Grebenshikov Muhammad Bekjon himoyasiga chiqdi
Bugun mashhur rossiyalik honanda va bastakor, Afsonaviy «Akvarium» guruxi solisti Boris Grebenshikov Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan http://marafon-pisem.org/2015/index.html#uz xeshtegi ostidagi aktsiyada ishtirok etdi.
Mashhur honanda o‘zbek turmasida eng uzoq muddat qolayotgan jurnalist “Erk” gazetasi muharriri Muhammad Bekjon banerini ko‘tarib tushgan rasmini Feysbukdagi o‘z sahifasida e'lon qildi.
Uning bu aktsiyasi xonandaning ko‘plab muhlislari tomonidan olqishlanmoqda, xususan 3 040 muxlisi tomonidan prepost (qayta ko‘chirib bosilgan) qilingan, masalan shunday postlardan biriga 2 117 layk, boshqasiga 12 ming 500 dan ziyod layk qoldirilgan.
O‘zbekistonliklar uning “Sirli o‘zbek” qo‘shig‘i orqali yuksak iste'dod egasi Boris Grebenshikovni yaxshi taniydilar.
SIRLI O‘ZBYeK
(Mirza Anvar Hamidov tarjimasi)
Andishaning og‘ir damlari
keldi va ketdi…
Shon-shavkat qo‘li yondi va kullari tarqadi
Bu qorishiq ham to‘kilib ketdi.
Quvnoq va shoyon yurganlarga yetkazing
Zotan sirli o‘zbek shu yerda
Chidadik biz uzoq, hormayin,
Sirli so‘zni unutgan misol.
Ko‘kka ko‘tarilmoq juda ham qiyin.
Garchi darcha ma'lum,
qansharda devor….
Dudmallik davri ham topdi intiho.
Qonli ko‘ylagimiz oldi alanga.
Zulmning bo‘g‘ziga bosib biz, Borho!
Erk qushin uchirdik ko‘kka, balandga!
Zamona zo‘rniki, eh, bu zamonlar!
Ayting o‘sha dajjol, cho‘tir darg‘aga:
Sirli o‘zbek kelgan allaqachonlar,
Erk qushi chang soldi kazzob qarg‘aga.