Document UZ
10 yanvar 2019

O‘zbek-ispan shirkati ishchisi majburiy mehnat qurboni bo‘ldi

Olmaliqdagi «Ammofos-Maksam» shirkati ishchisi, 2018 yilgi paxta mavsumida majburiy terimga olib chiqilgan  24 yoshli Sohibjon Mutalibov Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani shifoxonasida olamdan o‘tdi. Mahalliy yigit bilan mushtlashuvda uning bosh chanog‘i urib yorilgan edi.

Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida joylashgan «Ammofos-Maksam» mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yirik shirkatdir.

Mutalibovlar oilasi yashaydigan Olmaliq shu yagona ish beruvchi korxona mavjud bo‘lgan anchagina qashshoq bir shahardir. Sohibjon «Ammofos-Maksam» kimyo zavodida o‘limiga qadar besh yil ishladi va har yili kuzda paxtaga olib chiqildi.

Uning oilasi mushtlashuvga nima sabab bo‘lganini bilmaydi, hozirgi paytda bu yuzadan sud tergovi davom etmoqda.

Sohibjonning o‘limidan so‘ng uning otasi Ibrohim shirkat rahbarlari bilan uchrashishga urindi, biroq bunga yo‘l berilmadi. Oila zavod kasaba uyushmasidan faqat 600 dollar oldi.

Sohibjon Mutalibov o‘z ish beruvchisining paxta terishga chiqarish talabini rad qila olmasdi, chunki u oilasining yagona boquvchisi bo‘laroq, ishdan bo‘shatishlarini istamasdi.

O‘zbekistonda 2018 yilgi paxta mavsumida mamlakat bo‘ylab davlat va xususiy sektorda ishlovchi yuz minglab xodimlar ishdan bo‘shatish tahdidi ostida majburiy mehnatga jalb qilindi.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) tayyorlagan videoni «Eltuz» tahririyati o‘zbek tiliga o‘girdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2018
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov AQSh-O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi oldidan o‘tgan davra suhbatidagi chiqishida zamonga qarab o‘zgarayotganini ...
22 noyabr 2021
Britaniyalik taniqli fotograf Rip Xopkins (Rip Hopkins) fotoob'ektivida aks etgan O‘zbekkiston turizm shirkatlari chop qilgan bukletlardan farq qiladi. 10 ...
1 may 2015
Bugun olamdan o‘tgan Ro‘zi Nazar aka biz kabi temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ta'sir o‘tkazgan yalovbardor edi. U kishi ...
10 oktyabr 2015
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...