Document UZ
8 may 2015

Pitstsa tarqatuvchi kabi

Ishdan bo‘shatilgan Lenta.ru axborot saytining bosh muharriri Galina Timchenko o‘z kasbini pitstsa tarqatuvchining ishi bilan qiyosladi.

Agar pitstsada murch bo‘lsayu, kimdadir bunga allergiya bo‘lsa u aybdor emas, dedi.

Jurnalist kasbining mantig‘i axborot uzatish tarmog‘i orqali bo‘layotgan muhim, qiziq va foydali axborotlarni o‘quvchiga, tomoshabinga, tinglovchiga yetkazishdir.

Bu kasb mutlaqo bequsurday tuyulishi mumkin, biroq ko‘pincha, deyarli barcha erkin bo‘lmagan mamlakatlarda u xatarli bo‘ladi va hatto taqiqlanadi.

Hukumat, o‘z manfaati yo‘lida, qaysidir axborotlarni yashirmoqchi bo‘ladi, yoki uning o‘ziga yoqmagan tarzda tarqatilishi va ta'riflanishini istamaydi. Shunda butun zarba o‘sha pitstsa tarqatuvchiga kelib tushadi.
O‘zbekistonda qiynoqlar ostida odamlar o‘layotganiga, Andijonda 2005 yil namoyishchilarning otilganiga jurnalistlar aybdor emas, biroq ular bu axborotlarning tarqalgani uchun jabrlanishadi.

Rossiya hukumati, Timchenkoning fevral oyida xalq inqilobi prezident Viktor Yanukovichni ag‘darishi bilan bog‘liq Ukraina voqealarini o‘ziga yoqmagan tarzda yoritgani, Kremlning shu darajada g‘azabini keltirdiki, Moskva hukumati SSSRni qayta tiklash haqida jiddiy o‘ylab qoldi.

Jurnalist faoliyati ko‘plab oddiy o‘quvchilarga ham yoqmaydi, ular zamonaviy texnologiya asrida, o‘zlarini hech xatarga qo‘ymay, qiyofasiz niklar ortiga yashirinib, jurnalistlarni haqorat qilishga, so‘kishga o‘tib olishdi.

“Men sizlarning izohlaringizni qadrlayman va bundan xafa bo‘lmayman, mening kasbim shunday, huddi pitstsa tarqatuvchi kabi”, – deydi Bobojanov.

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng ishongan davlat amaldorlari MXX (hozirgi DXX)ning sobiq raisi Rustam Inoyatovning josuslaridir. Bunday aql bovar qilmas ...
2 iyun 2020
Tarmoqda 2 iyun kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievniki deya ishonilgan audioyozuv tarqaldi. Unda davlat mulozimi “So‘x tumanini xaritadan ...
6 dekabr 2016
Fotosuratchi Karl de Keyzer (Carl De Keyzer) 1989 yil avvaliga Toshkentga keyin esa Toshkentdan 1000 kilometr uzoq bo‘lgan Urganchga ...
31 may 2017
Jizzax shahrida o‘tgan “Barkamol avlod” sport musobaqasi gala kontsertida qatnasha olmagan xonanda Shahnoza Otaboeva litsenziyasidan mahrum qilindi. Xonanda bu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...