Asosiy mavzular
9 mart 2018

O‘zbekiston BMT ma'ruzachisining din erkinligiga oid xulosasini rad etdi

BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini e'lon qildi. Bunda mamlakat hukumati tomonidan din ustidan to‘la nazorat o‘rnatilgani aytiladi, bu nazorat kamaytirilishi kerakligi o‘zbek hukumatiga tavsiya etiladi.

O‘z hisobotini janob Ahmad Shahid o‘tgan 2017 yilning 2-12 oktyabrida O‘zbekistonga tashrifi chog‘idagi xulosalariga asoslanib tayyorlagan. Unda bildirilishicha, O‘zbekistonda e'tiqod va diniy erkinliklar har bir shaxsning alohida huquqi emas, balki u hukumat izni bilan «ruxsat» olinadigan huquq hisoblanadi.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatda hukumat dinga aralashuvini kamaytirish o‘rniga uni muttasil nazorat qilish choralarini qo‘llab keladi. Masalan, masjid imomlarining hukumat tomonidan tayinlanishi mamlakat Konstitutsiyasining 61-moddasiga ziddir.

Shuningdek, hisobotda O‘zbekiston hukumatiga mamlakatdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida«gi qonunning qayta ko‘rib chiqilishi tavsiya qilingan. Ushbu qonun, janob Shahidga ko‘ra, mamlakatda e'tirof etilgan xalqaro konventsiya bandlariga to‘la mos bo‘lishi kerak.

BMT hisobotida hukumat qonunlari asosida davlat idoralariga dindorlarni nazorat qilishga keng vakolatlar berilgani, jumladan, e'tiqod qiluvchilar ustidan MXX nazorati kuchaytirilgani aytiladi.

Biroq O‘zbekiston tomoni BMT maxsus ma'ruzachisining iddaolariga qo‘shilmasligini bildirgan va mazkur hisobot diniy yoki e'tiqod erkinliklari sohasidagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi, deya hisoblaydi.

O‘zbekiston hukumatining BMT kengashi veb sahifasiga qo‘yilgan iddaosida, jumladan, «hisobotda to‘liq bo‘lmagan va noxolis tashkilotlar ma'lumotlari»dan foydalanilgani bildirilgan.

Ayni paytda keyingi kunlarda mustaqil manbalar tomonidan ham O‘zbekistonda diniy erkinliklar borasida o‘zgarishlar kuzatilayotgani bildirilmoqda.

Masalan, BMTning mazkur hisoboti e'lon qilinmasidan avval «Eltuz» nashri o‘z manbalariga tayanib, 17 fevral kuni prezident Mirziyoev topshirig‘i bilan diniy idorada nazorat faoliyati olib borayotgan MXX kuratorlarining ishdan olingani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyul 2018
Iyuldan boshlab O‘zbekistonda aroq qimmatladi. O‘zA xabarida bunga prezident Mirziyoevning sportga oid 5 martda chiqarilgan qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda. ...
2 avgust 2017
Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Bi Bi Si muxbiriga bergan intervyusida bobosidan keyin hukumatga kelganlarni aybladi. Marhum prezidentning arzandasi ...
9 dekabr 2019
Abduvali Qutbiddin 8 dekabr kuni 59 yoshida Toshkentda vafot etdi. Zamondoshlari nazdida u o‘zbekning dalli bir shoiri edi. Undan ...
21 noyabr 2019
Hajviy xabar Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan biri yuqori lavozimli amaldor aralashuvi bilan ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...