Document UZ
27 aprel 2017

Jurnalistlar onasiga hujum qilganlarni topish portal nazoratiga olindi

Notanish ayollarning uyiga bostirib kelib janjal ko‘tarishi ortidan Prezident portaliga murojaat etgan xorazmlik Shukurjon Madrahimova 27 aprel kuni Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy javobini oldi.

Shov-shuvli materiallari bilan tanilgan jurnalist Bobojonovlarning onasi prezident virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatida 18 aprel kuni notanish ayollar uyiga bostirib kirib uni haqoratlagani, mobil telefonini tortib olib uloqtirishgani va qochib ketishganini bildirgan. Bu masalada prezidentdan amaliy yordam berilishini so‘ragan edi.

19 aprel kuni Madrahimovaning yaqinlari ayollar hujumi haqida Ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan, lekin mahalla oqsoqoli militsionerlar masalani og‘zaki yo‘l bilan bosti-bosti qilishlarini aytib, uni hozircha ariza yozmaslikka undagan.

«Undan ko‘ra, onangiz kechirim so‘rasin o‘g‘illarining qilmishi uchun!» degan gap orasida Urganch tuman arboblar mahallasi oqsoqoli, xalq orasida «Bakvargan qassob» deya tanilgan shaxs.

Aksariyat ommaviy axborot vositalari, jurnalistlarning keksa onasiga qilingan hujum sababini aprel oyining boshida «Ozodlik» saytida bosilgan zo‘rlangan va xomilador bo‘lgan 15 yashar xivalik qiz haqidagi material bilan izohlashmoqda.

Xorazm viloyat IIB o‘z javob xatida jumladan, voqea joyida hozir bo‘lgan profilaktika inspektori Q. Qurbonov «dalolatnoma asosida rasmiylashtirgani» biroq notanish ayollar ustidan yozma ariza berilmaganini pisanda qiladi.

Shunga qaramay, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Madraximovaga uni «bezovta qilgan ayollarni qidirib topish va tartibga chaqirish bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi raxbariyati tomonidan nazorat o‘rnatilganligini» ma'lum qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2023
Bugun eslamoqchi bo‘lganimiz – ulug‘ frantsuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzyuperining «Kichik shahzoda»si. 1943 yilning 5 aprelida Amerikada ilk ...
29 oktyabr 2024
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 27 oktyabr kuni ...
2 noyabr 2023
Rassom Tuz
11 dekabr 2018
Toshkentda 10 dekabr kuni «Ijtimoiy media mahsulotlari» tadbirida «Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» diplomi bilan mukofotlandi. Tadbirda diplom va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...