Document UZ
2 noyabr 2015

O‘zbekistonning to‘rtinchi davriy hisoboti bo‘yicha yakuniy mulohazalari

2015 yilning 8 – 9 iyulya Jenevada Inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasining kengashi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistondagi vaziyat muhokama etildi. Muhokama yakunida, Qo‘mita O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalarini berdi, biz ularni e'tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston 1965 yili fuqarolik va siyosiy huquqlar Xalqaro Paktiga qo‘shilgan va BMT Qo‘mitasi oldida muayyan jarayonlar yuzasidan har 5 yilda bir marta hisobot berishi lozim. Ushbu ochiq kengash, mamlakatda tobora yomonlashib borayotgan inson huquqlari vaziyati yuzasidan o‘zbek mulozimlariga savollar berish mumkin bo‘lgan yagona imkoniyatdir.

O‘zbekistonning to‘rtinchi davriy hisoboti bo‘yicha yakuniy mulohazalari*Inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasi

  1. 2015 yil, 8 va 9 iyul kunlari, o‘zining 3178 va 3179-chi majlislarida, Qo‘mita  O‘zbekistonning to‘rtinchi davriy hisobotini (CCPR/C/UZB/4) ko‘rib chiqdi. Qo‘mita o‘zining 20 iyul 2015 yilda bo‘lib o‘tgan 3192-chi yig‘inida (CCPR/C/SR.3192) quyidagi yakuniy mulohazalarni qabul qildi.
  2. Muqaddima
  3. Qo‘mita O‘zbekistonning to‘rtinchi davriy hisobotini o‘z vaqtida taqdim etilganligini hamda unda keltirilgan ma'lumotlarni olqishlaydi. U a'zo davlat bilan Paktning moddalarini bajarish uchun a'zo davlat tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar haqida konstruktiv muloqot uchun  yaratilgan mumkinchilik uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Qo‘mita, a'zo davlat tomonidan savollar tizmasiga (CCPR/C/UZB/Q/4) bergan yozma javoblari (CCPR/C/UZB/Q/4/Add.1) va delegatsiyaning ushbularni to‘ldirgan batafsil og‘zaki javoblari, hamda yozma ravishda berilgan qo‘shimcha ma'lumotlar uchun minnatdordir.
  4. Ijobiy jihatlar
  5. Qo‘mita, 2011 yil 29 sentyabrdagi “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida” qonunni qabul qilinganligini olqishlaydi.
  6. Asosiy tashvishlar va tavsiyalar

Qo‘mitaning Fakultativ protokol asosida qabul qilgan qarorlarini bajaruv

  1. Qo‘mita Fakultativ protokol asosida qabul qilgan o‘z qarorlarini a'zo davlat bajara olmaganligi, hamda shikoyatlar avtorlariga Qo‘mitaning qarorlarini qonunchilikda va amaliyotda to‘liq bajarilishi uchun samarali mexanizmlar yo‘qligi (2-chi modda) borasida tashvishdadir.

A'zo davlat Paktning moddalari buzilgan holatlarda jabrlanuvchilarning samaraviy choralarga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash maqsadida Qo‘mitaning qarorlarini to‘liq bajarilishi uchun ularning nashr etilishi hamda kerakli mexanizmlar va amaliyotlar o‘rnatilishi uchun barcha tashkiliy va qonuniy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishi kerak.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy tashkilot

  1. Oliy majlisning Inson huquqlari komissari (Ombudsmen) hamda Inson huqulari bo‘yicha Milliy markazning inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish uchun vakolatlari bor ekanligini qayd etar ekan, Qo‘mita bu tashkilotlarning hech biri Inson huquqlarini rag‘batlantiruvchi va himoya qiluvchi milliy tashkilotlarga tegishli bo‘lgan printsiplarga (Parij printsiplariga) mos kelmaganligi borasida tashvishdadir (2-chi modda).

A'zo davlat quyidagilarni bajarishi kerak:

(a) Parij printsiplariga (BMT Bosh assambleyasining №48/134 rezolyutsiyasi, tirkama) mos kelgan ravishda, amaldagi inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarning mustaqilligini qonunchilikda va amalda mustahkamlaydi;

(b) Inson huquqlarini rag‘batlantiruvchi va himoya qiluvchi milliy tashkilotlarning halqaro Koordinatsion Kengashiga (ICC) akkreditatsiyadan o‘tish uchun muroojat qilish mumkinchiligini ko‘rib chiqadi.

Kamsitmaslik va gender tengligi

  1. Kamsitishning ta'qiqlangani Konstitutsiyaning 18-chi moddasida e'lon qilinganligini va bir qator boshqa qonunlarda ham ko‘rsatilganligini qayd etar ekan, kamsitishning ta'qiqlash asoslari har-hil qonunlarda bir-biridan farq qilinishi va amaldagi qonunchilik kamsitishning Paktda keltirilgan barcha asoslariga (2 va 26-chi moddalar) qarshi himoya qilmasligi borasida tashvishdadir.  

A'zo davlat, o‘zining qonun doirasi quyidagi talablarga javob berishi uchun barcha kerakli chora-tabirlarni yo‘lga qo‘yishi kerak: (a) barcha sohalardagi kamsitishga qarshi to‘liq va samarali himoya qiladi, shu jumladan xususiy sohadagi, bevosita, bilvosita va tarkibiy kamsitishga qarshi; (b) keng qamrovli kamsitish asoslarining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, shu jumladan rang, siyosiy va boshqa fikr, milliy kelib chiqish, mol-mulk, tug‘ilgan yeri yoki boshqa sharoit, va jinsiy moyillik va genderga oidlik bo‘yicha; (c) kamsitish sodir bo‘lgan hollarda samarali himoya vositalarini tashkil qiladi.

  1. Qo‘mita, gomoseksual, biseksual va transgenderga oid shaxslarni kamsitish, ta'qib etish va (ularga qarshi) zo‘ravonlik, shu jumladan, kuch ishlatish organlari tarafidan sodir etilganligi haqidagi ma'lumotlar borasida o‘z xavotirlarini takrorlaydi. U voyaga yetgan erkaklar o‘rtasidagi ixtiyoriy jinsiy amallar Jinoyat kodeksining 120 moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi davom etayotganligidan yanada xavotirdadir (2, 7, 17 va 26-chi moddalar).  

Qo‘mita o‘zining oldingi tavsiyasini takrorlaydi (CCPR/C/UZB/CO/3, 22-chi paragraf). A'zo davlat ijtimoiy stigmatizatsiyaga, nafrat tarqatishga, kamsitishga yoki shaxslarning jinsiy moyilligiga yoki genderga oidligiga bog‘liq zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun  samarali chora-tabirlarni yo‘lga qo‘yadi. U Paktdagi o‘zining majburiyatlarining asosida, bunday zo‘ravon harakatlarni tergov qilishi, ta'qib etishi va jazolashi zarur hamda Jinoyat kodeksining 120 moddasini bekor qilishi kerak.

  1. Qo‘mita ayollar va erkaklar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar to‘g‘risida qonun qabul qilishda oldinga siljish yo‘qligi borasida xavotirdadir. U turmush qurishga zo‘rlash, erta turmushga uzatish va qizlarni nikoh uchun o‘g‘irlash holatlari, ayniqsa qishloq joylarda, hamda qonundagi ta'qiqlarga qaramasdan ko‘p xotinlikning amalda saqlanib qolgani borasida yanada xavotirdadir (2, 3, 23, 24 va 26-chi moddalar).

A'zo davlat kechiktirmasdan ayollar va erkaklar teng huquqligi va teng imkoniyatlarga ega ekanligi haqida qonun qabul qilishi zarur hamda gender tengligini ta'minlash uchun qonuniyatda va amaliyotda yanada mustahkam chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishi kerak, shu jumladan:

(a) Ayollar va erkaklarning oilada va butun jamiyatda tutgan o‘rinlari va vazifalari borasidagi patriarxal xulqlarga va o‘rnashib qolgan rollarga qarshi kurash strategiyalarni ishlab chiqadi;

(b) Ayollarning sud, qonunchilik va ijro organlarida, jumladan qaror qabul qiluvchi lavozimlarda adolatli vakilligini ta'minlash uchun aniq vaqt doirasida harakatlarni kuchaytiradi;

(c) Turmush qurishga zo‘rlashga, erta turmushga uzatishga va qizlarni nikoh uchun o‘g‘irlashni ta'qiqlovchi qonunlarni samarali amalga oshirishni ta'minlaydi;

(d) Ko‘p xotinlikning barcha formalarini qonunchilikda va amaliyatda yo‘q qiladi.

Oiladagi zo‘ravonlik

  1. Ayollarga qarshi zo‘ravonlik, jumladan oiladagi zo‘ravonlik oilaning ichki ishi qatori sanalib kelayotganidan va ayniqsa huquq-tartibot xodimlarining bunday hollarni ro‘yxatga olish va tergov qilishdagi befarqligi va yetarli darajadagi himoya vositalari va jabrlanganlarga yordam xizmatlarining, jumladan tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordamning, hamda boshpanalarning yo‘qligi sababli ko‘p hollarda aytilmay/arizlanmay qolayotgani uchun Qo‘mita o‘z tashvishlarini izhor etishda davom etadi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 13). Qo‘mita oiladagi zo‘ravonlikni va zo‘rlashni jinoyat deb belgilaydigan atayin qonunchilikning yo‘qligi haqida ham xavotirdadir (2, 3, 7 va 26-chi moddalar).

A'zo davlat, oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish va unga qarshi  kurashish uchun o‘zining harakatlarini kuchaytirishi, shu jumladan, kechiktirmasdan oiladagi zo‘ravonlikni va zo‘rlashni jinoyat deb belgilaydigan qonun qabul qilish va uning amalda qo‘llanishini ta'minlamog‘i zarur. U yana quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

(a) Huquq-tartibot xodimlari, sudyalar, ijtimoiy xizmatchilar va tibbiy xodimlar ayollarga qarshi zo‘ravonlik hollarini qanday aniqlash va bunday hollar bilan qay ravishda ish olib borish kerakligi haqida muvofiq treninglar olishadi;

(b)    Oiladagi zo‘ravonlikning salbiy ta'sirlariga ommaning keng e'tiborini jalb qilish uchun axborot-ma'rufiy ishlarni kuchaytiradi, va bunday hollar haqida arizlanishni rag‘batlantiradi;

(c) Oiladagi zo‘ravonlik hollari to‘la tergov qilinishini, jinoyatchilar ta'qib etilishini, agar aybdor deb topilsalar, muvofiq jazoga tortilishini, va jabrlanganlar muvofiq himoya choralari, shu jumladan, mamlakatning barcha joylarida yotoq yoki boshpana bilan, shunigdek boshqa yordam xizmatlari bilan foydalana olishlarini ta'minlaydi.

Andijon voqealari bilan bog‘liq inson huquqlarini buzilishlariga javobgarlik

  1. 2005 yil may oyidagi Andijon voqealari davomida, harbiy  va xavfsizlik xizmatlari tarafidan, shu jumladan, ayollar va bolalarning ommaviy qatl etilganliklarini to‘liq, mustaqil va samarali tergov qilinmaganligi borasida o‘z xavotirlarini davom ettiradi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 8), a'zo davlat bu ish yopiq va qayta ko‘rib chiqilmaydi deb, samarali tergov olib borishga vakolati bo‘lmagan ikki xalqaro vakillarning tashrifiga tayanib aytgan iddaolari uchun afsuslanadi. Qo‘mita, huquq-tartibot va xavfsizlik xizmatlari tarafidan o‘q otar qurollarni qo‘llash haqidagi qoidalar o‘zgartirilgani haqida ochiq ma'lumot berilmagani uchun ham afsuslanadi (2 va 6-chi moddalar).

A'zo davlat, aybdorlarning aniqlanishi, ta'qib etilishi va jazolanishi va jabrlanganlarga huquqiy himoya vositalarini tashkil etish maqsadida, 2005 yildagi Andijon voqealari bilan bog‘liq holatlarni to‘liq, oshkora va ishonchli hisobotni ta'minlash uchun mustaqil, xolis, batafsil va samarali tergov o‘tkazilishini ta'minlaydi. U huquq-tartibot va xavfsizlik xizmatlari tarafidan o‘q otar qurollarni qo‘llash haqidagi qoidalar Paktning moddalari bilan to‘liq muvofiqlantirilishini Huquq-tartibot xodilari tomonidan kuch va qurol ishlatish haqidagi tamoyillari (1990) asosida ta'minlaydi.

Favqulodda vaziyat va aksil terrorizm

  1. Favqulodda vaziyat haqidagi qonunning loyihasi ishlab chiqilganligini qayd etar ekan, Qo‘mita, amaldagi favqulodda  vaziyatlar haqidagi qonunchilik Paktning 4-chi moddasiga muvofiq emasligi borasida o‘z tashvishlarining (CCPR/C/UZB/CO/3, 9-chi paragraf) izhorida davom etadi. U quyidagilar borasida ham o‘z xavotirlarini davom etadi (CCPR/C/UZB/CO/3, 15-chi paragraf): (a) xabarlarga ko‘ra, ta'qiqlangan islomiy harakatlarning a'zolarini yoki a'zolikda gumonlangan shaxslarni ayblash va ta'qib qilish uchun ko‘p ishlatilayotgan terrorizmning va terror harakatlarning oshiqcha keng ta'riflangani; (b) terrorizm yoki u bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilingan yoki ayblangan shaxslarga tegishli huquqiy kafolatlar berilmasligi va da'volarga ko‘ra bunday shaxslarni qamoqda tashqi dunyodan izolyatsiyada saqlanayotgani, ularga qarshi qiynoq qo‘llash hamda shafqatsiz  va kamsituvchi sharoitlarda uzoq qamoqqa hukm qilinganliklari (4, 7, 9, 10, 14, 18 va 19-chi moddalar).

A'zo davlat favqulodda vaziyat haqidagi qonun qabul qilishni tezlashtirishi va ushbu qonunni Qo‘mitaning № 24 Umumiy talqinida izoh berilgan Paktning 4-chi moddasi bilan to‘liq muvofiqda ekanligini ta'minlashi lozim. A'zo davlat o‘zining terrorizmga qarshi qonunlari va amaliyoti Pakt doirasidagi o‘z majburiyatlariga to‘liq mos kelishi uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishi lozim, shu jumladan:

(a) Terrorizmning va terror harakatlarining oshiqcha keng ta'rifini o‘zgartiradi;

(b) Terrorizm yoki u bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilingan yoki ayblangan shaxslar amalda barcha tegishli huquqiy kafolatlar bilan berilishini va ularning huquqlarining har qanday cheklanishi asosli, qonuniy, zarur va mutanosib va samarali sud nazorati ostida ekanligini ta'minlaydi.

Hibsdagi o‘limlar

  1. Qo‘mita hibsdagi o‘limlar va yetarli tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi haqidagi xabarlardan xavotirda. Qo‘mita, bunday hollarni samarali va mustaqil tergov qilinmasligidan ham xavotirda (2 va 6-chi moddalar).

A'zo davlat, hibsda saqlanayotgan shaxslarning yashash huquqini hurmat va himoya qilish majburiyatiga amal qilishi, shu jumladan, hibsdagi o‘limlarning asosida yotgan sabablarni bartaraf etish uchun tegishli chora-tadbirlar  olib borishi lozim; shuningdek, hibsdagi o‘limlarning mustaqil va xolis organ tarafidan zudlik bilan tergov qilinishi borasida tezkor qadamlar qo‘yishi, shu jumladan, sud-tibbiy eksperiza tayinlash, va qurbonlarning oilalariga tergovning barcha bosqichlarida tegishli ma'lumotlar berilgani va aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta'minlash.

Qiynoqlar

  1. Qo‘mita, qiynoqlarning jinoyat haqidagi qonunchilikdagi ta'rifi, jumladan Jinoyat kodeksining 235-chi moddasi Paktning 7-chi moddasining talablariga mos kelmasligi borasida o‘z tashvishida qoladi, chunki u ko‘rsatuv/guvohlik olish maqsadida qilingan noqonuniy harakatlar bilan cheklangan va shuning uchun amaliyotda dastlabki tergov yoki suddan oldingi tergov olib boruvchi shaxs, prokuror yoki boshqa huquq-tartibot xodimi tarafidan sodir etilgan qiynoq amallari bilangina cheklangan, va ushbu holat boshqa shaxslar, shu jumladan, maxbuslarning jazosiz qolayotganining sababidir. Qo‘mita shunigdek, a'zo davlat Jinoyat kodeksining 235-chi moddasi asosida, qiynoq qo‘llagani uchun qamalgan shaxslarni amnistiya qilishda davom etayoganligi borasida ham xavotirdadir (2 va 7-chi moddalar).

Qo‘mita o‘zining oldingi tavsiyasini takrorlaydi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 10) va a'zo davlatni, qiynoqlarning ta'rifi Qiynoqlarga qarshi Konventsiyaning 1-chi moddasi va Konventsiyaning 7-chi moddasi bilan to‘liq muvofiqlantirilishi va u qiynoq sodir etgan barcha shaxslarga, o‘zining davlat mansabi doirasida yoki undan tashqarida yoki davlat xodimi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs tarafidan gijgijlash, yoki ularning xabardorligi yoki  indamay roziligi bilan qiynoq sodir etgan xususiy shaxsga qarshi qo‘llanilishi uchun, o‘zining jinoyat haqidagi qonunchiligini, shu jumladan, Jinoyat  kodeksining 235-chi moddasini to‘liqlashga chaqiradi. Shuningdek, a'zo davlat qiynoq yoki shafqatsiz muomala uchun qamalgan shaxslarni amnistiya qilishni to‘xtatishga chaqiradi, chunki bunday amal Konventsiyaning 7-chi moddasiga mos kelmaydi.

  1. Qo‘mita qiynoqlar jinoiy adliya tizimida muntazam ravishda qo‘llanilishda davom etayotganligi haqidagi hisobotlar bo‘yicha o‘z tashvishida qoladi; amaldagi qonuniyatda ta'qiqlanganiga qaramasdan, bosim ostida olingan iqrorlar amalda sudlar tarafidan dalil qatori qabul qilinadi, va sudyalar, iqrorlar bosim ostida olingani haqida shikoyatlarni tekshirib chiqish haqida buyruq berishmaydi, hatto qiynoqlar izlari ko‘rinib turgan hollarda ham; qiynoqlar haqida shikoyatlangan shaxslar o‘z arizalarini qaytarib olishi maqsadida jazolanadilar, ularning oilalari bosim ostiga olinadilar va qo‘rqitiladilar; va, shuningdek, (qiynoqlar)  juda kam hollarda ta'qib etiladi va (qiynoqlar uchun) jazosizlik keng tarqalgan (2, 7 va 14-chi moddalar).

Qo‘mita o‘zining oldingi tavsiyalarini takrorlaydi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 11). A'zo davlat qiynoqlarni va shafqatsiz muomalani bartaraf etish uchun qat'iy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yadi, shu jumladan:

(a) Qonun buzarlar ta'qib etilishini va, aybdor deb topilgan taqdirda, munosib jazoga tortilishini ta'minlash uchun qiynoqlar va shafqatsiz muomala haqidagi da'volarni tekshirish uchun tezkor, batafsil, samarali, mustaqil va xolis tergov olib borishni, shuningdek, jabrlanglarga samarali huquqiy kafolatlar berilishini, shu jumladan, adolatli kompensatsiya to‘lanishini  ta'minlaydi;

(b) Shoshilinch tarzda, haqiqiy mustaqillikka ega bo‘lgan qiynoqlar va shafqatsiz muomala haqidagi shikoyatlarni tergov qilish mexanizmini tashkil etish, va arizlanganlar shikoyat qilgani uchun har qanday jazolardan himoya etilishini ta'minlaydi;

(c) Majburiy iqrornomalarning ta'qiqi va qiynoq orqali olingan dalillarning asossiz ekanligi huquq-tartibot xodimlari va sudyalar tomonidan amaliyotda samarali qo‘llanishlarini ta'minlaydi;

(d) Majburiy iqrornomalar asosida chiqarilgani da'vo qilingan sud hukmlarini qayta ko‘rib chiqishni va noto‘g‘ri sudlangan shaxslarga samarali huquqiy kafolatlari berilishini ta'minlaydi;

(e) Har bir militsiya bo‘limida va hibsda saqlash joylaridagi so‘roq amallarini majburiy tarzda audio-videoga yozishni ta'minlaydi.

Shaxsning ozodligi va xavfsizligi

  1. Qo‘mita, a'zo davlat jinoyat sodir etganlikda gumonlangan shaxslarni sudga olib borishdan oldin hibsda 72 soat muddatda ushlab turishni davom ettirayotgani bois o‘z xavotirida qoladi, va shu sababli, a'zo davlatning bunday hibsda  ushlab turish kelajakda 48 soat muddatga kamaytirilishi mumkin deb aytgan bayonotini olqishlaydi. Qo‘mita hibsda saqlashning ustidan sud nazorati (xabeas korpus) haqidagi qonunchilikni amalga oshirishdagi kamchiliklar borasida ham xavotirda, ayniqsa quyidagi da'volar borasida: (a) qonunda ko‘rsatilgan hibsda saqlash muddatiga rioya qilmaslik uchun hibsga olishning vaqti va kunini soxtalashtirish; (b) xabeas korpus sud jarayonlarini hibsdagi shasxning ishtirokisiz o‘tkazish, ayniqsa siyosatga bog‘liq ishlarda; (c) hibsdagi shaxsning advokatga, shu jumladan, o‘zi xohlagan advokatga bo‘lgan huquqining buzilishlari, va davlat tarafidan tayinlangan advokatlarning yetarli darajada huquqiy himoya qilmasliklari (9 va 14-chi moddalar).  

Qo‘mita o‘zining oldingi tavsiyasini takrorlaydi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 14). A'zo davlat o‘zining qonunchiligini va amaliyotini Qo‘mitaning № 35 Shaxsning ozodligi va xavfsizligi borasidagi Umumiy talqinida izoh berilgan Paktning 9-chi moddasi bilan to‘liq muvofiqlashtirishi lozim. Shu jumladan, a'zo davlat quyidagilarni bajarishi lozim:

(a) Jinoyat sodir etganlikda gumonlangan shaxslarni sudga olib borishdan oldin hibsda amaldagi 72 soat saqlash muddatini 48 soat muddatga kamaytiradi; hibsga olingan kun va vaqt haqiqatdan ham qo‘lga olingan vaqtga mos kelishini va aniq tarzda qayd etilishini ta'minlaydi;

(b) Xabeas korpus qoidalarining amalda qat'iy qo‘llanishini ta'minlaydi, shu jumladan, sud muhokamasi jarayonida hibsdagi shaxsning qatnashishini, shaxsning o‘z istagi bilan advokatga bo‘lgan huquqini xurmatlashini, va davlat tarafidan tayinlangan advokatlarning huquqiy himoyasi yetarli darajada ekanligini;

(c) Dastlabki hibsga alternativalarning qo‘llanishini kengaytiradi.

  1. Qo‘mita, hibsdagi shaxslarning hibsga olinayotgan vaqtda o‘z huquqlari to‘g‘risida ma'lumot olishga, hibsga olingani to‘g‘risida qarindoshlariga xabar berishga va o‘z xohishi bilan advokat yollashga va vrachga muroojat qilishga bo‘lgan huquqlari hibsga olishning boshidayoq buzilishlari amaliyotda davom etib kelayotgani borasida o‘z xavotirida qoladi (7 va 9-chi moddalar).

A'zo davlat hibsga olishning boshlanishidan tortib barcha hibsdagi shaxslarning fundamental huquqiy himoya kafolatlarini amalda ta'minlashi lozim.

  1. Qo‘mita inson huquqlari himoyachilari, hukumat tanqidchilari, diniy ekstrimizm yoki mamlakatda ta'qiqlangan islomiy harakatlarda a'zoligi uchun qamalgan shaxslarning belgilangan qamoq muddatlari tugayotganida, qamoq qoidalarini qayta buzganliklari da'vosi bilan Jinoyat kodeksining 221-chi moddasi asosida ta'qib etilishi va muddatlari asossiz uzaytirilishi borasida xavotirdadir ( 9 va 14-chi moddalar).  

A'zo davlat Jinoyat kodeksining 221-chi moddasi tugab borayotgan qamoq muddatlariii uzaytirish uchun asossiz ravishda qo‘llanilmasligini, agarda yangi ayblovlar ko‘yilsa, adolatli sud jarayoniga bo‘lgan huquqlar to‘la hurmat qilinib va barcha ayblov hukmlarida mutanosiblik printsipiga qat'iyan rioya qilinishini ta'minlashi lozim.

Hibsdagi sharoitlar

  1. Qo‘mita hibsdagi taxqirlash, shu jumladan, qamoqxona nozirlari va boshqa mahbuslar tomonidan kaltaklash, hibsdagi yomon sharoitlar, nomuvofiq tibbiy yordam va uzoq hamda jismoniy kuch talab etadigan ishlarga majburlash, inson huquqlari himoyachilariga, hukumat tanqidchilariga va islomiy guruh yoki harakatlarga a'zoligiga bog‘liq qamalgan shaxslarga nomutanosib tarzda qo‘llanilayotganidan tashvishdadir. Shuningdek, Qo‘mita barcha hibsda saqlanadigan joylarni muntazam kuzatib boruvchi va oldindan ogohlantirmasdan tekshiruvchi mustaqil mexanizmning yo‘qligi, va mustaqil mahalliy va xalqaro inson huqulari va gumanitar tashkilotlar muvofiq faoliyat ko‘rsatishidagi to‘siqlar bois ham tashvishdadir (7 va 10-chi moddalar).

A'zo davlat quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

(a) Birinchi galdagi vazifa sifatida, oldindan ogohlantirmasdan hibsda saqlash joylarini muntazam va mustaqil kuzatuvchi tizimini tashkil etish uchun chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yadi va mustaqil tashkilotlar tomonidan samarali kuzatuv olib borishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi va Xalqaro qizil xoch Qo‘mitasiga hibsda saqlash joylariga muvofiq yo‘l ochib berishdagi o‘z sa'y-harakatlarini kuchaytiradi;

(b) Ozodlikdan mahrum bo‘lgan shaxslarga insoniylik bilan va inson shaxsining ajralmas qadr-qimmatini  hurmat qilgan holda muomala qilinishini, yuqorida ko‘rsatilgan hibsdagi tahqirlarning barcha ko‘rinishlariga barham berishni, va bunday tahqirlashlarning tezkor va mustaqil tergov qilinishini, javobgarlarning ta'qib etilishini va, jabrlanglarga samarali huquqiy kafolatlar berilishini, shu jumladan, adolatli kompensatsiya to‘lanishini  ta'minlaydi.

Majburiy mehnat

  1. A'zo davlat tomonidan 16 yoshga to‘lmagan bolalarning paxta yetishtirishdagi majburiy mehnatga tortilish hollarini kamaytirish uchun yo‘lga qo‘yilgan chora-tadbirlarni e'tirof etar ekan,  Qo‘mita 16 yoshga to‘lmagan bolalar va kattalarning paxta va ipak yetishtirishdagi majburiy mehnatidan foydalanish hollarining ko‘payganiga ishora qiluvchi takror hisobotlar haqida tashvishdadir. U paxta yetishtirishdagi keng tarqalgan korruptsiya, pul undirish va xavfli mehnat sharoitlari va hatto o‘limlarga sabab bo‘lgan paxta terimi vaqtidagi nochor yashash sharoitlari borasida ham xavotirdadir (6, 8 va 24-chi moddalar).  

A'zo davlat paxta va ipak yetishtirishdagi majburiy mehnatni yo‘q qilishi zarur, shu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatni ta'qiqlagan qonunchilikni samarali qo‘llash, shuningdek, qonun buzganlarni qat'iy ravishda ta'qib qilish va ish hamda yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘llari bilan. A'zo davlat paxta sanoatidagi moliyaviy oshkoralikni va korruptsiyaga qarshi kurashishni ta'minlash uchun o‘zining qonunchiligini va amaliyotini tahlil qilmog‘i zarur va paxta terimi bilan bog‘liq o‘limlarni oldini olish uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishi va bunday hollar sodir bo‘lgan taqdirda, ularni batafsil tergov qilish va samarali huquqiy kafolatlar berilishini, shu jumladan, qurbonlarning oilalariga adolatli kompensatsiya to‘lanishini ta'minlashi lozim.

Harakatlanish erkinligi

  1. Qo‘mita a'zo davlat tomonidan hali ham chiqish viza va majburiy propiska tartiblarini saqlab qolayotgani uchun o‘z xavotirida qoladi. Qo‘mita inson huquqlari himoyachilari, mustaqil jurnalistlar yoki siyosiy oppozitsiya vakillarining chet mamlakatga chiqishlariga a'zo davlat to‘siq qo‘yayotgani haqidagi hisobotlar borasida ham xavotirdadir (12-chi modda).

Qo‘mita, A'zo davlat o‘zining chiqish viza tartibini bekor qilishi va majburiy propiska tartibini Pakt bilan to‘liq muvofiqlashtirishi zarur ekanligi haqidagi oldingi tavsiyasini takrorlaydi (CCPR/C/UZB/CO/3,  18-chi paragraf).

Sud tizimining mustaqilligi va adolatli sud

  1. Qo‘mita sud tizimining mustaqilligi va xolisligi yetarli darajada emasligi borasida o‘z xavotirida qoladi (CCPR/C/UZB/CO/3, para. 16),  shu jumladan, xar besh yilda ijroiy hukumat tarafidan har besh yilda muddati uzaytiriladigan sudyalarning vakolat muddatlarining xavfsizligi ta'minlanmagani borasida, va sudyalarning tayinlanishi,  xizmatda qo‘tarilishi, vakolatlari vaqtincha to‘xtalishi va ishdan olishi borasida yetarli ma'lumot berilmagani borasida afsuslanadi. U Advokatlar palatasi ijroiy hukumatdan mustaqilligi borasida ham xavotirdadir (14-chi modda).

A'zo davlat quyidagilarni ta'minlash uchun barcha chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘ymog‘i zarur (a) sud tizimining to‘liq mustaqilligi va xolisligini, shu jumladan, sudyalarning vakolat muddatlarining xavfsizligining kafolatlanganini; (b) sudyalarning tayinlanishi, xizmatda ko‘tarilishi, vakolatlari vaqtincha to‘xtalishi va ishdan olinishini Pakt bilan muvofiq holga keltirilganini; (c) Advokatlar palatasining ijroiy hukumatdan mustaqilligini qonunda va amaliyotda tasdiqlanganini; (d) advokatlarning mutaqilligini kafillash uchun yetarli darajadagi kafolatlar  borligini.  

Vijdon va diniy e'tiqod erkinligi

  1. Qo‘mita prozelitizm (o‘z dinini va e'tiqodini yoyishga intilish) va boshqa missionerlik faoliyatlarini ta'qiqlagan qonunchilik o‘z kuchida qolayotgani borasida o‘z xavotirlarida qoladi (CCPR/C/UZB/CO/3, 19-chi paragraf). U quyidagi holatlar haqidagi hisobotlar borasida ham o‘z xavotirlarini bildiradi (a) noqonuniy qo‘lga olishlar va hibsga solishlar, qiynoqlar va beshafqat muomala va qayd etilgan muassasalardan tashqarida ibodatini bajarayotgan mustaqil musulmonlarga ekstremizm bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yishlar; (b) qayd etilgan muassasalardan tashqarida o‘zlarining tinch diniy harakatlarini o‘tkazayotgan xristianlarni va boshqa diniy ozchilik vakillarini “noqonuniy diniy harakatlar” uchun hibsga olish, jarimaga solish va qamoqqa hukm qilishlar; (c) diniy materiallarning tsenzura qilish va ularning faqatgina qayd etilgan diniy guruhlarning binolarining ichida  foydalana olishlik bilan cheklash (7, 9, 10, va 18-chi moddalar).

A'zo davlat vijdon va diniy e'tiqod va dinni yoki e'tiqodni ibodat qilish erkinligini amaliyotda kafolatlashi hamda bunday erkinliklarni Paktning 18-chi moddasida ko‘rsatilgan cheklovlardan oshiqcha cheklashdan tiyilishi zarur. U o‘zining qonunchiligini Paktning 18 moddasi bilan muvofiqlashtirishi zarur, shu jumladan,  prozelitizmni va boshqa missionerlik faoliyatlarini jinoyat doirasidan chiqarish, qayd etilgan muassasalardan tashqarida o‘zlarining ibodatlarini bajarayotgan mustaqil musulmonlarning, xristianlarning va boshqa  diniy ozchiliklarning din erkinligiga aralashuv holatlarini tergov qilish orqali.

Ifoda erkinligi

  1. Qo‘mita jurnalistlarning, hukumat tanqidchilarining va dissidentlarning, inson huquqlari himoyachilarining va boshqa faollarning o‘z faoliyatlari bois huquq-tartibot xodimlari tomonidan ta'ziyqqa va nazoratga olinishi, assosiz hibsga qilinishi, qiynoqlar va shafqatsiz muomalaga solinishi va soxta ayblovlar bilan ta'qib etilishlari haqidagi takror hisobotlar borasida o‘z xavotirida qoladi (CCPR/C/UZB/CO/3, 24-chi paragraf). Munozarali va nozik siyosiy masalalar bo‘yicha ifoda erkinligi qattiq cheklangani hamda bunday ma'lumotlarni chop etadigan vebsaytlar to‘sib qo‘yilgani va axborot vositalarining faoliyatlari man etilgani haqidagi hisobotlar borasida Qo‘mita yana ham xavotirdadir (7, 9, 10, 14 va 19-chi moddalar).

A'zo davlat quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

(a) Mustaqil jurnalistlar, hukumat tanqidchilari va dissidentlar, inson huquqlari himoyachilari va boshqa faollarining o‘z kasbiy faoliyatlarini yuritishda yoki fikr va ifoda erkinligidan foydalanishida  taziyq, ta'qib va noo‘rin aralashuvdan amaliyotda samarali himoya qilinishi uchun tezkor qadamlar qo‘yadi, va bunday noo‘rin harakatlarning batafsil va mustaqil tergov qilinishini, ta'qib ostiga olinishini va jazolanishini hamda jabrlanganlarga samarali huquqiy  kafolatlar berilishini ta'minlaydi;

(b) Ifoda erkinligi bilan foydalanishdagi har qanday cheklov Paktning 19-chi moddasining 3-chi qismidagi talablarga muvofiq ekanligini t'minlaydi.

Tinch yig‘ilish o‘tkazish

  1. Qo‘mita tinch yig‘ilish o‘tkazish huquqining qonunchilikda va amaliyotda asossiz cheklangani haqidagi hisobotlar bois tashvishdadir, shu jumladan: (a) ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun bir oy oldin ruxsat olinishi kerak degan haddan ortiq talablar; (b) tinch yig‘inlarning huquq-tartibot xodimlari tomonidan tarqatilishi va yig‘in ishtirokchilarining hibsga olinishi, kaltaklanishi va jazolanishi (7, 9, 19 va 21-chi moddalar).

A'zo davlat jismoniy shaxslar tinch yig‘in o‘tkazish huquqidan to‘liq foydalana olishlarini va har qanday cheklov Paktning 21-chi moddasining talablari bilan muvofiq ekanligini ta'minlash maqsadida o‘zining qonunlarini va amaliyotini qayta ko‘rib chiqishi zarur. U shuningdek tinch namoyishchilarga kuch qo‘llanilgan va asossiz  hibsga olingan hollarni samarali tergov qilishi va aybdorlarni javobga tortishi lozim.

Uyushish erkinligi

  1. Qo‘mita siyosiy partiyalarining va jamoat birlashmalarining qayd etilishi uchun qo‘yilgan asossiz, mushkul va cheklovchi talablar shuningdek halqaro inson huquqlari tashkilotlarining qaydini bekor qilinishi yoki inson huquqlari tashkilotlarining faoliyatiga to‘siqlar bois o‘z xavotirida qoladi (19, 22 va 25-chi moddalar).

Qo‘mita, a'zo davlat tomonidan siyosiy partiyalarning va nodavlat tashkilotlarning qayd qilinishi haqidagi qonunchiligini va amaliyotini Paktning 19,22 va 25-chi moddalari bilan to‘liq muvofiqlashtirishi kerak ekanligi haqidagi o‘zining oldingi tavsiyasini eslatadi (CCPR/C/UZB/CO/3, 25-chi paragraf).  

Ijtimoiy hayotda ishtirok etish

  1. Qo‘mita muxolifat partiyalarining qayd qilinishi va saylovlarda ishtirok  etishlari ta'qiqlangani haqidagi hisobotlar bois xavotirdadir. U qator asossiz cheklovlar bois, shu jumladan, bir joyda uzoq muddat yashash, til bilish haqidagi talablar,  kasbiy cheklovlar va ayblov hukmi chiqarilgan har qanday shaxsga bo‘lgan keng qamrovli cheklovlar, shuningdek qamoqda o‘tirganlarning va sud tarafidan  huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning saylash huquqidan maxrum qilinishlari bois amaldagi saylovlar haqidagi qonunchilik fuqarolarning davlat ishlarida haqiqiy tarzda ishtirok etish huquqini, saylash va saylanish huquqini ko‘rinishidan ta'minlamasligi borasida ham xavotirdadir.  Qo‘mita 2014 va 2015 yilgi prezident saylovlari haqiqiy raqobat yo‘q sharoitda o‘tkazilganliklari, shuningdek prezidentlik muddatlarining Konstitutsiyada cheklanganiga qaramasdan, bu amalni egallab turgan shaxs nomzod sifatida qayd etilganligi bois ham xavotirdadir (2, 19, 21, 22 va 25-chi moddalar).

A'zo davlat o‘zining saylovlar haqidagi qonunchiligini Pakt bilan, shu jumladan 25-chi modda bilan muvofiqlashtirishi zarur, xususan quyidagi yo‘llar bilan:

(a) Siyosiy plyuralizm madaniyatini rivojlantirish va muxolifat siyosiy partiyalarining qayd etilishlarini ta'qiqlashdan va saylovlarda qatnashishlariga to‘siq qo‘yishdan tiyilish;

(b) Haqiqiy va ko‘p tarafli siyosiy munozaralar erkinligini ta'minlash;

(c) Saylanish va saylash huquqining cheklovlarini Paktga muvofiqligini ta'minlash uchun o‘zgartirish;

(d) Prezident saylovlariga nomzodlarni qayd qilish jarayonida prezidentlik muddatlarning konstitutsiyaviy cheklovlariga amal qilinishni ta'minlash.

Pakt haqidagi ma'lumotlarni tarqatish

  1. A'zo davlat Paktni va uning Birinchi fakultativ Protokolini, o‘zining to‘rtinchi davriy hisobotini va ushbu yakuniy mulohazalarni sud, qonun chiqaruvchi va ijroiy hukumatlar, fuqarolik jamiyati va mamlakatda faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar va jamoat orasida keng tarqatishi lozim.
  2. A'zo davlat, Qo‘mitaning tartib-qoidalarining 71-chi qoidasining 5-chi paragrafiga binoan, bir yil muddat ichida Qo‘mitaning 11-chi (Favqulodda vaziyat va aksil terror), 13-chi (Qiynoqlar) va 19-chi (Majburiy mehnat) paragraflarida bergan tavsiyalarini bajargani haqida kerakli ma'lumot berishi lozim.
  3. Qo‘mita a'zo davlatning keyingi davriy hisobotini 2018 yil 24 iyulda taqdim etilishini, va bu hisobot  Qo‘mitaning barcha tavsiyalarini va butun Paktning bajarish haqidagi yangilangan va muayan ma'lumotlarni o‘z ichiga olishligini iltimos qiladi. Qo‘mita, hisobotni tayorlashda, a'zo davlatdan fuqaroviy jamoat va mamlakatda faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar bilan keng maslahatlar olib borishini iltimos qiladi. Bosh Assambleyaning 68/268 sonli rezolyutsiyasining asosida, hisobot 21,200 so‘zdan oshmasligi kerak.
Tag‘in o‘qing
8 avgust 2018
Rassom Tuz bugun e'tiborni Rossiya propagandasining «qonxo‘r enaga» fojiasidan Markaziy Osiyo muhojirlariga qarshi foydalanayotgani mavzuiga qaratadi. Rassom Tuz 2016 ...
2 oktyabr 2018
Majburiy ijro byurosi tomonidan xalqdan undirilgan trillionlab so‘m mablag‘ning bir qismi aholining zimmasiga yuklangan asossiz qarzdorlik bo‘lishi ehtimoli juda ...
8 iyun 2022
Xorazmning Urganch shahridagi rus tiliga ihtisoslashtirilgan maktabda shu maktab direktorining rus tilidagi ohangi tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Eltuz” muxbirining ...
17 fevral 2016
Avariya chog‘ida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, tag‘in to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan. Toshkentning Nukus va Shevchenko ko‘chasi chorraxasida 11 ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...