Asosiy mavzular
8 sentyabr 2018

Shvedlar Telia shirkatining Gulnoraga pora berganidan shokda

Stokgolm sudida Telia shirkati va Gulnora Karimova o‘rtasidagi korruptsiya ishini kuzatayotgan SVT telekanali jurnalisti Elin Yonnsson «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida shved jamiyati bunday holatdan shokda ekanini aytdi.

Shvetsiya korruptsiya qarshi kurashish shaffofligi bo‘yicha har yili «Transperens Interneshnl» hisobotidagi beshtalikdan o‘rin olib keladi, lekin eng yirik shved mobil shirkatining Gulnoraga pora bergani mamlakatning obro‘sini to‘kdi, deydi Yonnson.

Shved jamiyati, Yonnsonning so‘zlariga ko‘ra, amaldorlarni qat'iy nazoratda ushlashga intiladi va arzimagan holat ularning amaldan haydalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

«Ular oddiy xalq xizmatidagi mulozimlar. Agar yaxshi xizmat qilmasa, ularni haydaymiz, o‘rniga yaxshiroq odamlarni qo‘yamiz…» deydi Yonsson.

Telia sobiq rahbarlari ham jurnalistlarning fosh qiluvchi materiallaridan so‘ng pora gumoni ostida yuksak lavozimlaridan haydalishgan edi.

Sudlanuvchilarning advokatlari mobil shirkatiga davlat litsenziyasi olishda ko‘maklashgani aytiladigan O‘zbekistonning amaldagi bosh vaziri Abdulla Aripovning sudga chaqirilishini istashmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2021
8 yanvar kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanida Shimoliy Farg‘ona kanali ustiga qurilgan 37 metrlik yangi ko‘prik qoq o‘rtasidan bo‘linib, ...
13 may 2019
Negadir keyingi paytlarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) haqida gap ketganida beixtiyor yodimga Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning mazmunan ...
8 avgust 2018
«Bizdan oldin kelgan ikki etapning ham «lomka»si dahshatli bo‘lgan. Kaltakdan o‘lganlar, bir umrga mayib bo‘lganlar ham bo‘lgan ekan. Birinchi ...
5 may 2016
O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...