Document UZ
1 oktyabr 2015

Xorazmlik militsionerlar Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarni tahqirli tarzda tintuv qilishdi

29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ko‘p soat davomida uzluksiz tergov qilinib, tahqirli tarzda tintuv qilinishgan. Ularni ushlash sababi o‘quvchilar, talabalar va viloyatning turli muassasalari xodimlarini paxta terimiga majburlanayotgani haqida yiqqan axborotlari bo‘lgan.

Huquq himoyachilarini go‘yoki havfli jinoyatchilar misoli hibsga olishgan, ularga qarshi kuch ishlatishgan, qo‘llarini qayirishgan, garchi bu ikki zaif ayol ularga hech bir qarshilik ko‘rsatmagan. Maloxat va Yelenani Xazorasp tuman IIB keltirishgan, ularni alohida xonalarga joylashtirib yalang‘och qilib yechintirib tintuv qilishgan.

Militsionerlar ayollarning ichki a'zolarini tekshirish, u yerga go‘yo fleshkarta yashirilgan degan gumon bilan ginekolog chaqirishgan. Maloxat Eshonqulova ginekologdan ularni hech bo‘lmasa mahalliy poliklinikaga olib borishlarini, tekshiruv tozaroq joyda o‘tkazilishini iltimos qilgan. Ginekolog uning talabini rad qilgan va o‘zi bilan olib kelgan ginekologik asboblari bilan to‘g‘ri stolning ustida tekshiruv o‘tkazgan.

Boshqa xonada bo‘lgan Yelena Urlaeva esa quyidagilarni bildiradi:
“Meni ham avvaliga qip-yalang‘och qilib yechintirishdi, keyin ginekologik pribor bilan fleshkani qidirishdi, keyin qo‘llariga qo‘lqop kiyib qidirib ko‘rishdi. Mening qon bosimim oshib ketdi, keyin tez yordam chaqirishdi, qandaydir ukol qilishdi. Qandayligini bilmayman, biroq militsionerlar shifokorlarga kalamush dori urishni maslahat berishdi. Ukoldan keyin sal o‘zimga keldim. Men fleshka uchun qayg‘urdim, bizda hamma dalillar bor edii, biroq mening hamma narsamni yo‘q qilishdi..”.

Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulova 14-soatlik hibsdan so‘ng ozod etildi.

Huquq himoyachilari suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan mahalliy fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarni paxtaga majburlanishi Xazorasp tumani hokimi O‘ktam Qurbonov buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda hokimiyat to‘la markazlashgani e'tiborga olinsa, hokim O‘ktam Qurbonov odamlarni paxta terimiga majburlar, aniqrog‘i jinoyat sodir etarkan, Toshkentning buyrug‘ini bajaradi.
Huquq himoyachilari tomonidan yig‘ilgan axborotlar ushbu saytda e'lon qilinadi.

www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail ...
3 avgust 2018
Tushlikdan so‘ng Boqijon mening shkonkamga kelib yonimga o‘tiradi va «sayr» paytida uzilgan suhbatini davom ettiradi… Farg‘onalik 38 yashar bu ...
3 oktyabr 2015
Kecha bozorga borgandim digin, katta rovotni bekitib Istam isvarkachi isvarka qip tashapti, katta binolardi tepasiga «Barcha yantoq terimiga», «Yantoq ...
25 aprel 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish shu nomdagi partiya o‘zbek tilining sofligini saqlash, adabiy til me'yorlari va qoidalariga amal ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...