ART-DURBIN
20 sentyabr 2016

Shayton-arava mingan amerikalik talabalar 125 yil oldin Samarqandga qanday yetib oldi

veloprobegAmerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) 1890 yilning iyunida Nyu Yorkdan Liverpulga kemada kelib dunyo bo‘ylab 3 yil davom etgan sayohatini boshlashdi. Ikkovlon 1891 yilning kuzida Yevropani kesib o‘tib o‘sha paytda rus ishg‘oli ostida bo‘lgan Markaziy Osiyo tuproqlariga yetib olishdi.

Sayohatchilar bugungi zamonaviy O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston joylashgan yerlarning barisini kezib Qoshg‘ar orqali Xitoyga o‘tib ketishdi.

Ular fotoga olgan tasvirlarda Markaziy Osiyoda hizmat qilgan rus ishg‘olchi generali Kuropatkin, hamda Samarqand va Toshkentdagi chor gubernator saroylari aks etgan.

Yurtkezarlar Markaziy Osiyodagi qadim shaharlarining muhtasham ko‘rinishlarini, ishg‘ol ostidagi yurtning kolonial turmushini fotoapparat shishasiga muxrlashadi.

Bugungi til bilan aytganda bu fotografiyalar selfi suratning bir turi edi. Ammo bu selfi go‘zal kompozitsiyaga ega bo‘lgani holda “tashkillashtirilgan”, “yaltiroq” shodonlikdan uzoq edi.

Bugun oradan 125 yil o‘tib chet el sayyoxining O‘zbekistonda bu qadar erkin harakatlanishi va bemalol surat chekishini faqat orzu qila olamiz xolos.

1-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b1%d0%b5%d1%81%d0%b5%d0%b4%d1%83%d0%b5%d1%82-%d1%81-%d0%b3%d0%b5%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%bc-%d0%ba%d1%83%d1%80
1-noyabr. Allen ishg‘olchi general Kuropatkin bilan Ashxobod yaqinidagi ot poygasida.

 

8-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%be%d1%81%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d1%86%d0%b5%d1%80%d0%ba%d0%be
8-noyabr. Samarqand. Bosqinchi ruslar joylashtirilgan mahalladagi nasroniy cherkovi.

 

13-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%b7%d0%b6%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b4%d0%be
13-noyabr. Samarqand. Allen gubernator uyiga kirib kelmoqda.

 

14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%bf%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%82%d0%ba%d0%b0-%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b3%d0%be%d0%b2%d1%86%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%83
14-noyabr. Samarqand markazidagi do‘konchi chodiri

 

14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%ba%d0%bc%d0%b0%d1%85%d0%b5%d1%80-%d0%b4%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%bd%d0%b0
14-noyabr. Samarqand markazidagi do‘konlardan biri

 

14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bc%d0%b5%d0%b4%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%b5-%d1%88%d0%b5%d1%80%d0%b4%d0%be%d1%80-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf
14-noyabr. Samarqand.Sherdor madrasasi. Registon.

 

14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%81-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b2%d0%be-%d0%b4%d0%b2%d0%be%d1%80
14-noyabr. Samarqand. Tomas Allen Bibi Xanim maqabarasi xovlisida

 

16-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%81-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b2%d1%8b%d0%b3%d1%80%d1%83%d0%b6%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%be%d1%81%d0%b8%d0%bf
16-noyabr. Tomas Allen Zarafshon daryosidan kechayotib velosipediga narsalarini yuklamoqda. Samarqandan Chinozga qarab ketadigan yo‘l.

 

19-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d1%8f%d0%b5%d0%bc-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%bc-%d1%81-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b8%d0%bc%d0%b8-%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%be

19-noyabr. Velosipedlarni Sirdaryoda suzadigan paromga yuklanishi. Parom ikki yassi qayiq ustiga o‘rnatilgan.

Fotografiyalar: manybooks.net. Tarjima: Art Durbin

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi, 
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2019
Turk yozuvchisi Aziz Nesin va rus yozuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib yozilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
1 sentyabr 2015
Ya'ni¸ javobni aniqlashtirsak qadimiy haykalni o‘zbek jangarilari Tolibon siyosiy irodasiga ko‘ra vayron qilishdi. Bu men uchun yangilik bo‘lgan yo‘q ...
23 oktyabr 2023
22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niyozovaning onasi Sojida Jalolova 78 yoshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy ...
4 yanvar 2016
Qudrat Bobojon Eltuz.com Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan. O‘z TV diktori ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...