Document UZ
9 dekabr 2021

Xo‘jaylidagi qadimiy obidani saqlashni vazir o‘z nazoratiga oldi

Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm vaziri Aziz Abduhakimovning o‘zi shaxsan nazoratga oldi.

Turizm va sport vazirligi boshqarmasining Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga xati

«Vaziyatning o‘ta ayanchligi, masalliy mulozimlarning qadim osori-atiqalarga jinoyatkorona bepisand munosabati bois vaziyatni sohaning birinchi rahbari o‘zi nazorat qilishini taqozo etadi», deydi «Eltuz»ning vazirga yaqin manbasi.

Joriy yil noyabr oyi oxirida tarmoqlarda Xo‘jaylidagi Mazdakxon maqbarasi yonida yangi paydo bo‘lgan «evroremont» qabr tasvirlari muhokama qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 apreldagi qaroriga ko‘ra, qadimiy yodgorliklar yoniga mayit dafn qilish taqiqlanadi.

1 dekabr kuni Madaniy meros departamenti rahbari professor Tursunali Qo‘ziev boshchiligidagi ishchi guruh 10-asr yodgorligi bo‘lgan Mazdakxon maqbarasi yonida iznsiz paydo bo‘layotgan qabristonni borib ko‘rdi. Buning ortidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi qadimiy obidaga zarar yetkazilishi faktlari bo‘yicha tekshiruv boshladi. Maqbara joylashgan joyni qiyomat soati deya ishonuvchilar sababli bu joyga ziyorat turizmi ommalashgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 iyul 2017
O‘zbekiston hukumati davlat organlari raxbarlariga berilishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘lar ro‘yhatining tahrirdagi loyihasini ochiqladi. “Qurol to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar ...
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida fikr yuritadi. @eltuz
26 aprel 2023
1966 yil 26 aprel kuni Toshkentda tonggi soat 5 dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganda Rixter o‘lchovi bo‘yicha 8 ...
9 sentyabr 2020
O‘zbekistonning mahrum prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida yangi kitobi chop etilgani haqida yozdi. «Ushbu kitob ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...