Asosiy mavzular
3 fevral 2024

O‘zbekistonda paxtaga majburlash ehtimoli baland qolmoqda

Paxta sanoatida tizimli isloxot qilinmasa mamlakat yana paxtaga majburlash tizimi degan botqoqqa cho‘kadi.

Bu messedjni 2024 yil 1 fevral kuni Bosh qarorgohi Berlinda joylashgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi yoyinlagan xisobotdan tushunish mumkin.

O‘zbek forum O‘zbekistonda 2023 yilgi paxta hosili to‘g‘risida hisobot e'lon qildi.

Hisobot asoslangan monitoring natijalariga ko‘ra¸ garchi 2023 yilgi paxta terimi davrida keng miqyosda, tizimli, hukumat boshchiligidagi majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa-da, bir qancha tumanlarda terimchilarning keskin tanqisligi ortidan mutasaddi rahbarlar tomonidan paxta rejalarini bajarish uchun yetarli miqdordagi terimchilarni topish maqsadida terimga majburlash kuzatilgan.

Terimchilar yetishmaydimi?

Paxta terimchilariga ish haqining pastligi, qishloq joylarida bunga muqobil ishlarda yuqori daromad olish imkoniyati, shuningdek, pandemiya tugaganidan keyin O‘zbekistondan minglab mehnat muhojirlarining Rossiya va boshqa mamlakatlarga qaytishi ko‘ngilli paxta terimchilari yetishmasligiga sabab bo‘ldi.

Davlat nazorati avvalgilarga o‘xshash!

O‘zbekistonda paxtachilik sohasi xususiylashtirilganiga qaramay, paxta terimi ustidan davlat nazorati tizimi o‘zgarishsiz qolmoqda. Mahalliy hokimliklar va mutasaddilar paxta hosilini o‘z vaqtida terib olish, respublikaning har bir tumani bo‘yicha ishlab chiqarish rejalari bajarilishini nazorat qilish ishlariga mas'ul.

G‘anievning oyboltasi

Terim jarayonini nazorat qilish uchun mas'ul bo‘lgan Prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniev o‘tkazgan yig‘ilishlarning ommaga oshkor bo‘lgan yozuvlari shuni ko‘rsatdiki, jazo va hatto jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun mansabdor shaxslarga katta bosim o‘tkazilgan.

O‘zbekiston yana paxtaga majburlash qopqoniga tushmasin

Ushbu xulosalar majburlash amaliyoti oldini oluvchi, uyushmalar va mustaqil monitoring o‘tkazish erkinligini ta'minlovchi va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha islohotlar orqaga qaytmasligini ta'minlovchi fuqarolik va siyosiy o‘zgarishlarsiz majburiy mehnat yana keng tarqalishi mumkin bo‘lgan haqiqiy xavfdan dalolat beradi.

Hisobotning to‘liq matni mana bu linkda: https://www.uzbekforum.org/uzbek-cotton-harvest-2023-risk-of-forced-labor-remains-high/

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2024
Shu yilning 31 avgustida Peshku tumani Chakalon qishlog‘i Hurram mahallasida fuqaro Sherali Jo‘raevni 15 kishi urib o‘ldirdi. Voqea to‘yxonada ...
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
24 may 2021
21 may kuni Chirchiq shahri jinoyat ishlari sudi 22 yoshli Akmal Sultonovni rus ayolini qasddan o‘ldirganlikda ayblab, 10 yil ...
4 noyabr 2021
O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarni kelgusi 2022 yil uchun gazeta va jurnallarga obuna qilish kampaniyasini boshladi. «Eltuz» suhbatdoshlari bu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...