Asosiy mavzular
8 noyabr 2022

Cotton Campaign: O‘zbekiston paxta sanoatida inson huquqlari bilan bog‘liq xavflar saqlanib qolmoqda

Cotton Campaign koalitsiyasi 7 noyabr kuni e'lon qilgan yangi matbuot xabarida O‘zbekistondagi mavjud barcha ishlab chiqarish sohalarida majburiy mehnatga barham berish va bu yuzadan ishchilar nazoratini o‘rnatishga chaqirdi.

«O‘zbekiston hukumati va mahalliy paxta kompaniyalari paxta terimida davlat ishtirokidagi majburiy mehnatga chek qo‘yish va xalqaro mehnat standartlariga javob beradigan paxta sanoatini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlarni himoya qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishlari kerak», – deyiladi jumladan Cotton Campaign bayonotida.

O‘zbek Forum tomonidan e'lon qilingan “Paxta xronikasi – 2022: O‘zbekiston paxta terimi kuzatuvlari” nomli 2022 yilgi paxta terimi bo‘yicha fuqarolik jamiyati mustaqil monitoringining dastlabki xulosalari shuni ko‘rsatadiki, majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan siyosiy iroda kuchliligicha qolayotgan bo‘lsa-da, shu paytgacha erishilgan yutuqlar xavf ostida qolmoqda va islohotlarni kuchaytirish zarur. O‘zbekiston paxta sanoatida inson huquqlari bilan bog‘liq xavflar, jumladan, fermerlarning majburiy mehnati va ekspluatatsiyasi xavfi saqlanib qolmoqda.

“O‘zbekiston hukumati davlat ishtirokidagi majburiy mehnatga barham berganidan beri ilk bor o‘tkazilgan ushbu terim, mehnat huquqlari buzilishini nazorat qilish va hisobot berishning ishchilar tomonidan boshqariladigan mexanizmlari bo‘lmasa, islohotlar xavf ostida ekanligini ko‘rsatdi” – dedi Allison Gill, Cotton Campaign qoshidagi Global Mehnat Adolati-Xalqaro Mehnat Huquqlari Forumi (GMA-XMHF) Majburiy mehnat dasturi direktori.

“Ishchilar va fermerlarning uyushmalari erkinligi majburiy va ekspluatatsion mehnatdan xoli paxtachilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarurdir” deydi u.

Qolgan xavf-xatarlar sanoat va hukumatning fuqarolik jamiyati, fermerlar va ishchilar hamda ularning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilishi hamda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida huquqlar buzilishining oldini olish va yumshatish uchun mustahkam mexanizmlarni joriy etishi zarurligini anglatadi. Bu mexanizmlarning yaratilishi O‘zbekistonni barqaror paxta va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy davlatga aylantirishning yagona yo‘lidir, – deyiladi Cotton Campaign hisobotida.

Dastlabki xulosalar shuni ko‘rsatadiki, asosiy yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan doimiy ravishda mahalliy mansabdorlar majburiy mehnat yoki majburlov usullarini qo‘llamasliklari kerakligini bildirishiga, paxta yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilinganiga qaramay, hukumat hosilni yig‘ib olish ustidan qattiq nazoratni davom ettirmoqda va alohida hududlar bo‘yicha amalda ishlab chiqarish rejalari saqlanib qolmoqda. O‘zbek Forumi monitoringi natijasida shunday holatlar aniqlandiki, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarish uchun tuman va viloyat hokimiyatlariga bo‘lgan bosim ko‘ngillilar mehnati yetarli bo‘lmagan hududlarda majburiy mehnatga olib kelgan. Bundan tashqari, fermerlar «klasterlar» deb nomlanuvchi shirkatlar tomonidan ekspluatatsiya qilinib, xabarlarga ko‘ra, minglab fermerlar kafolatlangan minimal narxsiz, hamda ko‘pincha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshirib yuborilgan bo‘sh shartnomalarni imzolashga majbur bo‘lmoqda.

“Paxta boykoti bekor qilinganidan so‘ng, jahon kiyim-kechak brendlari O‘zbekistonni kuzatmoqda va ularni ushbu mamlakatda xarid qilishni boshlashga undaydigan xavflarni kamaytirish belgilarini izlamoqda”, – dedi Cotton Campaign hammuassisi va AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo‘yicha yordamchisining sobiq o‘rinbosari Bennet Friman.

Uning so‘zlariga ko‘ra: “O‘zbekiston hukumati va klasterlari qolgan kamchiliklarni bartaraf etishi va mehnat huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga sodiqligini namoyon etishi kerak. Islohotlar orqaga emas, oldinga siljish vaqti keldi”.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va O‘zbek Forumi monitorlari tomonidan hujjatlashtirilgan dalillar shuni ko‘rsatdiki, odamlarni dalaga majburlash harakatlari ma'lumotlar ommaga e'lon qilinishi bilanoq to‘xtagani va rasmiylar zudlik bilan bunga munosabat bildirayotgani umid beruvchi signaldir. Xuddi shunday xabarlar, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinganidan so‘ng, yerlarning noqonuniy olib qo‘yilishi yoki fermerlarga nisbatan ichki ishlar tomonidan zo‘ravonlik kabi bir necha holatlarga nisbatan yuqori darajadagi hukumat amaldorlari chora ko‘rdi. Biroq, davlat ishtirokidagi majburiy mehnatga chek qo‘yish hamda jahon brendlari va chakana savdo kompaniyalarini O‘zbekistonga uzoq muddatli istiqbolda investitsiya kiritish uchun jalb qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni mustahkamlash uchun maxsus choralar yetarli emas, – deyiladi Cotton Campaign bayonotida.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishning har bir bosqichida inson huquqlari sohasi bo‘yicha tegishli tekshiruv o‘tkazish O‘zbekistondan mahsulot sotib olishga qiziqqan har qanday brend uchun haqiqiy muammo bo‘ladi. Buning asosiy sababi – joylarda mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarining pastligi, uyushmalar erkinligini cheklash, fuqarolik jamiyati mustaqil guruhlarini ro‘yxatga olish va faoliyatini cheklashning davom etishi bilan bog‘liqdir.

“O‘zbekistondan ip va to‘qimachilik mahsulotlarini mas'uliyat bilan yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston hukumati va klasterlar mehnat huquqlarini ta'minlashda fuqarolik jamiyati va ishchilarning o‘zlari tomonidan bajarilgan ijobiy rolni qabul qilishlari kerak”, – dedi Cotton Campaign koordinatori Raluka Dumitresku.

“Bu kompaniyalarga O‘zbekistondan mahsulot sotib olishni boshlasa, inson huquqlarini tekshirish, ta'minot zanjiri va importni tartibga soluvchi milliy qonunchilikni buzmasligiga kafolat beradi”.

Manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgan holda, Cotton Campaign majburiyat bekor qilingandan so‘ng brendlar va ularning yetkazib beruvchilari O‘zbekistondan ip-kalava, mato va tayyor mahsulotlarni mas'uliyat bilan sotib olishni boshlashlarini ta'minlash uchun “Mas'uliyatli yetkazib berish dasturi ramkasi” loyihasini ishga tushirdi. Cotton Campaign xalqaro brendlar va O‘zbekiston sanoati bilan hamkorlikda inson huquqlari bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish va yumshatish uchun ishchilarga asoslangan mexanizmlarni yaratish uchun ilg‘or xalqaro tajribalar va ishtirokchi boshqaruv modellariga asoslangan tajriba dasturlarini ishlab chiqadi.

2022 yilgi paxta terimi barcha tumanlarda noyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Dastlabki xulosalar 2022 yil sentyabrdan oktyabrgacha to‘plangan dalillarni aks ettiradi. O‘zbek Forumi 2023 yilning birinchi choragida to‘liq xulosalarning batafsil tahlilini e'lon qiladi.

Cotton Campaign – inson va mehnat huquqlari nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil kasaba uyushmalari, brend va chakana savdo assotsiatsiyalari, mas'ul investor tashkilotlari, ta'minot zanjiri shaffofligi guruhlari va akademik hamkorlar koalitsiyasi majburiy mehnatga barham berish va Markaziy Osiyoda paxta ishchilari uchun munosib mehnatni rag‘batlantirish uchun birlashgan koalitsiyadir.

Global mehnat adolati – Xalqaro mehnat huquqlari forumi (GMA-XMHF) yangi birlashtirilgan tashkilot bo‘lib, global qiymat zanjirlari va mehnat migratsiyasi koridorlari bo‘yicha tarmoqlararo ishlarga strategik kuch olib keladi. GMA-XMHF Cotton Campaign ni muvofiqlashtiradi.

O‘zbek Forumi – Berlinda joylashgan nodavlat tashkilot bo‘lib, O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan. 2010 yildan buyon O‘zbek Forumi O‘zbekiston paxta terimining har yili mustaqil monitoringini olib boradi.

Tag‘in o‘qing
10 iyul 2016
Moskvadagi ARTSTORY galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlardan oltmishinchi yillar Sovet O‘zbekistonining naftalin ifori taraladi. Iyul so‘nggiga qadar Moskvada “Sharqqa maftunlik” ...
12 iyun 2023
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni deya belgilangan bu sana har yili 12 iyunda nishonlanadi. ...
28 noyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni e'tiboringizga taqdim etamiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryoning ...
31 yanvar 2018
O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...