Elak
12 may 2015

Anjonda odamlar 2005 yil may oyi voqealarini unutishdimi?

«Aka buni unutib bo‘lmaydi, xali xech kim unutgani yo‘q. Yosh bola xam biladi. O‘qqa tutilgan mashinalar xam xamon 25 11 jarima maydonida turibdi. Men shaxsan o‘lgan insonlarni ota onasini bilaman, qatliomda ko‘proq yoshlar va ayollar o‘lgan. Oodamlarni xech qachon esidan chiqmaydi, prosto jamoat orasida eslashga qo‘rqishadi ammo xamma oilasida do‘stlari orasida eslaydi. Bu voqeani esidan chiqarish manqurtlik bo‘ladi…

Necha necha odamlar bekafan chuqurda yotibdi, ekskavator chuqur kovlagan… 20 30 tasini tashlab ko‘mib yuboravergan… xamma biladi.. mol emas, lox emas, odamlarni ko‘zi moshdek ochiq. Xamma biladi… odamlarni bezposhadniy vahshiylarcha farg‘onani bollari otganlariniyam biladi. Bu yerda boshqa gap yo‘q. Prosto ular shahar sudi oldidagi piketni hokimiyatga ko‘chirishgan. Piket xam emasdi u prosto yig‘ilish, ammo hokimiyat oldidagi namoish xaqiqiy norozilik mitingiga aylanib ketdi… prosto xalq qo‘shilib ketdi. Bunga It chidamadi. Xonobod suv omboriga, Qigiziston chegaralariga 100lab tanklar yo‘l oldi. Aniq eslayman… bu xalqni vohimaga solishni yana bir usuli edi. Odamlar (orasida)da agar hokimiyat oldidagi odamlar tarqalmas ekan, suv omborini xukumat ochib yuborishi mumkin ekanligi xaqda gaplar tarqaldi

Ota onalar ertasi kundan bolalarni ko‘chaga chiqarmay qo‘ydilar. Ko‘chada odam kamaydi. Hokimiyat tarafga, nafaqat hokimiyat eski shahar tomonlarga bormaslikni ta'kidlayverdilar. Natijada 2 kunda ular – Akromiylar yolgiz qoldilar.

Aeroportni olmadilar. Buni ustiga o‘sha kunlari yomgir quyib berdi.. Ko‘chaga chiqqan 10minglab odamlar uyga kirib ketishga majbur bo‘ldilar. Ular yalindilar biz shu yerda turib beraylik marra bizniki, 3kun turib beraylik… shunga o‘xshash lekin unday bo‘lmadi. O‘zbek yana bir bor shestyorka laqmaligini isbotladi. Xammasi qochib ketdi. Keyin chamamda 5000minga yaqin odamni BTR asabiy o‘qqa tuta boshladi. Kimlardir qochishga ulgurdi, kimlar o‘lib ketdi… yana kimlar Qirgizistonga o‘tib ketishga ulgurdilar… ulgurdilar deya olmayman, majbur bo‘ldilar menimcha. 3 minga yaqin odam o‘lgan bu voqeada….»

Ulug‘bek Haydarov,
12.05.2015

Tag‘in o‘qing
26 avgust 2016
Frantsuz fotografi Anri Karte Bresson reportaj fotojurnalistikasining “otasi” deya nom chiqargan edi. U bir joyda o‘tirmay tinimsiz sayohat qilishga ...
20 sentyabr 2018
Rassom Mahmudjon Eshonqulov 
14 fevral 2024
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. «Boburnoma» tarixiy biografik ...
22 aprel 2024
Eltuz portali №141: So‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidan. Chiqindilarni yo‘q qilish muammosi: ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...