Boshqa maqolalar
29 oktyabr 2018

«Amerika ovozi» muxbiri Istanbulda qamoqqa olindi

So‘nggi olingan xabarga ko‘ra, «Amerika ovozi» radiosining Istanbulda hibsga olingan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev  29 oktyabr kuni Chog‘loyon tumani sudiga keltirildi.

Malik Mansur Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 mingdan ziyod O‘zbekiston vatandoshi hayotidan reportajlar tayyorlayotgan edi.

Jurnalist yaqinlarining «Eltuz»ga aytishicha, u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasi oldida o‘tayotgan namoyishni videotasvirga olayotgan paytda 28 oktyabr kuni ushlangan.

«Turkiyadagi “O‘zbeklar” tashkiloti rahbari Odam Chevik Saudiya konsulxonasi binosida «Vashington post» jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganini qoralab nutq so‘zlaganida politsiya keldi. Odam Chevikni ham, uni videoga olgan Malik Mansurni ham qo‘liga kishan solib olib ketishdi», deydi jurnalistning Istanbuldagi yaqinlaridan biri.

«Eltuz»ning o‘rganishicha, Malik Mansur “izn berilmagan miting ishtirokchisi sifatida hibsga olinib, Levand tergov bo‘limida (Levent karakolu) so‘roq qilinib, ayni bo‘lim hibsxonasiga qamab qo‘yilgan.

Bundan sal ilgari «Eltuz» huquqbuzar sifatida ayblanayotgan jurnalistning sud jarayoni 29 oktyabrning birinchi yarmida Istanbul shahri Chog‘loyon (Çağlayan adliyasi) adliya binosida bo‘lishi rejalangani haqidagi xabarni olgan edi.

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelgan Malik Mansur 2011 yilning fevralida «o‘zbek xalqiga tuhmat qilganlik»da ayblanib, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ortidan O‘zbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana olishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2022
(Nullum crimen, nulla poena sine lege) Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi ...
1 sentyabr 2016
31 avgust kuni rossiya OAV, Islom Karimov tirik ekani va uni Burdenko nomidagi Neyroxirurgiya Ilmiy tadqiqot Instituti (ITI) shifokorlari ...
1 dekabr 2021
Rassom Kirpi
18 iyul 2016
«Adolat» gazetasini varaqlab, O‘zbekiston siyosiy hayotidagi navbatdagi o‘xshamagan parodiya, o‘zbekcha aytganda, o‘xshamagan taqlidga ko‘zingiz tushadi. Taqlidki, kulishni ham, yig‘lashni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...