Asosiy mavzular
16 yanvar 2018

Aldagani o‘zbek yaxshi

GM Uzbekistan o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarga aktsiz solig‘i 5 barobardan ziyodroqqa kamaytirilganiga qaramay, bu narxlar pasayishiga sabab bo‘la olmasligini ma'lum qildi.

Narxning pasaytirilmasligiga bahona ham tayyor – bu valyutaning erkin kursiga o‘tilishi.

Kompaniyaning bildirishicha, aktsiz solig‘ining 27 foizdan 5 foizga tushirilishi valyuta kursidagi tafovut sabab xarajatlarning oshib ketishini qoplash va bu bilan avtomobillarning chakana narxlaridagi barqarorlikni ta'minlash imkonini bergan.

Bunaqa aldovga faqat o‘zbek ishonadi. Chunki aslida GM Uzbekistan avtomobillari narxi belgilanishida hech qachon aktsiz to‘lovi mezon bo‘lmagan.

Chunki o‘zbek avtomobillari har doim dollarning qora bozor narxida sotilib kelingan. Valyutaning erkin kursiga o‘tilishi faqat bu ko‘chada yanada katta bayram qilish uchun imkoniyat yaratdi, xolos.

O‘zim biladigan misol. Tanishimiz hali erkin konvertatsiyaga o‘tilishidan bir necha oy oldin 8 ming dollarga «Neksiya»ning yangisidan oldi. Bu mashinaning o‘sha vaqtdagi dollardagi narxi shunday edi.

Narxi so‘mda belgilansa-da, so‘mga eshakning to‘qimini ham berishmasdi mashina bilan bog‘liq bo‘lsa. Faqat «ko‘ki»dan cho‘zish kerak edi.

«Ko‘ki»ni ham bankdan olib bo‘lmasdi. Faqat qora bozordagi ucharlardan olish mumkin edi. Parodoks shunda ediki, qora bozordan dollar olish qonunga zid edi.

Shunga qaramay, hukumat go‘yoki bu noqonuniylikni ko‘rmasdi. Chunki «ko‘k»ning hammasi o‘sha qonunsizlikka qarshi kurashuvchilarning cho‘ntagiga kelib tushardi.

Keyin konvertatsiya bahona boyagi tanishimiz olgan «Neksiya»ning narxi 10 ming dollardan oshdi. Faqat so‘mga sotilishini aytmasa, boshqa o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

Xullas, dollarning qora bozor kursiga moslashtirilishi GM Uzbekistan uchun faqat foydaga ishladi. Shu bahona kompaniya o‘zi ishlab chiqarayotgan mashinalar narxini ko‘tarib oldi.

Endi esa aktsiz to‘lovi 5 barobardan ziyodroqqa kamaytirilgan bir paytda valyuta kursi almashganini yirtiqqa yamoq qilish harakatini boshlab yuborishdi.

Na O‘zbekistondagi birorta matbuot, na ancha erkin bo‘lib qolgani aytilayotgan ekspertlar bu xususda bir xulosasini bildirmadi.

Buning o‘rniga «GM Uzbekistan avtomobillarining aktsiz solig‘ining pasaytirilgan stavkasi 2017 yilning 5 sentyabridan amalda qo‘llanib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, aktsiz soliq stavkasining o‘zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko‘zda tutilmayapti», degan bahonani eshityapmiz.

Xalqning moliyaviy qudratini so‘rib olish qachongacha davom etar ekan?

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 yanvar 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 12 yanvar sonini taqdim etadi.+++Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblovchi separatist Dauletmurat Tojimuratovga 18 yil so‘radi.Prokuror ...
12 yanvar 2017
Kun.uz sayti garchi mayda-chuyda bo‘lsa-da, muammolarni ko‘tarib chiqishda davom etmoqda. Bu muammolarning yechimlari va sabablari chuqur ochib berilmayotganiga qaramay, ...
29 yanvar 2018
Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining ...
4 oktyabr 2019
Kechgan haftada o‘qituvchi va ustozlar bayram qildi. Agar mendan ustozing kim deyishsa, hech ikkilanmay Mahmudxo‘ja Behbudiy degan bo‘lar edim. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...