Document UZ
16 oktyabr 2018

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatildi

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish ishlari 15 oktyabrga o‘tar kechasi tunda olib borildi. Yodgorlik 16 oktyabr kuni ochilishi kutilmoqda.

Lola Karimova taklifiga ko‘ra, Moskvadagi Islom Karimov xiyoboni va yodgorlik loyihasi ustida angliyalik mashhur haykaltarosh Pol Dey ishlagan.

Haykalning tunda, buning ustiga avtobus va ikkita politsiya mashinasi panasiga yashirilib o‘rnatilgani esa ijtimoiy tarmoqda g‘azab bilan qarshi olindi.

Haykalni tunda o‘rnatishdi. Foto: Andrey Morev

“Elning tinchini buzib, qo‘rqoqlarcha tunda ish qilishdi. Agar qo‘rqishmaganida edi, moskvaliklardan yashirinmasdan, haykalni kunduzi o‘rnatishardi”, deya izoh qoldirdi moskvalik deputat Andrey Morev o‘zining feysbuk sahifasida.

Uning bildirishicha, u saylangan Yakimanka okrugi aholisining ko‘plab noroziligiga qaramasdan haykalni o‘rnatishgan.


Haykal Lola Karimova buyurtmasiga ko‘ra, mashhur angliyalik haykaltarosh Rol Dey tomonidan ishlangan. Foto: Andrey Morev

“Chirkin diktator. Chirkin farzandlar. Chirkin buyurtma. Ichki mustamlakachilik vositasida mustamlakachi o‘tmishiga qarshi kurashib o‘tdi, oqibat Moskvaning orqa hovlisidan joy oldi. Xizmatiga yarasha”, deya izohladi voqeani Monreal universiteti ilmiy xodimi Boris Chuxovich.

Moskvadagi Karimov haykali Rassom Tuz nazdida

Bugun Frantsiyada yashab ijod etayotgan toshkentlik rassom Sergey Ignatev esa bu yodgorlikni “kaptarlar uchun hojatxona” deya atadi.

“Ertaga “dangasa”larni supurgi bilan urib haydashadi. Bevasi esa qo‘riqchilar himoyasida yig‘loqi bir nutq so‘zlaydi. Faqat kaptarlar xursand bo‘ladi, yangi tualet qurilganiga”, deya izohladi rassom 16 oktyabr kuni kutilajak marosim haqida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2019
Xushxabardan boshlasam gapimni. Rossiyalik oligarx Usmonov Toshkentdagi maktab devorini oqlab beradigan bo‘ldi. Mallades, brat. Ashnaqa bo‘sin! Xonqa don kombinati ...
4 yanvar 2018
So‘nggi ikki hafta ichida mamlakat viloyatlari bo‘ylab jami 54 ta militsiya postlari tugatildi. IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, tugatilgan postlarning, ...
20 mart 2020
20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirilgani qayd etilgan shaxslar soni 33 nafarga yetdi. Dastlab O‘zbekiston epidemiologiya markazi Frantsiyadan qaytgan ...
24 oktyabr 2018
Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat ...
Bloglar
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko ...
25 noyabr 2020
Kuzda ketib kuzda qaytdim Sovet Armiyasi safidan. Bizni armiya safiga oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limidan ...
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...