Document UZ
25 oktyabr 2017

Andijonda maktab o‘quvchilari «Majburiy ijro» binosi atrofini tozalamoqda

23 oktyabr kuni «Eltuz» nashrining mobil muxbiri jo‘natgan fotosuratda supurgi ko‘targan maktab formasidagi bir guruh maktab o‘quvchilarini ko‘rish mumkin.

Foto: eltuz.com
Foto: eltuz.com

Ular Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi «Majburiy ijro byurosi» Andijon viloyat boshqarmasi shahar bo‘limi binosi joylashgan ko‘chani tozalashmoqda.

Shahar maktablaridagi minglab o‘qituvchilar paxta terimiga va terimchilar yollashga safarbar qilinarkan, Andijon shahrida o‘quvchilarning ko‘cha tozalayotganini tez-tez kuzatish mumkin.

Vaziyatni chuqurroq o‘rganishga harakat qilgan, «Eltuz» nashri muxbiri, shaxar obodonlashtirish bo‘limi xodimlarini izladi.

Obodonlashtirish xodimlari maoshlarini kutishmoqda. Foto: eltuz.com

Ularni yo‘l chekkasida, ish qurollarini yig‘ishtirib, formalarini taglariga solib o‘tirgan holda topdi.

Ulardan birining «Eltuz» muxbiriga aytishicha, Andijon shahar obodonlashtirish bo‘limi xizmatchilari ancha vaqtdan beri oyliklari berilmayotgani bois, shu tarzda bepul majburiy ishlashni to‘xtatishgan.

Shu paytga qadar viloyat hokimi buyrug‘i bilan xaftaning istalgan kuni o‘tkaziladigan «shanbaliklar»ga Andijonda asosan maktab o‘qituvchilari jalb qilinardi.

O‘qituvchilar paxta terimiga jalb qilinarkan, ular o‘rnini asta sekin darsxonalarda «bekor o‘tirgan» maktab o‘quvchilari egallamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 sentyabr 2020
O‘zbekistonlik minglab muhojirlar Rostov-Don shahridagi temir yo‘l stantsiyasi oldida lager qurdi. Issiqda, deyarli pulsiz, ishonchsizlik bilan ketishga umid qilishmoqda. ...
6 iyun 2016
Yildan yilga mamlakatda aholi sonining oshishi, pul topish qiyinlashgani va o‘qish sifatining pasaygani bois Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ...
8 noyabr 2015
Navoiylik nogiron va ikki farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Boymurodova Dildora pensionerlar haqini talab qilib norozilik aktsiyasida qatnashgani uchun jazoga tortildi. ...
29 iyun 2023
Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xivani “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e'lon ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...