Elak
31 mart 2018

DXX rahbari muxolifatning mamlakatga qaytishidan cho‘chimoqda

Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqladi.

Mazkur qonunga ko‘ra, DXXga “davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo‘yicha faoliyat olib borish¸” vakolati berildi. Shuningdek, ilgarigi MXX vakolatlari ham o‘zgarishsiz qoldirildi.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev senatorlar oldidagi o‘z chiqishida qonun yuzasidan fikrlarini bildirdi.

“O‘zini muxolifat sanab yurgan ayrim kuchlarning faollashuvi, faoliyatlarini qonuniylashtirishga intilayotgani zamirida mamlakatga kirib, undagi barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan harakat mavjud. O‘zbekistonning boshqa davlatlar hududida mehnat qilayotgan fuqarolari ko‘p hollarda turli ekstremistik oqimlar ta'siriga tushayotgani xavfli holatlardan biri. Xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan insvestitsiyalarning barchasini ham foydali, deb bo‘lmaydi. Bularning hech biri e'tiborimizdan chetda qolmasligi kerak», dedi Ixtiyor Abdullaev.

Siyosiy ta'qiblar bois mamlakatni tark etgan sobiq diplomat Alisher Taksanov o‘z feysbuk sahifasida izoh berishicha, Ixtiyor Abdullaev bayonoti horijda yashayotgan muxolifatchilarga qaratilgan.

«Muxolifatga davlat dushmani deya qarash davom etarkan, u holda bu yerda demokratiyaning hidiyam bo‘lmaydi. Bu Islom Karimov davridagidek politsiya davlati bo‘ladi. Bu tag‘in chaquvlar, qiynoqlar, falsifikatsiya, fitna, reyderlik, kontslager va dor deganidir», deydi Taksanov.

Taksanovga ko‘ra, muxolifat davlat tizimining ajralmas qismidir. Toki hokimiyat va hokimiyat institutlari mavjud ekan, muxolifat ham bo‘ladi. Biroq bugun O‘zbekiston hukumati tepasida hamon ilgari rahbar paytida ishlagan odamlar o‘tiribdi va ular o‘zgarishlarga qodir emas.

Qisqa muddatli iliqlikdan keyingi «qahraton»

Ixtiyor Abdullaev o‘z nutqida qo‘shni davlatlar bilan chegaralarning ochilgani tufayli kirib kelayotgan odamlar ko‘paygani, ular bilan diniy ekstremistik ruhdagi adabiyotlarning kirib kelayotganini ta'kidladi.

«E'tiqod erkinligini ayrimlar noto‘g‘ri tushunib, turli oqimlarga kirishga harakat qilayotganida namoyon bo‘lmoqda”, dedi u.

Muxolifat mavjud hukumatning ajralmas qismi bo‘lishi kerakligini aytarkan, Alisher Taksanov mamlakatda muxolifatga chek qo‘yilishi uning radikallashuvga asos bo‘lishini urg‘uladi.

«Agar odamlarda o‘zboshimchalik, zo‘rovonlik va qatag‘onlarga qarshi turishning legal shakllari qolmasa, u holda hukumat yashirin yoki isyonkor muxolifatni oladi. Ustiga ustak, ular endilikda din va siyosiy shovinizm bayroqlari ostida bo‘lishadi».

Taksanovning fikricha, davlat mamlakatda konstruktiv muxolifatni rag‘batlantirishi kerak, buning uchun esa nohukumat tashkilotlarni legallashtirish, matbuot va internetga erkinlik berilishi lozim.

«Qiziq, nimaga asoslanib DXX bunday xulosaga keldi, biz mamlakatda nobarqarorlik keltirib chiqarishni istaymizmi? Yoki shunchaki, O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarni boshqarishimizga yo‘l qo‘ymaslik, xayrixohlarni bezdirish uchun bizni «buzg‘unchilar» va «fitnachilar» sifatida ko‘rishni istshayaptimi?…

Bu go‘yo qisqa muddatli havo o‘zgarishidan so‘ng tag‘in «qahraton» zarba berayotganiga o‘xshaydi», deydi Taksanov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2016
Paxta terish har bir musulmon uchun «vojib amal» deya hukm chiqarayotgan imomlar haqidagi mavzuni rassom Adolatxon davom ettiradi. Uning ...
19 aprel 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
17 fevral 2016
Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 ...
25 aprel 2018
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana eski joyiga qaytarilmoqda. Haykallar 9 may kuni «Istiqlol» (sobiq «Xalqlar ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...