Document UZ
30 aprel 2018

Stokholmda terror aktida gumon qilingan to‘rt nafar o‘zbek ushlandi

Shvetsiya poytaxti Ctokholm shahrining shimolida joylashgan Akalla mavzeida 30 aprel kuni terror akti rejalaganlikda gumon qilingan uch toshkentlik va bir samarqandlik o‘zbek yigiti qo‘lga olindi va ushbu maqola tayyorlanayotgan payt ularning ikkitasi qo‘yib yuborildi.

«Eltuz» nashri suhbatlashgan, politsiya uyiga qo‘yib yuborgan o‘zbekning bildirishicha, politsiyachilar ular yashayotgan uyga ertalab 4.30 da eshikni sindirib bostirib kirishgan, uy ichiga tutun tarqatuvchi granatalar irg‘itishgan va to‘rt nafar o‘zbekni hibsga olishgan.

«Meni va akamni, yana ikki o‘zbekni qo‘lga olishdi. Lekin tergovda qo‘pol munosabat bo‘lgani yo‘q. Avval meni, keyin sal kechroq yana bir o‘zbekni qo‘yib yuborishdi. Akamdan va qolganlardan hali darak yo‘q», dedi u «Eltuz» muxbiriga.

Shved nashrlariga ko‘ra, o‘zbeklar Stokholmda har yili o‘tadigan 1 may namoyishi chog‘ida terror hujumi uyushtirishni rejalashgan. Hibsga olingan o‘zbeklardan kamida bittasining o‘tgan yil aprel oyida terror tashkil qilgan Rahmatjon Oqilov bilan aloqasi bo‘lgan.

Shuningdek, «Ekspressen» gazetasi to‘rtovlon o‘zbekning bu yilgi rejasi 2017 yili Drottningatan maydonida uyushtirilgan terror aktining uzviy davomi ekani haqida yozdi.

Lekin bu iddao va gumonlar shved politsiyasi yoki sud rasmiylari tomonidan hali tasdiqlangani yo‘q.

«Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan gumonlanuvchining ukasi ham shved nashrlari yozayotgan bu gaplarda hech bir asos yo‘qligini aytdi.

Shuningdek, u muxbirdan o‘z shaxsi va oilasiga oid ma'lumotlarni hech qaerga sizdirmaslikni iltimos qildi.

Hibsga olingan o‘zbeklarning qo‘shnilari ham yigitlarning judayam xushmuomala va odobli bo‘lishganini «Eltuz»ga bildirishdi.

Samarqandlik Rahmat Oqilov 7 aprel kuni Stokholm markazida yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi natijada 4 kishining o‘limi va 15 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan, keyinchalik u qamoqqa olingan, sud hukmi iyun oyiga qoldirilgan edi.

Shvetsiyada terrorchilikda gumon qilinib, hibsga olingan o‘zbeklar ishiga oid voqealarni «Eltuz» kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2015
18 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB katta tergovchisi Orif Anarboev O‘ktamni 168 modda (firibgarlik) va 211 (pora olish)da  ayblash ...
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
1 mart 2019
Samvel Babayanning yana o‘zbek futboliga qaytishi masalasida bir necha nuqtalar borki, kishida ko‘plab shubhalar uyg‘otadi. Birinchi nuqta shuki, u ...
17 mart 2017
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...