Asosiy mavzular
31 yanvar 2022

The Guardian: Istanbuldagi o‘zbeklar IShID jangarilariga soxta pasport yasab bermoqda

Turkiyada islomiy ekstremistlar bilan yaqin  aloqaga ega o‘zbek tomonidan boshqariladigan jinoiy tarmoq turli davlatlarning pasportlari niqobi ostida 15 000 dollargacha bo‘lgan yuqori sifatli soxta pasportlarni sotmoqda. 

Britaniyadagi The Guardian  nashri o‘tkazgan jurnalistik tekshiruv asosida chop qilingan maqolada «soxta pasport sotib olgan IShID jangarilari Yevropa va Amerika qit'asiga yetib olgani» borasida havotirlar izxor qilingan.

The Guardian muxbirlari soxta pasport sotib olishni istagan mijoz roliga kirib Istanbuldagi qalbaki pasport sotuvchi o‘zbek bilan aloqaga chiqishgan.

O‘zbek pasport sotuvchisi eng yuqori sifatdagi va ichida barcha zarur muxrlari bo‘lgan  qalbaki pasportni 15 ming dollar evaziga yasab berishni va'da qilgan. 

Qalbaki pasport sotuvchisi o‘zbek  mijoz qiyofasidagi The Guardian  muxbirining savoliga «Mening ishim pasport sotish. Bu pasport yomon yoki yaxshi odam ekanligini aniqlash yoki bu pasport bilan nimalar qilishi meni qiziqtirmaydi» deb aytgan.

«Men haridordan sen qaysi jangari gurux mansubisan deb so‘ramayman. Men har qanday odam bilan ishlayveraman. Kim yaxshiyu kim yomonligini aniqlash mening ishim emas. Bu ish bilan maxsus xizmatlar shug‘ullanaversin»

The Guardian muxbirlari kamida 10 xolatda shu o‘zbek sotgan qalbaki pasport bilan Istanbul xalqaro aeroportidan uchib ketilganligini aniqlagan.

Qalbaki pasport sotuvchiga iqtibosan  The Guardian ning yozishicha aksariyat mijozlar Yevropa Ittifoqiga parvoz qilishni istaydi. Lekin kamida ikki xolatda haridorlar  o‘zbeklar yasab bergan qalbaki Rossiya pasporti bilan Meksikaga uchib borishgan. Meksikadan AQShga noqonuniy o‘tish yo‘llari mavjud. Nigeriya Mavritaniya¸ Ukraina va Afg‘oniston yo‘nalishlari ham haridorgir ekani yoziladi.

«Qalbaki pasport yasovchi o‘zbeklar biznesi shu qadar yaxshi rivojlanmoqdaki, u yaqinda Telegramning shifrlangan xabar almashish ilovasida «Istanbul Global Consulting». rasmiy nomi bilan yangi kanal ochdi. O‘sib borayotgan  haridorgir savdo xavfli ekstremistlarning butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik kuchlaridan qochishlari, o‘tmishdagi jinoyatlari uchun adolatdan qochib qutulishlari va Suriyadan boshqa mamlakatlarda terrorchilik faoliyatini davom ettirishlari mumkinligini ko‘rsatmoqda.» deya yoziladi maqola davomida.

Maqolada yozilishicha o‘zbek qalbaki pasport sotuvchisi mijoz qiyofasidagi muxbirga o‘z tovarlari haqida bir qancha videolarni jo‘natgan.

Videolarda aks etgan haqiqiy suv belgilari va himoya gologrammalari bo‘lgan yangi frantsuz, Belgiya, Bolgariya va Rossiya pasportlari haridor uchun joziba kasb etgan.

Muxbirlar qo‘lidagi videoda pasportlarni tekshirish asnosi ham aks etgan.

Maxsus chiroq ostida qo‘yilgan ikkita rus pasportida qalbakilashtirilishining oldini olish uchun mo‘ljallangan ultrabinafsha nurlanishiga sezgir materiallar mavjudligi reklama videosida  namoyish qilingan. 

O‘zbeklar yasagan qalbaki Belgiya pasportining videoda aks ettirilgan manzarasida  maxsus uskunada to‘g‘ri o‘qilgani  va uning egasi haqidagi ma'lumotlar aniqligi ta'kidlangan. 

Britaniya nashri AQSh xavfszislik xizmati mulozimiga tayanib Istanbul aeroportda aynan IShID jangarilarini pasport bilan taminlaydigan gurux faoliyati mavjudligini yozadi.

Maqoladan iqtibos: «Suriya shimoli-sharqidagi 60 000 ga yaqin IShIDga aloqador ayollar va bolalar istiqomat qiladigan Al-Xul lageridagi odamlar uchun Telegram chatida bir o‘zbekistonlik internet-marketolog, shunday yozgan: “Agar sizga soxta kerak bo‘lsa. Rossiyadan, Markaziy Osiyodan, Turkiyadan, Yevropadan kelgan hujjatlar zarur bo‘lsa  menga yozing”.

«Afg‘onistonning Tolibon qo‘liga tushishi Turkiyadagi afg‘on qochqinlari uchun ham yangi mijozlar bazasini» yaratdi, deydi  mijoz qiyofasidagi muxbir bilan suhbatda qalbaki pasport sotuvchi o‘zbek.

Bu o‘zbekning qalbaki pasport xizmatlari qochqin afg‘onlarning aksariyati uchun juda qimmat bo‘lsa-da, uning so‘zlariga ko‘ra, uning mijozlari G‘arb mamlakatlariga parvoz qilish uchun soxta pasportlardan foydalanishadi va qo‘nganidan keyin aeroportning o‘zida siyosiy boshpana so‘rashadi.

Past darajali IShID jangarilari odatda bitta pasport sotib olishga zo‘rg‘a pul topishsa-da, tarmoqdan butunlay yo‘q bo‘lib ketmoqchi bo‘lgan yuqori martabali IShID a'zolari odatda turli mamlakatlardan bir nechta hujjatlarni sotib olib, ulardan tez-tez harakatlanish, har bir yangi reysda pasportlarini almashtirishadi  deyiladi maqola davomida.

Dunyoning ko‘plab nuqtalarida  diniy ekstremizm bilan bog‘liq muammo va terror aktlari ortidan o‘zbek izi chiqayotgani yangilik bo‘lmay qoldi. O‘tkan yili Turkiyaning Istanbul¸ Adana¸ G‘oziantep va Xatay kabi shaharlarida Turkiya xavfsizlik kuchlari tarafidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot paytida kamida yigirmaga yaqin O‘zbekiston vatandoshining qo‘lga olingan edi.

Qo‘lga olinganlar IShIDning Turkiyadagi «amiri» Mahmud O‘zdan(Mahmut Özden)ga logistik qo‘llov berganlik va terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanmoqda. 

Istanbuldagi Reina tungi klubida 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi terror hujumi sodir etgan o‘zbekistonlik  IShID jangarisi Abdulqodir Masharipov  bilan birga yana 48 kishi «terror guruhiga a'zolik»da aybdor deb topilib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrrum etilgan edi.

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2023
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti rahbariyati ushbu universitetning o‘zbek tili va adabiyoti uchinchi bosqich talabasi Karomat Muqimovaga universitet yotoqxonasidan joy ...
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
2 mart 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz kafolat beramanki, seni yurtimizda ...
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...