Document UZ
23 oktyabr 2018

G‘afur Rahimov o‘g‘riboshi emasmi?

Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat olamiga aloqasi yo‘qligini isbotlashga urinmoqda.

AQShning Around the Rings nashriga bergan intervyusida Rahimov uning jinoyat olamiga aloqadorligi haqidagi «noto‘g‘ri ayblovlarni Gulnora Karimova va uning guruhi» 2010 yili tarqatishga kirishgani haqida bildirdi.

Shuningdek, 2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov imzosi ostida AIBA ijroqo‘miga xat jo‘natildi. Unda «G‘afur Rahimovning jinoiy o‘tmishi haqidagi har qanday iddao asossiz ekani» bildirildi.

«Biz bu zaif chiranishlarga ancha batafsilroq izoh bergan bo‘lardik, ammo ba'zan bitta fotosurat mingta so‘zdan ko‘ra ko‘proq ifoda beradi», deya bildirdi G‘afur Rahimovning jinoyat olamining o‘nta  yetakchisi bilan tushgan rasmini e'lon qilgan «Asiaterra-info» mustaqil nashri.

Curatda: «qonundagi o‘g‘ri»lar Vladimir Tyurin (Tyurik), Aslan Usoyan (Ded Xasan), G‘afur Rahimov, «Sochi smotryashiysi» Guseyn Guseynov (Kolya Guseyn), «qonundagi o‘g‘ri» Emil Sarkisyan, «qonundagi o‘g‘ri» Giya Dangadze; pastda: «qonundagi o‘g‘ri» Vaxtang Kardava (Vaxo Suxumskiy), «qonundagi o‘g‘ri» Alik Minalyan (Alik Sochinskiy), «Leninskiy» guruhi atalmish to‘da ishtirokchisi Sergey Kozubenko (Serega Omich), «qonundagi o‘g‘ri» Artyom Demurov (Artyusha)lar aks etgan.

Fotosurat dastlab, Rossiya o‘g‘rilari dunyosiga bag‘ishlangan «Praym Kraym» saytida chop etilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2017
18 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Almaz Atambaevning 20 yashar kenja qizi Aliya Shagievaga tegishli «Feysbuk» va «Instagram» ijtimoiy tarmoqlaridagi ...
29 dekabr 2019
«Karimov davrida hamma daraxtlar kesilib ketibdi. It yilida kesishga archa ham qolmabdi». O‘zbekistondagi ko‘plab tarixiy xiyobonlarga qiron keltirgan prezident ...
16 oktyabr 2020
Azizlarim, og‘a, ini, opa, singil, katta va kichiklarim. Mana, yana uchrashdik. Oldingi uchrashuvimizdan beri 168 soat o‘tibdi. Yetti marta ...
4 may 2018
Diniy idoraga yaqin bir manbaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, 60 yashar Anvar qori Tursunov 1 may kuni sun'iy koma holatidan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...