Asosiy mavzular
1 iyun 2022

O‘zbek mahbuslariga oziq-ovqatlar to‘liq yetib bormayapti

ACCA.media yozishicha, “Ochiq chiziq” tashabbus guruhi huquq himoyachilari mahbuslar uchun posilkalarda mahsulotlar noqonuniy olib qo‘yilishi va ma'naviy kamsitilishi bilan bog‘liq yangi faktlarni aniqladi.  

3-son Qashqadaryo viloyati, Shayxali koloniyasida jazoni o‘tayotgan mahkum Oybek Kamolovning onasi bu haqda ma'lum qildi. 

Zulfiya Kamolova o‘g‘liga ro‘yxatdagi barcha mahsulotlar yetib bormasligini bir necha bor aniqlaganidan so‘ng qattiq darg‘azab bo‘lgan.  

Oxirgi marta hatto qotgan nonni (suxarik) olib kirishga ham ruxsat berishmagan.  

U koloniya xodimlarining doimiy so‘kinish,  haqoratli so‘zlarini ham yana bir muhim muammo deb biladi.  

“Oybekning bu sharoitda qanchalik ojizligini va onasiga nisbatan uyatsiz so‘zlarni tinglashga majburligini,  uning g‘azabini tasavvur qilish mushkul,  – deydi guruh rahbari Tatyana Davlatova.  – Zulfiya bu haqda bizga xabar berganida yig‘lab yubordi.  Afsuski,  ko‘pincha qamoqxona xodimlarining qo‘polligi va odobsizligi haqida shikoyatlar ko‘plab uchraydi.  Bunday munosabat mahkumlarning ruhiyatini buzadi va insoniy qadr-qimmatiga putur yetkazadi.  Hech bo‘lmaganda bir marta kimnidir namoyishkorona tarzda ma'muriy javobgarlikka tortish kerak. 

So‘nggi yillarda Open Lined mahkumlar huquqlari buzilgani haqida o‘nlab marta xabar bergan bo‘lsa-da, ularga Ichki ishlar vazirligi barchasiga “faktlar tasdiqlanmadi” degan javob qaytargan.  

Jazoni ijro etish muassasalarida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati va qonun buzilishining dalillarini yig‘ish qanchalik qiyin bo‘lmasin, ularni e'tiborsiz qoldirish shunchalik osonlashib bormoqda.  

2022-yil 24-may kuni IIV Jazoni ijro etish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Tursunov “Ochiq chiziq”ning to‘rt nafar huquq himoyachisini qabul qildi. 

Yig‘ilishda uning qo‘l ostidagi xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlariga oid bir qancha holatlar muhokama qilindi.  

Rustam Tursunov buni hal qilishga va'da berdi va faollar bilan har chorakda bir marta muntazam uchrashuv tashkil qilishni taklif qildi. 

Zulfiya 26-may kuniyoq viloyat prokuraturasi xodimlarining tashrifi va Tursunov xodimlarinig xatti-harakati ancha o‘zgargani haqida xabar berdi 

“Ular hatto o‘g‘limga siz deya murojaat qila boshlashdi,  endi shikoyat qilmaslikni so‘rashdi”,  — dedi Kamolova.  

Tatyana Davlatovaning so‘zlariga ko‘ra,  u Jazoni ijro etish boshqarmasidagi ahvol o‘zgarganidan mamnun,  ammo u muammolar faqat yuqori darajada hal qilinganidan afsusda ekanligini ham yashirib o‘tirmagan. 

Huquq himoyachisi Tatyana Davlatova “Eltuz” nashriga bergan intervyusida qamoqxona xodimlari tomonidan mahbuslardan oziq-ovqat o‘g‘irlanishi birinchi marta emas,  muntazam tarzda amalga oshiriladigan ommaviy hodisa ekanligini aytdi.  

Qamoqxonachilar oziq-ovqat posilkasidan asal,  kolbasa,  shokolad kabi qimmatbaho mahsulotlarni olib chiqib ketishadi,  keyin yetishmayotgan kilogrammni piyoz va kartoshka bilan to‘ldirishadi,  – deya qo‘shimcha qilgan Davlatova.

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2017
Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasi rahbariyati ustidan yozilgan ariza bo‘yicha 22 sentyabr kuni Kun.uz nashri ikki qismdan iborat o‘z surishtiruvini ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
14 oktyabr 2019
O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboeva “katta mablag‘ va boshqa resurslar evaziga sahroga aylangan Orol dengizi hududida turli daraxtlar ekilayotgan ...
24 avgust 2020
Belarusdagi namoyishlar ortidan prezident Aleksandr Lukashenkoning 23 avgust kuni avtomat va bronejiletda aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi. ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...