Document UZ
18 noyabr 2015

Obid Qori Nazarov: SNB degan qovog‘ari mendan qasos olmoqda

Obid qoriga suiqasd qilgan Jukovskiy buyruqni Toshkentdan olgani haqidagi ayblov xulosasini Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Krister Petersson 17 noyabr kuni sudga topshirdi.

Ammo MXX uni yo‘q qilish uchun ta'qib qilishni boshlaganligini Qori dastlab 1996 yilning 24 fevral kuni, uning qo‘lidan masjid tortib olingan payti aytgan edi.

Oradan bir yil o‘tib Obid Qori Nazarovning 1997 yilgi 24 fevral kuni matbuot anjumanidagi uyi tortib olingan payti aytgan gaplari esa xuddi bugungi savollarga javobday yangraydi.

O‘shanda uning uyi tortib olingan va u hukumatni jamoat oldida yana bir bor fosh qilgan edi.

U izdoshlariga xitob qilib, ular jon jahdlari bilan o‘zlariga tegishli mulklarni tajovuzdan himoya qilishga chaqirgandi.

“Biz kurashamiz o‘z mol mulkimiz uchun» degandi u, bu voqea jamaot oldida hukumat kirdikorining fosh bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik, ham shunday bo‘ldi.

Imom o‘shanda o‘z nutqida, bir yil burun – 1996 yil 24 fevral voqeasini eslaydi. “O‘shanda mendan masjid tortib olingan va bu elga ovoza bo‘lgan edi, huddi shu bugungiday”, – deydi u kulib.

Uchinchi mistik nuqta – 2012 yilning 24 fevraliga kelib esa, Obid Nazarovga suiqasd o‘zbek hukumati fitnasi sifatida dunyoga ovoza bo‘ldi, shved porlitsiyasi O‘zbekiston hukumati yollagan killer Jukovskiyning izlarini aniqladi va imom Shvetsiyaning eng kuchli shifokorlari qo‘lida davolana boshladi…

Tag‘in o‘qing
1 sentyabr 2022
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 yoshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir ...
5 iyul 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi bobida 2003 yilning 8 mayidagi voqealarni tilga oladi. O‘sha kuni u «Frans press», IWPR, ...
18 fevral 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (15.02) bugun o‘zbek jamiyatining og‘riqli nuqtasi – ayollarning xorijga chiqib ketayotgani masalasiga bag‘ishlangan maqola chop ...
7 may 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobi, 5-qismi audioversiyasini taqdim etadi. 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...