• Foto: BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish, Tvitterdagi sahifasidan
Asosiy mavzular
6 aprel 2020

Karantin oilaviy zo‘ravonliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida bir kunda ikki o‘spirin o‘z joniga qasd qilgani haqida “Ozodlik”ning qirg‘iz xizmati xabar berdi. Mahalliy ichki ishlar idorasi tasdiqlashicha, o‘lim holatlari 29 mart kuni Issiq Atin tumanidagi ikkita qishloqda sodir bo‘lgan. 

Bundan avval, 16 mart kuni karantin e'lon qilingan kundan boshlab ikki hafta ichida Issiqko‘l viloyatida 5 nafar o‘spirin o‘zini o‘ldirgan edi. Bu haqdagi xabarni “Ozodlik” radiosi hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi vakili Elmira Usenovadan iqtibos keltirib bildirgan edi.

“Bular 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ular oilalardagi turli kelishmovchiliklar tufayli o‘z joniga qasd qilishgan», dedi Usenova.

Dunyo aholisining chorak qismi uyida qolishga majbur bo‘layotgan bir paytda oilaviy zo‘ravonliklar muammosi keskinlashmoqda. 

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish 6 aprel kuni e'lon qilgan videomurojaatida karantin paytida oilalarda zo‘ravonlik holatlari avj olganini ma'lum qildi.   

“Co‘nggi haftada iqtisodiy va ijtimoiy bosim hamda qo‘rquvning kuchaytirilgani ortidan oilalarda global zo‘ravonlik darajasi ortganiga guvoh bo‘lyapmiz”, dedi Gutterish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ayollar izolyatsiyada bo‘lish zarurati tufayli shafqatsiz munosabatga moyil o‘z juftlari “tuzog‘i”ga tushishgan. Ayrim mamlakatlarda ayollarning bu yuzadan shikoyatlari ikki barobar ko‘paygan.

«Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari va tibbiyot muassasalari ishi ko‘paygan, zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy guruhlarga esa resurs yetishmayapti», deya ta'kidladi Gutterish.   

Muammoni hal qilish uchun BMT bosh kotibi hukumatlarga zo‘ravonlik jabrdiydalarini qo‘llab-quvvatlovchi notijorat tashkilotlarga moliyaviy yordamni ko‘paytirish, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlarida xavf-xatar haqida xabar yetkazish avariya tizimlarini o‘rnatishni, shuningdek, vaqtinchalik boshpanalarni hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan muassasalarga tenglashtirishni taklif qildi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 fevral 2017
Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Toshkentda Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda ko‘pfunktsiyali unikal Muz saroyi quriladi. Xabar qilinishicha, inshootning ...
6 yanvar 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
19 oktyabr 2017
Frantsiyaning Mediapart internet nashri tomonidan qo‘lga kiritilgan va European Investigative Collaborations (EIC) konsortsiumidagi hamkasblariga taqdim etilgan maxfiy ma'lumotlar O‘zbekistonning ...
9 avgust 2021
O‘zbek olimlarining xorijda e'lon qilinadigan maqolalarining 98 foizga yaqini obro‘si yo‘q jurnallarda chop etiladi. Devid Trilling Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuzatib ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...