Asosiy mavzular
21 avgust 2022

Eltuz surishtiruvi: Yerga yer qo‘shgan tadbirkorga prokuror nega qarshi?

Joriy yil 20 avgusti O‘zbekistonda «Tadbirkorlar kuni» o‘laroq nishonlandi. Yuzlab tadbirkorlar shikoyatlari eshitildi, o‘nlab tadbirkorlar mukofotlandi. Shikoyatchi tadbirkorlar orasida mahalliy hokimiyat mulozimlari va prokuraturadan zulm ko‘rganlar ancha. O‘zini prokuratura va mahalliy mulozimlar tazyiq nishonida deb aytayotganlardan biri – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «RAKE NUR» MChJ boshlig‘i 62 yosh tadbirkor Ravshan Abduraimov. Tadbirkorga ko‘ra, u ancha yildan beri o‘zi obod qilgan oromgoh hududi «reyderchi» mulozimlar hujumiga nishon bo‘lgan.

Abduraimovning ishonishicha, unga qonunan tegishli 62¸50 gektar yerni tortib olishmoqchi.

Prokuror protesti

Bo‘stonliq tuman prokuraturasi 2020 yilning 28 may kuni Bo‘stonliq tuman hokimiga rasman protest maktub bilan chiqib, Abduraimovga berilgan yer davlatga qaytarilishini talab qilgan.

(Protest kiritgan tuman prokurori, adliya maslahatchisi Sh. Rahimov hozirda ishdan olingan)

Eltuz tasarrufida yerning Ravshan Abduraimovga berilgani haqidagi hujjat bor.

2018 yil 30 apreldagi Bo‘stonliq tuman hokimligining 949-son qarori bilan «Chimgan» MFY hududidagi Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi yerlari tarkibidan jami 62¸50 gektar yerni «RAKE NUR» MChJga sog‘lomlashtirish kompleksi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Shundan keyin tadbirkor Ravshan Abduraimov sog‘lomlashtirish kompleksini qurishga kirishdi.

Mini otellar¸ buloq suvini qadoqlaydigan kichik korxona va masjid qurildi. Hudud infratizimi yo‘lga qo‘yildi. Maxsus dizayn asosida park va bog‘lar yaratila boshlandi.

Kurort joylashgan yer turistlar uchun joziba markaziga aylanishi va tadbirkorga ham, Bo‘stonliq tuman hokimligiga ham foyda keltiruvchi mahallaiy aholi uchun ish o‘rinlari yaratilgan maskanga aylanayotgan edi.
Abduraimovning aytishicha, ishlar yurishib¸botqqoqlar quritilib¸ yo‘l va infratuzilmalar yaxshilangach, » bu jannatmakon yerni o‘z qo‘liga olmoqchi» bo‘lgan mulozimlar «ishtahasi ochilgan»

«Bir yil oldin tuman prokuroridan bildirgi keldi. Prokuratura «Yer o‘zlashtirilmagani va obodonlashtirilmagani bois tadbirkordan olib qo‘yilishini» bildirgan. (Maktub Eltuzda mavjud)

Qanday qilib Qozog‘istonga tegishli yer O‘zbekiston mulkiga aylandi?

Mavjud qonunlarga ko‘ra, Abduraimovga doimiy foydalanish uchun berilgan yer 2005 yilgacha Qozog‘istonga tegishli bo‘lgan. Tadbirkor Abduraimov harakatlari bois bu huudud O‘zbekiston mulkiga aylangan.
«Men davlatimiz chegarasini kengaytirib yeriga yer qo‘shilishiga sabab bo‘lgan tadbirkor ekanligimdan faxrlanaman» deydi Abduraimov.

Yer senikimi, yer meniki?

1991 yilgacha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining aksar qismi Qozog‘iston SSR mulki hisoblangan.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin Qozog‘izton bu hududni boshqa hudud bilan ayirboshlash evaziga O‘zbekistonga berdi. Ammo hudud ichidagi Qozog‘iston SSR sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli 130 gektar yer Qozog‘iston mulki bo‘lib qoldi. 1992 yil Bishkek kelishuviga ko‘ra¸ SSSR davridagi dam olish zonalari va sanatoriyalarning mulkiy huquqi ularni qurgan respublikalarga berilgan edi. Masalan, shu kelishuv asosida Yaltadagi «O‘zbekiston» sanatoriyasi O‘zbekistonga tegishli. Kelishuv asosida, Bo‘stonliqdagi 130 gektar joyni egallagan «Shimgan» sanatoriyasi Qozog‘iston tasarrufida qoldi. 2005 yili Qozog‘iston hukumati bu sanatoriyani sotuvga qo‘ydi.

O‘zbek tadbirkori Ravshan Abduraimov bu savdoda qatnashish istagini bildirganini aytadi:
«Men 2006 yili Chimkent shahriga borib, ikki marta kim oshdi savdosida qatnashdim va yutib chiqdim. Sanatoriyani sotib oldim. Shu tariqa 130 gektar yer O‘zbekiston davlatiga hududiga qo‘shildi. Ammo, bir yil o‘tmay, turli mulozimlar bu yerni meniing qo‘limdan olish uchun harakat boshlashdi. Shundan beri tinimsiz mujodaladaman»

Holbuki mavjud qoidalrga ko‘ra, mulk Abduraimovgaoid deya huquqiy protseduralardan o‘tib bo‘lgan edi.
Tadbirkorga ko‘ra¸ O‘zbekistonda rahbariyat almashib Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin Bo‘stonliqdagi yer masalasi ijobiy hal bo‘la boshlagan:

«2016 yili shaxsan Shavkat Miromonovich aralashuvidan keyin bu masalaga jiddiy qaraldi. Bo‘stonliq hokimligi men savdoda yutib qo‘lga kiritgan 130 gektar yerning 50 gektarini noqonuniy tarzda xususiy firmalarga berib yuborganini ham kompetent tashkilotlar aniqladi. 2018 yili Bo‘stonliq tuman hokimiyati bu yerlarning haqiqiy egasi «RAKE NUR» MChJ ekanlgi haqida qaror chiardi. «RAKE NUR» MChJ ning muassisi va egasi menman,» deydi Abduraimov. (Hujjat Eltuzda mavjud)

Tadbirkorga berilgan 74 gektar yerning 34 gektari botqoq. Qolgan 40 gektarning 15 gektari qurilish taqiqlangan milliy o‘rmon. Shu bois maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 5 va 8 gektarlik ikki joyda qurilish qilishga izn berildi.

2018 yili O‘zbekiston vazirlar mahkamasi bu hududda sog‘lomlashtirish markazi qurish haqida Bosh vazir Abdulla Aripov imzosi bilan qaror qabul qiladi. 2019 yili qurilish boshlandi:

«2021 yilga kelib rejadagi qurilishning 70 foizini amalga oshirdik. Sog‘lomlashtirish majmuasi binolarining 50 foizi qurilib bitdi. Lekin prokuror protest qilib hududni o‘zlashtirmaganung uchun yerni olib qo‘yaman, deb, xat yubordi. Qizig‘i shundaki, birorta prokuraura xodimi yoki hokimlik mulozimi kelib qilingan ishlarga nazar ham tashlamadi. Shunchaki, kabinetlarida o‘tirib hal qilib qo‘ya qolishgan».

Bo‘stonliq sudi

Shundan so‘ng tadbirkor Abduraimov sudga murojaat qildi. Ilk instantsiyada yutqazdi. Sud o‘z qarorida «shikoyat muddati o‘tib ketgani uchun qanoatlantirmasligini» ta'kidlagan. Ikkinchi apelyatsiya sudida tadbirkor yutib chiqdi.

«Ammo qo‘limda sud qarori bo‘lsa hpi ishlar ilgari siljimayapti. Prokuratura va hokimiyatlarning xususiy mulk egalari huquqiga daxl qilmaslik bo‘yicha topshiriq va qarorlariga qaramasdan korruptsioner mulozimlar tadbirkorlarning yerlarini tortib olib qaqshatishda davom etmoqda. Bu tadbirkorlar g‘azabini keltirmoqda. Menimcha, prokuratura va mahalliy mulozimlar prezident siyosatiga atayin qarshilik qilmoqda», deydi Abduraimov.

Toshkent viloyati korruptsiya skandallari markazida

Rasmiy matbuot xabarlarida Toshkent viloyati hokimiyat va sud idoralri xodimlarining «er sotish» eavsiga katta miqdorda «pora» olgani haqidagi o‘nlab ma'lumotlar bor. Masalan, “O‘zbekiston 24” telekanali efirida ma'lum qilinishicha, 2020 yilda Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olinib shu kunda qamoqda jazo o‘tamoqda.

Yerga nisbatan mulk huquqi muallaq qolar ekan yer bilan bog‘liq korruptsion muammolar yana chiqaveradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 sentyabr 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
19 dekabr 2019
Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro qurilishi paytida ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan olti nafar shaxsning ismlarini e'lon qildi. Ularning to‘rttasi Qashqadaryoda, ...
11 aprel 2020
Demokratiya hokim bo‘lgan davlatlarda irqchilik va antisemitizm (yahudiylarni yomon ko‘rish) qattiq qoralanadi. Qora tanlini «negr», lotinamerikalikni «latinos», yahudiyni «la'nati ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurovlarning «She'ringizni tushuntirib bering» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...