Dayjest
18 aprel 2016

Ajoyib xayolparast yoki deputatning chek-chegarasiz xayoloti

«Milliy tiklanish» gazetasi shu nomdagi partiyaning xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari tomonidan «xalq farovonligi» yo‘lida olib borilayotgan ishlar, ular qanchalik faollik ko‘rsatayotgani haqida maqola e'lon qildi.

Maqolada aytilishicha, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashiga saylangan deputat Koson tumanidagi Guvalak qishloq fuqarolar yig‘ini ahlining qishloqni ichimlik suv bilan ta'minlash masalasi yuzasidan hokimlikka murojaat etgan. Hokimlik esa javob xatida qishloqni suv bilan ta'minlaydigan quduq va nasosni manzilli dasturga kiritganini bildirgan.

Gazetaning yozishicha, qishloq ahli shundan ham mamnun. Garchi ish hali boshlanmagan, demak boshqa shu kabi ko‘plab ishlar singari boshlanishi ham gumon bo‘lsa-da, mazkur qishloq fuqarolar yig‘ini raisi «bu aholi uchun yana bir qulaylik» bo‘lganini aytgan.

Bunisi ham mayli, mazkur partiyaning Chiyal saylov okrugidan viloyat kengashiga saylangan yana bir deputati kollej bitiruvchilarining ish bilan ta'minlanishi masalasini hal etish uchun viloyatdagi 659 ta mahallada kitob do‘konlari tashkil etishni taklif etibdi. Shuningdek, viloyatdagi mingdan ortiq kollej, litsey, maktab va 250 dan ziyod qishloq vrachlik punktining har birida fitobarlar tashkil etib, tibbiyot kollejining 1500 dan ortiq bitiruvchisini ish bilan ta'minlash masalani hal qilish yo‘lini o‘ylab topibdi.

Hatto shaharlarda ham kitob do‘konlari yo‘q bir paytda viloyatdagi barcha mahallalarda kitob do‘konlari tashkil etib, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashni xayol qilgan deputatning orzulari «ajoyib xayolparast»nikidan qaeri kam?!

Qolaversa, bu masala xalq deputatlari viloyat kengashining doimiy komissiyasida muhokama etilgani, viloyat hokimligiga yuborilgan bu taklifni o‘rganish uchun amaliy ishlar boshlab yuborilganiga nima deysiz?!

«Odnako, pokazuxa!» deyiladi shekilli bunaqa ishlar o‘rislarda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2019
«…voqeadan taxminan bir haftacha vaqt o‘tib, «qora zona»lar chig‘iriqlaridan o‘tib, “mujik”ligini yo‘qotmagan Erix ismli yigit (laqabi “Nemis”) o‘sha Garrining ...
10 may 2017
Toshkent. 2017 yilning 9 mayi. Ko‘cha to‘la qizil bayroqlar. Odamlar o‘roq va bolg‘ali sovet bayroqlarini ko‘tarib olgan. Bir o‘ris ...
24 noyabr 2016
«Hurriyat» gazetasida (23.11) gazetasida «Munozara uchun mavzu» rukni ostida «Fan biznesmi yoki ilm?» sarlavhali maqola chop etildi. Maqola O‘zbekiston ...
6 aprel 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...