Asosiy mavzular
26 sentyabr 2017

Samarqand ruhiy shifoxonasida mansab talashilayaptimi?

Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasi rahbariyati ustidan yozilgan ariza bo‘yicha 22 sentyabr kuni Kun.uz nashri ikki qismdan iborat o‘z surishtiruvini e'lon qildi.

Bu voqealarni «Eltuz» nashri ham o‘z manbalariga tayanib o‘rganishga harakat qildi va u yerda ko‘proq ikki guruh o‘rtasida mansab talashilayotgani haqidagi ma'lumotlarga duch keldi.

Shifoxonaning yangi raxbariyati ustidan shikoyat yozgan guruxning jumladan, «Eltuz» nashriga jo‘natgan arizasida, shu yilning fevral oyida tayinlangan Bosh vrach Tohirjon Qodirovning qo‘polligi, raxbariyatning o‘g‘irlik va ta'magirliklari haqida gap boradi.

Jumladan, shifoxona daraxtzoridagi 86 tup daraxtning kesib sotilgani, oyliklarni qisqatirish evaziga yangi xodimlar olingani, xodimlardan turli sabablar bilan pul yig‘ilishi, oziq-ovqatlardan urib qolinishi, bemorlarga shakar, saryog‘, tuxum umuman berilmasligii aytiladi.

Shuningdek, shikoyatda bosh vrachning sheriklari bilan mast holatda kelib tunda ruhiy bemorlarni yo‘qlama qilishi, shifoxonada davolanayapti deya bo‘limda yo‘q bemorlarni ro‘yxatga kiritgani yozilgan.

«Kasallarga beriladigan ovqatning hididan odamning ko‘ngli ayniydi»

«Bizgacha hammasi o‘g‘irlab bo‘lingan»

«Eltuz» nashrining mustaqil o‘rganishicha, Ruhiy shifoxonaning bugungi rahbari Tohirjon Qodirov, 2016 yili ta'magirligi va mansabini suiste'mol qilgani uchun ishdan ketgan bosh vrach Odil Karimovich Imamov o‘rniga kelgan.

Sud tomonidan uzoq muddatga shifoxonaga yotqizilgan va har ikkala raxbar faoliyati haqida yaqindan bilgan, ruhiy shifoxonaning sobiq bemorlaridan biri ham «Eltuz» nashriga, anonimlik shartiga ko‘ra, shikoyatda aytilgan iddaolarning to‘g‘ri ekanini tasdiqladi.

«Pisheblok haqidagi gaplarning bari to‘g‘ri. U yerda bemorlar uchun pishirilgan ovqatni ko‘rib uch marta qattiq qusgim kelgan» dedi u sud payti alyumin idishlarda keltirilgan ovqatni tasvirlarkan.

Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘g‘irlik va tamagirliklar aslida oldingi bosh vrach Imomov davrida boshlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaning oldingi raxbari ham «o‘taketgan firibgar, ta'magir» bo‘lgan. Bemorlarni «mehnat terapiyasi» deb mardikor o‘rnida ishlatish amaliyoti ham o‘sha davrda boshlangan.

«Imomov davrida paxtaga chiqmaslik uchun odam boshiga 1 500 000 so‘mdan yig‘ilardi, bu tajriba keyingi raxbar faoliyatida ham davom etdi», deya eslaydi u.

Shikoyatchilar tomonidan ayblanayotgan shifoxonaning bugungi raxbari Toxirjon Qodirov, uning so‘zlariga ko‘ra, oldingi bosh vrach Imomovning yaqin sherigi bo‘lgan, biroq zimdan uning kursisini egallashni ko‘zlab yurgan.

Shuningdek, u «Eltuz» muxbiriga 800 ga yaqin ruhiy bemor saqlanadigan shifoxonada har ikkala raxbar davrida ham o‘g‘irlik, qo‘l ostidagilarni va bemorlar huquqini mensimaslik xolatlari davom etib kelganini aytadi.

Shikoyat ortida g‘araz yo‘qmi?

«Eltuz» nashriga yuborilgan shikoyat nusxasi

Shifoxonaga borgan va surishtiruv o‘tkazgan Kun.uz jurnalistlari shikoyatdagi barcha iddaolar tasdig‘ini topganini aytishadi, biroq ulardan «qurol sifatida foydalanish»ga harakat bo‘lganiga sha'ma qilishadi.

«Eng qizig‘i “yozuvchilar” izimiz sovimasdan bizning ham ustimizdan yozishdi…» deya yozadi maqola mualliflari.

Gap shundaki, jurnalistlar surishtiruv o‘tkazgach, ayni shikoyat boshida turgan shaxs eltuz.com va sayyod.com saytlariga «RKSh bosh vrachi tomonidan Kun.uz jurnalistlariga pora berilib, ish bosdi-bosdi etilgani» haqida shikoyat qila boshlashgan.

O‘z navbatida «Eltuz» nashriga shikoyat kelib tushgach, uni jo‘natgan shaxs maqolani bosishdan oldin «xatolarini ko‘rib berishga» jo‘natishni taklif qila boshlashdi, Sayod.com va Kun.uz nashrlari ham shunday yo‘l tutishganini pisanda qilib, ular tayyorlagan, biroq chop etilmagan maqola matnini foydalanish uchun «Eltuz»ga jo‘natishdi.

Keyin, esa «Kun.uz bosishga va'da bergani, biroq jurnalistlarni bosh vrach allaqachon sotib olgani» haqida yozishdi.

Shundan so‘ng, «Eltuz» shubxali manba bilan ishlashni to‘xtatdi. Vaziyatni boshqa manbalar orqali o‘rganishga kirishdi va boshqa nashrlar kabi shifoxonadagi tekshiruvlarning ijobiy natijasidan umid qilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2023
O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududiga 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordam yukini jo‘natdi. Avvalroq Turkiyaga ham 170 tonna gumanitar ...
16 fevral 2022
Inson Huquqlari Bo‘yicha Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (IPHR) Xotin-qizlarga nisbatan Kamsitishlarga Barham Berish bo‘yicha (CEDAW) Qo‘mitaning 2022 yil 15 va ...
21 may 2018
Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi Dilmurod Rahmatullaevning tilini tushovlashning umuman imkoni bo‘lmayapti. O‘tgan yili shunday fe'li sababli u sud qarori ...
1 iyun 2018
Shved sudi 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan yana bir o‘zbekni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Stokgolmning ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...