nomingiz bilan ish yuritdi. Bunga bir misol keltirishimiz mumkin, shuncha odam ish bilan ta'minlanishini kutib o‘tirgan bir paytda, Sizning topshirigingiz bilan poraxurlar Toshkent shahar  prokurorini urinbosarlari  Mirag‘lam Mirzaev bilan bir kunda ishdan olinib prokuratura idoralaridan salbiy fikr bilan xaydalgan poraxur Rashitjon Kodirovni laychasi poraxur Oxunov Jasur kechagina shu jinoyatchilar katorida bula turib birdaniga  Otabek Murodov tomonidan kuchadan olib, ya'ni ishsiz odamni prokuraturaga tiklab Toshkent viloyatitidagi Toshkent Maxsus prokurori raxbar lavozimiga tayinlandi. Buni qanday izzoxlash mumkin edi? Bu lavozimga xalol va mehnatkash xodimlar yo‘q deb uylaydimi bular, bilmaymiz fikrini, lyokin bunday xodimlar juda ko‘pligini anik bilamiz. Oxunov Jasur Bosh prokuraturasining Kadrlar boshqarmasida boshlik lavozimida ishlab kelgan vaqtida Rashitjon Kodirovning eng yaqin insoni bo‘lib, qanchadan qancha xodimlarga tuxmat va igvolar qilib ishdan xaydatib juda ko‘p nohaqliklar sodir etgan, so‘ng Mirag‘lam Mirzaev Toshkent shaharni butunlay egallaganiga chidolmagan va moddiy tomondan foydalana olmagan Rashitjon Kodirov o‘zini odami sifatida Oxunov Jasurni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga Ixtiyor Baxtiyorovich bilan kelishilgan xolda tayinlagan, va o‘sha lavozimdan Sizni topshirigingiz bilan 2017 yilda ishdan olindi. Birok Otabek Murodov “Prezident so‘zi so‘z emas men aytganim buladi” deb bu nokas xodimni kaytarib, Toщkent viloyati Maxsus prokuror etib, ya'ni raxbar lavozimiga tayinladi.Bu ham yetmaganidek adolatsizlikni chegarasi yo‘qligini namoish qilgan xolda, Oxunov Jasur bush turgan lavozimga tayinlansa ham mayliydi, shu yerda bir necha yillar davomida xalol Xizmat qilib kelayotgan, minglab yuristlarni tayyorlagan professor Miraxmedov Mirshoxid aka ustozimizning o‘g‘li Mirmuhammad Miraxmedovni yuqorida aytilgan maxsus prokuror lovozimidan Toshkent shahar Uchtepa tumani prokurori lavozimiga o‘tkazdi, va u shu lavozimda atigi bir xafta ishni boshlaganiga karamasdan, yuqorida aytilganidek uta ketgan adolatsizlikni nomoyish etgan xolda prokurorlik lavozimidan nohaq bo‘shatib yuborildi. Eng achinarlisi bu ikki shaxsni ishga qo‘yilishini va ishdan olinishini Otabek Murodov ochiqchasiga “Prezidentimizni topshirig‘i” deya e'lon qilgan, bu bilan u prezidentimiz, ya'ni Sizni  obro‘yingizga juda katta putur etkazgan. Mirmuhammad Miraxmedov xalol va mehnatkash xodim edi. Uni axvoli , oilasini axvoli nima kechyapti, yillar davomida prokurorlik lovozimiga erishish uchun qancha mehnat, qancha asab ketgan, nega buni xech kim o‘ylamaydi.

Bu savol barchamizni juda qiynaydi, ya'ni qanday qilib Sizni o‘ng kulingiz bula turib Otabek Murodov sotkinlarcha Sizni obruingizni kutarish urniga yuqorida kayd etilgan mansabni suistemol kilish kabi jinoyatni Sizni nomingiz bilan sodir etdi? Oxunov Jasur Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshligi lavozimida ishlab yurgan vaqtida Otabek Baxriddinovichni ko‘plab kirdikorlarini byokitib keldi. Demak xulosa shunakaki, biz xalol mehnat qilib adashganmiz, biz ugri muttaham poraxur, vijdonsiz ig‘vogar  xodim bo‘lib ishlashimiz kerak ekan, shunda Oxunov Jasur kabi nima kilsak ham ishlab yuraverardik, xaydalsak ham kaytib raxbar bo‘lib ishlab yuraveramiz, jinoyatlar sodir etsakda, shaxsan prezident ishdan olsa ham tiklanib yuraveramiz ekanda degan fikr miyamizga sindirilmokda.

 Oxunov Jasur esa o‘zini ustozi Rashitjon Kodirov va uning sheriklarini qamoqxonadagi sharoitlarini yaxshilab, tezroq ularni qamoqdan ozod etilishiga harakat qilmokda. Aynan u qamoqxonalarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni olib boruvchi prokuror. Otabek Baxriddinovich xech narsadan kurkmas edi, prezident obruiga bu kabi xarakatlar qanday salbiy ta'sir etishni mumkinligini o‘ylamasdi, unga yaxshilik qilgan xolda ham, Sizni ya'ni prezidentimizni obro‘yini saqlash uchun, gap so‘zdan xoli qilish uchun ham o‘zini ma'nfatini chetga surishi lozim edi, birok u sizga zien buladigan yulni tanladi. Faqat uz odamlarini qanday bulsaham saqlashni o‘ylaydi. Otabek Baxriddinovich shunchalik Oxunov Jasur bilan yaqin ediki, bir og‘iz gapi bilan Sizni so‘zingizni yerda qoldirmagan xohlagan boshqa davlatning idoralariga ishga oldirsa ham bo‘lardi, lekin aynan bu erda uni gapi o‘tishini ko‘rsatish kerak edi, va shu bilan birga hamma xodimlarni qo‘rqitib olishni maqsad qilgandi.

Keyingi murojatimizda prokuraturadagi barcha qilingan suistemolchiliklar va boshqa jinoyatlarni birma-bir oshkor qilib beramiz.

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2016
2002 yilda kanadalik o‘spirin Kristofer Xervig (Christopher Herwig) sobiq sovet respublikalaridan o‘tadigan velosiped poygasida qatnashganida ilk bora sovet rassomi ...
30 mart 2023
Rossiya imperiyasi hududlari Alyaska yarim orolidan tortib to Finlyandiya va Polshagacha, Qora dengiz qirg‘oqlaridan to Tinch okeani sohillarigacha, qirg‘oqlarini ...
3 may 2020
Rassom Kirpi
23 avgust 2021
 “Tolibon” Afg‘onistonni o‘z qo‘liga olgach, minglab afg‘onlar shafqatsiz fundamentalistik boshqaruv qaytgan deb hisoblagan mamlakatdan qochish yo‘llarini izlamoqda. 2021 yil 16 iyul, dushanba, O‘zbekiston. Ayollar Amudaryo ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...